Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Download 0.59 Mb.
bet15/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1605641
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Mirzaliyev Sharofiddin (2)

4.4. Changga qarshi kurash
Boyitish fabrikasi oltinli rudani qayta ishlaydi. Qayta ishlash jarayonida ma’lum miqdorda chang hosil bo’lib, havoga ko’tariladi. Bu changlar asosan elaSh, maydalash, quritish, yanchish kabi jarayonlardahosil bo’ladi. Rudani yanchiSh va tashishda tarkibida kremniy dioksidi bo’lgan changlar hosil bo’ladi. Kremniy dioksidi bo’lgan chang uchun havoda ruxsat etilgan norma (PDK) 1mg/m3 ga teng.
Chang hosil bo’lishning oldini olish maqsadida quyidagi choralar ko’riladi:
-ho’l usulda yanchish,
-chang chiqaruvchi apparatlar ustini zich yopish,
-so’ruvchi va umum almashinuvchi ventilyatsiya o’rnatish,
-sex pollarini yuvish uchun suv bilan ta’minlash va x.k.
Atrof muxitga har xil iflosliklarni chiqarish bo’yicha fabrika sanitar normasining SN – 245-71 birinchi sinfiga kiradi – KMK 2.040597. Bu sinf uchun sanitar himoyalaniSh zonasi 300 m dan kam bo’lmasligi kerak.
4.5. Yorug’likning tavsiflari va o’lchov birliklari
Yorug’lik insonning hayot foaliyati davomida juda muxim rol o’ynaydi. Ko’rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning 90 % ko’z orqali olinadi. Shuning uchun xam sanoat korxonalarini ratsional yoritish sifatli maxsulot ishlab chiqarish sharoitini yaxshilayodi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan xonalarda ishlovchi ishchilarning kayfiyati yaxshi bo’ladi, Shuningdek xavfsiz mexnat qilish sharoiti yoritiladi va buning natijasida baxtsiz xodisalar keskin kamayadi (KMK 2.01.05-98RUz. TabIIIy va sun’iy yoritilganlik).
Bundan ko’rinib turibdiki, sanoat korxonalarini yoritishga faqatgina gigienik talablar qo’yilmasdan, balki texnik iqtisodiy talablar ham qo’yiladi. Sanoat korxonalarini Yoritishning mukamalligi sifat va son ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko’rsatkichlariga nur oqimi yorug’lik kuchi, yorqinlik, nur qaytariSh koeffitsientlari, yorug’lik kiradi. yorug’lik manbai tarqatayotgan moddiy burchagi ichida bir xil tarqalgan 1 mm nur oqimini chiqaruvchi nuqtali manba yorug’lik kuchining o’lchov birligi bo’ladi.
Sanoat korxonalarini yoritish usullari:
Boyitish fabrikalarida yoritishning tabiiy va sun’iy yoritish usullaridan foydalaniladi. Tabiiy yoritish quyosh nuri yordamida yoritish. Bunda yoritish yon tomonlaridan maxsus qoldirilgan oynalar orqali, yoki yuqoridan o’rnatiladigan lampalar orqali amalga oshiriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling