Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Oltin - ruxli cho’kmalarga ishlov berish


Download 0.59 Mb.
bet10/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1605641
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Mirzaliyev Sharofiddin (2)

2.5. Oltin - ruxli cho’kmalarga ishlov berish
Oltin - ruxli cho’kindini shlam deyiladi. Oltinli shlam juda murakkab tarkibga ega. Unda oltindan tashqari Cu, Zn, Pb, Sb, Se, Te, As, Fe va boshqa elementlar, hamda SaO, Al2O3, SiO2 va shunga o’xshash oksidlar bo’ladi. Boshqa ko’pgina yo’ldosh modda va elementlar ham shu cho’kmada to’planadi. Bular: Ni, W, CO, Me va boshqalardir.
Bu cho’kmalarda oltin 1-20% gacha, 20- 60% Zn, 4-15% Pb, 20-30% Cu bo’lib, ayrim holda 12% gacha Se bo’ladi.
Ko’pincha bunday cho’kmalar suzib quritiladi va pechlarda eritib oltin-kumush qotishmasi olinadi, yuvilib quritilgan cho’kma 10-15% li H2SO4 da eritiladi.
Bunda rux va kislotada eruvchi elementlar erib ketadi.
Tanlab eritish qo’rgoshin bilan o’rab qoplangan, aralashtirgichli yog’och chanlarda olib boriladi. Ba’zan aralashtiris bosim ostida havo bilan amalga oShiriladi. Bunday chanlarning diametri 2-3 m va balandligi 1,5-2,0 m bo’ladi. Agar chan chuqur bo’lmasa, erish reaksiyasi tezkor borganidan eritma atrofiga sachrab, oltin yuqolishi mumkin, eritma aralashtirilib, ba’zan isitiladi, erish jarayonida zaxarli gazlardan: arsen AsH3, stibin SbH3, sinil kislota HCN ajraladi. Ishchilarning zaharlanmasligi uchun chanlar germetik qopqoq bilan yopilib, kuchli ravishda havo so’rish qurilmalari ishlab turadi. Bu chanlar yaxshi samollatiladigan maxsus xonalarga o’rnatilishi kerak. Tanlab eritish 6 soat davom etadi. Ayrim holda 3, va ayrim holda 12 soat davom etadi. Kislota 1 kg Zn ga, 1,5 kg H2SO4 sarf bo’ladi. Erib bo’lgan eritma koagulyatsiyalanishi – tinishi uchun, uni bir necha soat tindiriladi. Tingan eritma quyib olinadi, cho’kma bir necha bor issiq suvda sulfatlardan tozalash uchun yuviladi. Sulfatlar yuvilgach, cho’kma quritilib pechda eritilib shteyn olinadi.
Shteyn metall qotishmalari bo’lib, oltinning bir qismini o’z ichiga oladi. Agar cho’kma – shlam toza yuvilmasa, qiyin eritiladigan shlak va shteyn olinadi. Bu esa oltin va kumush eritib olishni og’irlashtiradi. Ishlovdan chiqqan eritmada 164 l miqdorda oltin bo’lishi mumkin. Bunday eritma faollashtirilgan ko’mir yoki qatron-smolali kolonkadan o’tkaziladi. Bundan o’tgan eritmadagi oltin 0,02-0,2 g/l gacha kamayadi. Bunday eritma tashlamaga tashlanadi yoki rux sulfati olish uchun ishlatiladi. Rux sulfati eritmadan kristallantirilib olinadi. Rux karbonati soda bilan cho’ktiriladi, oksidgacha toblanadi va rux zavodiga yuboriladi. Cho’kma yuvib, filrtlab quritiladi. Bu cho’kmada oltinning miqdori 50% gacha bo’ladi. Quritilgan cho’kma flyuslar bilan aralashtirilib, shixta tayyorlab pechlarda eritilib, oltin-kumusli qotishma olinadi. Qotishmadagi temir gidrolitik tozalash yo’li bilan ajratiladi. Bu texnologiya bilan 99,9% Au va 99,4%Ag toza metallar olish mumkin. Au va Ag bilan bir qatorda Cu, Zn, Pb va boshqa metallar olinib, rangli metall eritish zavodlariga yuboriladi.
Ba’zan oltin xlorlash yo’li bilan olinadi. Gaz xolidagi xlor bo’tanaga yuboriladi. Bunda 99,8% Au eritmaga o’tadi:
2Au + 6 Cl2 + 3H2O =2 AuCl4- + 4Cl- +6H- + 3/2 O2.
Kumush AgCl holida erimagan cho’kmada qoladi. Xlorlangan bo’tanadan filtrlash yuli bilan filtrat olinadi. Filtratdan esa oltingurgut angidrid gazi yordamida metall holidagi Au cho’ktiriladi:
2Aucl4 + 3SO2 + 6H2O= 2Au + 12 H++8Cl -+3SO24-
Olingan eritmasi bilan ishlov berib, kumush va qoldiq oltin olinadi, eritma elektroliz qilinib, kumush metali olinadi. Qoshimcha sifatida oltin ham ajraladi, oltin 0,04% gacha yo’qoladi. Bunday usulda quyilgan oltin yombi 999,5 probali bo’ladi va boshqa ishlov talab qilmaydi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling