Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet43/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

12.4.Quduqda quvurlarni teshish
Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini maxsuldor qatlamning kerakli chuqurligigacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam harajatliligi uchun ko’p qo’llaniladi.
Maxsuldor qatlamni otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish (perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo’llaniladigan aparat perforotor deb ataladi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement xalqasida teshik hosil qilish uchun to’rtta usuldan foydalaniladi:
O’qli, o’qsiz, torpedalash va suv qum aralashmasi bilan teshish.
O’qli perfaratorlarning quyidagi turlari mavjud:
1)Bir vaqtda otiladigan teshgichlar, bunda maxsuldor qatlamni teshish barcha o’qlar bir vaqtda otilib, maxsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustahkam qalin qatlamli quduqlarda qo’llaniladi.
2)O’qlari ketma-ket otiladigan perfaratorlar, bunda birinchi o’q otilgandan keyin ikkinchi o’q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq hosil bo’lishi)ni oldini olish uchun qo’llaniladi.
3)Terib otuvchi perfaratorlar bunda kerakli oraliqlarni navbatma-navbat otish uchun qo’llaniladi. Bu usul qalin bo’lmagan qatlamlarni ochish uchun ishlatiladi.
O’qli perfaratorlar 65,80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi.Tizmani teshishda 11-12,7 mm li o’qlardan foydalaniladi. O’qli teshgichning kamchilik tomoni barcha otishlar har doim ham tizmani tesha olmaydi. Ayrim otishlarda energiyaning tezda yo’qatilishi natijasida tizmani teshib o’tmaydi. O’qli perfaratorlarning markasi APX-84 va APX-98, PP3.

12.3-rasm. PPZ turidagi o’qli perfarator
Maxsuldor qatlamni ochishda torpedali teshish usuli yaxshi samara beradi. Unda snaryad yordamida teshiladi, snaryad maxsuldor qatlamni yorib kiradi va portlaydi g’ovak va yoriqlar hosil qiladi. TPK-22 va TPK-32 «torpednыy perfarotor Kolodyajnogo» markali perfaratorlar ishlatiladi.Perfaratorning tashqi diametri 100 mm bo’lib diametri 127 mm li quduqlarda qo’llaniladi.
O’qsiz teshish usulida maxsuldor qatlam kumlyativ zaryad yordamida teshiladi. Portlashi natijasida hosil bo’lgan portlovchi modda tezligi 8000 m/s gacha bo’lib.
O’qsiz perfaratorlar korpusli va korpussiz perfaratorlarga bo’linadi. Korpusli perfarator bir qancha zaryadlar joylashtirilgan germetik yopiq korpusdan tashkil topgan bo’lib uni ko’p marta ishlatish mumkin. Korpusda kumlyativ zaryad, detanasiya hosil qiluvchi shnur va portlovchi patron joylashgan bo’ladi. Bunday perfaratorlar 10 va 20 zaryadli bo’lib markasi PK-103.
Korpussiz teshgichda har- bir zaryad alohida germetik qobiq bilan mustahkamlangan bo’lib, bu portlash vaqtida yoriladi. Korpussiz perfaratorlar KPR-50, KPR-65, KPR-8 va KPR-100 markali turlari mavjud.
Teshish usullarini tanlashda perfaratorlarni xususiyatlarini bilishimiz shart. O’qsiz perfaratorlarni qattiq tog’ jinslaridan tuzilgan quduqlarda ishlatish yaxshi natija beradi; o’qli perfarator- uncha qattiq bo’lmagan tog’ jinslaridan tuzilgan qatlamni teshishda qo’llaniladi. Snaryadli teshish usuli qattiq va kam o’tkazuvchan tog’ jinslarida qo’llash yaxshi natija beradi. Otilgan o’q va snaryadlar tizmani deformasiyalaydi va sement xalqa va qatlamlarda yoriq hosil qiladi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling