Toshkent davlat texnika universiteti boyitish fabrikalarini loyihalash fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo’llanma
Download 287.6 Kb.
|
Boyitish fabrikalarini loyihalash fanidan usluby qo`llanma 001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Tushuntirish matni
- 1.3 Loyihaning chizmalarini rasmiylashtirish
- 2.1. Qurilish maydonining xarakteristikasi
- 2.2. Maydalash va yanchish sxemalarini tanlash va asoslash
- 2.3. Maydalash va yanchish sxemalarini hisoblash
Kurs loyihasini bajarish tartibi.
Kurs loyihasini o’z vaqtida va muvaffaqiyatli bajarish uchun quyida berilayotgan tartibga to’liq rioya qilish kerak. Kurs loyihasini bajarish tartibi 1-jadvalda keltirilgan. Kurs loyihasi 2 qismdan tashkil topadi: 25-30 varaqli tushuntirish matni va 1ta chizma 814x576mm li formatda bajariladi. Tushuntirish matni standart varaqlarda tartib bilan chetidan xoshiya qoldirib yozilishi, varaqlar, chizmalar, jadvallar, sxemalar raqamlanishi kerak. 1-jadval.
1.2. Tushuntirish matni Kurs loyihasining tushuntirish matni 210x297mm li formatda qo’lyozma shaklida yozilib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi. Titul varag’i Mundarija Kirish Qurilish maydonini tanlash va asoslash Maydalash va yanchish sxemalarini tanlash Maydalash va yanchish sxemalarini hisoblash Dastgohlarni hisoblash va tanlash Suv sarfi (shlam) sxemasini hisoblash Texnika xavfsizligi Adabiyotlar 1.3 Loyihaning chizmalarini rasmiylashtirish Kurs loyihasining grafik qismida bosh binoning, yoki flotatsiya (gravitatsiya) bo’limining chizmasi beriladi. Chizma chizmalarga qo’yiladigan talablarga javob beradigan holda bajarilishi kerak. 2. Kurs loyihasining alohida bo’limlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar Kirish. Boyitish fabrikalarini loyihalashga qo’yiladigan asosiy talablar. Loyihalashning bosqichlari. Loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar. 2.1. Qurilish maydonining xarakteristikasi Bu bo’limda boyitish fabrikasi qurilish maydoni asoslanadi, fabrikani suv, energiya, ish kuchi, mahsulotlar bilan tahminlash usullari va manbalari keltiriladi. Fabrika va uning alohida sexlarining ish tartibi belgilanadi. 2.2. Maydalash va yanchish sxemalarini tanlash va asoslash Maydalash va yanchish sxemalari boyitiladigan rudaning qattiqligi, granulometrik tarkibi, namligi, maydalanuvchanligi, yanchiluvchanligi va h.klar kabi xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Sxemani tanlashga rayonning iqlimiy sharoiti, korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi, konni qazib olish usuli kabi bir qator omillar ham tahsir etadi. Maydalash va yanchish sxemalarini tanlashda elash va klassifikatsiya operatsiyalarining qo’llanilishi asoslanadi. 2.3. Maydalash va yanchish sxemalarini hisoblash Maydalash sxemasini hisoblash uchun avvalo yirik, o’rta va mayda maydalash bo’limlarining ishlab chiqarish unumdorligi aniqlanadi. Umumiy maydalash darajasi topilib, u alohida maydalash bosqichlari orasida taqsimlanadi. Har qaysi bosqichdagi maydalagich uchun elak ko’zlarining o’lchami, bo’shatish tuynugining kengligi aniqlanadi va har qaysi maydalagichga tushadigan mahsulotning og’irligi topiladi va olingan natijalar asosida katalogdan har qaysi maydalash bosqichi uchun maydalagich tanlanadi. Yanchish mahsulotlarining yirikligi mahsulotlarni elash orqali taxlil natijalari bilan baholanadi. Yanchish sxemasini hisoblashda hisoblanuvchi sinf sifatida –0,074 mm li sinf qabul qilinadi. Mahsulotni juda mayin tuyushda hisoblanuvchi sinf –0,040 mm, dag’al yanchishda esa –0,150 mm. Tegirmon, mexanik klassifikatorlar va gidrotsiklonlar quyulmasidagi –0,074 mm li sinf va bu mahsulotlardagi –0,2 –0,04 va 0,02 mm li sinflarning miqdori orasidagi bog’liqlik o’rtacha qattiqlikdagi rudalar uchun 14–jadvalda [1] keltirilgan. Download 287.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling