Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet110/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

21-amaliy mashg’ulot
Mavzu: MQChEN qurilmasini quduqqa optimal tushirilish chuqurligini o’rnatish
Amaliyot ko’rsatadiki ayrim holatlarda quduqqa elektronasos tushirilish chuqurligi asoslanmagan chuqurlikka tushiriladi.
Quduqqa H=1500 m chuqurlikka tushirilgan EMQN bilan jixozlangan. Dinamik sath Hdin=200 m; quvur orti bosimi pq.o=1 MPa; gazga to’yinganlik φ=10%; neftning suvlanganligi n=20%; neftning o’rtacha zichligi ρn=848 kg/m3.
Nasosning optimal tushirilish chuqurligini aniqlang.
Grafikdan foydalanib (18.1-rasmni qarang), (φ=10 va n=20% uchun) nasosga kirishdagi bosimini aniqlaymiz pkir=4,7 MPa.
Nasosning optimal tushirilish chuqurligini quyidagicha aniqlaymiz
,
Bu yrda Htush-nasosning tushirilish chuqurligi, m; Hdin –quduqdagi suyuqlikning dinamik sathi, m; pkir- nasosga kirishdagi bosim, suvlanganlik va gazga to’yinganlik orqali maxsus grafik asosida aniqlanadi (18.1-rasm) Pa; pq.o-quvur orti bosimi, Pa; ρn-neftning o’rtacha zichligi, kg/m3.


18.1-rasm. Suyuqlikning gazgato’yinganligiga φ bog’liq bo’lgan EMQN ning kirishidagi bosimni aniqlash grafigi.
Suvlanganlik n, %, 1-0; 2-10; 3-20; 4-30; 5-40; 6-50; 7-60; 8-70; 9-80; 10-90
Nasosning amalda tushirilish chuqurligi 1500 m. Quduqqa 856 m ortiqcha nasos-kompressor quvuri va kabel tushirilgan.
22-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Qum tiqinini to‘g‘ri yo‘nalishda yuvishning texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Quduq tubi qum tiqinini yuvishning gidravlik hisoblash, buning uchun nasos chiqishidagi bosim, dvigatelning kerakli quvatini, quduq tubidagi bosim, tiqinni yuvish vaqti va oqimning tiqinni yemuvchi ta’sirini aniqlash. Suv va neft bilan to’g’ri va teskari yuvishni taqqoslash.
Boshlang’ich ma’lumotlar: quduq cuqurligi H=2000m; ishlatuvchi quvurlar diametri D=168 mm; yuvuvchi quvur diametri d=73 mm; tiqinni tashkil qiluvchi qum zarrachalarining maksimal o’lchami, δ=1mm; qum tiqini filtirdan yuqorida ishlatuvchi quvurlar tizmasida hosil bo’lgan. Yuvish AzINMASh-35 yuvish agregati bilan amalga oshiriladi. Xarakteristikasi 19.1-jadvalda keltirilgan.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling