Toshkent davlat texnika universiteti “mashinasozlik texnologiyasi”
Download 135.29 Kb.
|
Abdulaziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aseptik konservalab qadoqlash
SHarbatlarni (qadoqlash). Meva sharbatlari yuqori aktivlikka ega, u faqat isitishga chidamsiz mikroflora – mog‘or va drojjadar uchun muhit bo‘la oladi.
Buni hisobga olgan holda sharbatlar ba’zan issiq holda taraga quyiladi. SHarbat uzluksiz ishlovchi issiqlik almashinish jixozlarida 30-40 soniya davomida 90-950S-gacha isitiladi, issiq holda avvalda sterilizatsiyalangan ikki-uch litrli butillarga qadoqlanadi va tezda germetiklanadi. SHarbat butillarda sekin soviydi, buning evaziga sterillash samarasiga erishiladi. Ushbu usul istiqbolli emas, chunki uzoq issiq holatda ushlash melanoidin reaksiyalariga turtki berishi mumkin. Ularning natijasida sharbat noxush (pishirilgan) ta’m oladi va qorayadi. Bu kamchiliklar isitgandan so‘ng darhol yuzaga kelmasdan, balki ancha keyinroq saqlash davomida ro‘y berishi mumkin. Aseptik konservalab qadoqlash. Ushbu usulning mohiyati sharbatni 120-1350S-gacha 15-20 soniyada isitish va tezda 25-300S-gacha sovutishdan va yirik steril tsisternalarga steril sharoitda quyishdan iborat. SHarbatni isitish va sovutish uzluksiz ishlovchi quvurli yoki plastinali issiqlik almashinish jixozlarida amalga oshiriladi. SHarbatga barbotaj qilinuvchi bug‘ bilan ishlov berish va vakuumda sovutish (tomat pastasi ishlab chiqarish jarayoni kabi) usulini qo‘llash mumkin emas, chunki sharbatning xushbo‘y komponentlari kondensatga chiqib ketadi. Hozirgi vaqtda sharbatni mayda taraga aseptik sharoitda qadoqlash usuli yaxshi o‘rganilgan. Rossiyaning konserva sanoati ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan sxemasiga ko‘ra (5-rasm) aseptik konservalash quyidagidan iborat. SHarbat yig‘uvchi hajm 4-ga keladi, unda 60-700S –gacha isitiladi va nasos 9 yordamida issiqlik almashinish apparati 5 -dan o‘tkaziladi. Bu apparatda sharbat avval isitiladi, so‘ngra esa sovutiladi. Sovutilgan sharbat to‘latgich 8 yordamida tunuka bankalarga qadoqlanadi, so‘ngra berkitish mashinasi 6 –da germetiklanadi. 1 va 7 jixozlarda banka va qopqoqlar bug‘ni isitish apparati 2-da isitilgan bug‘da 2100S temperaturada sterillanadi. Liniyani yuvish uchun suv yig‘gich 3-dan keladi. Bo‘sh shisha tarani sterillash uchun AQSH-da IQ-nurlar bilan 1800S-ga isitish qo‘llaniladi. Ayni vaqtda taraning ichkari tomonidan bug‘ bilan isitiladi. Keyinchalik bankaga sovuq steril havo bilan ishlov beriladi. Ikkinchi usulda tara ichidan havo so‘riladi, so‘ngra 1,5-2 soniya davomida temperaturasi 1530S bo‘lgan bug‘ bilan sterillanadi. Moldova ITI-da unumdorligi 5-15 t/s-ni tashkil etuvchi liniya ishlab chiqilgan. Uning tarkibiga meva va rezavorlar sharbati hamda pyurelarni qisqa vaqt sterillovchi vassisternalarda aseptik sharoitda saqlash uchun tayyorlovchi uskuna kiritilgan. Ushbu institutda sharbatlarni dastlab sterillab metall bochkalarda aseptik konservalash sxemasi taklif etilgan. Mahsulot qadoqlashdan ilgari 105-1100S-gacha isitiladi, ushbu temperaturada 50-60 soniya ushlanadi, va 300S-gacha sovutiladi. qadoqlash steril sharoitda aseptik kamerada amalga oshiriladi. Download 135.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling