Vintli nasos qurilmasi-eritmani aralashtirish uchun qo’llaniladigan qurilmalar majmui. U vintli nasos va dvigateldan tashkil topgan. Bu qurilma neft sanoatida neft mahsulotlarini nasos yordamida so’rib chiqarishga mo’ljallangan.
Vintli uzatma-o’qlari bir tekislikda yotmay, turlicha burchak ostida kesishuvchi vint g’ildirakli tishli uzatma.
Vintli birikma-detallardan birining tanasidagi rezbaga (kertikga) ikkinchi detalning kertikini burab kiritib hosil qilinadigan qo’zg’almas birikma.
Mustahkamlovchi quvurlarni ta’mirlash (sozlash) uchun ichki gil’za-mustahkamlovchi quvurlarni ta’mirlashga mo’ljallangan ichki gil’za.
Neftli suvlar-neft va gaz bilan kuzatiladigan neftli gorizontlardagi yer osti suvlari. Neftli suvlar yuqori darajali minerallanishi bilan farqlanadi va xlorit-kal’tsiy-natriyli, xlorit-kal’tsiy –magniyli gidrokorbanat-natriyliturkumlari taaluqli. Odatda neftli suvning tarkibida yuqori miqdorda Br, B, Ra, Ba, Sr va mikroelementlar, shuningdek organik moddalar, uglevodorodlar, biogen azotlar, serovodorodlar, karbonat angidridlar uchraydi.
Suv ta’minoti qudug’i -suv ta’minoti qudug’ining asosiy elementlari burg’ilashning dastlabki (boshlang’ich) va oxirgi diametri hisoblanadi. Oxirgi diametr qazib olish debitining miqdori, suzgich tuzilishi (konstruktsiya) va suv ko’tarish qurilmasi gabariti bilan aniqlanadi. Kam debitli (5-10 m3/s) quduqning oxirgi diametri 150 mm dan oshadi, o’rta debitli (150 m3/s gacha) quduqning oxirgi diametri 200-250 mm va ko’p debitlisida esa 250-400 mm teng. Debiti 3m3/s bo’lgan quduqlarda oxirgi diametri 75-100 mm ni tashkil qiladi.
bosimli suv sistemasi -yer osti suvlarining hozirda vaqtdagi ta’minlanish, bosim paydo bo’lishi va oqib sarflanish joylarini o’z ichiga oladi.
suv Bosimli rejim -neft, gaz, suv qatlamlarining konlarini, qazib olishdagi tartibi. suv bosimli rejim turg'unlashmagan va turg’unlashgan xillarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |