Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Favora qudug’i jixozlarini o’rnatish
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
17.3.Favora qudug’i jixozlarini o’rnatish.
Tayanch iboralar: Solishtirma sarf, eruvchanlmk koeffisienti, ko’taruvchi quvir, tizma boshchasi, favvora armaturasi, quvur boshchasi, uchlik, to’rtyoq. 17.1.Favvoralanish shartlari Favvoralanayotgan quduqda 1tn neftni er yuziga ko’tarish uchun quyidagi energiya miqdori sarflanadi: (17.1) bu yerda: P0 = 9,81 * 104 N/m2 Agar gidrostatik bosim juda kam bo’lib, qatlamdan gaz quduq tubiga kelmasa unda suyuqlikni ko’tarish uchun er yuzasidan gaz haydashimiz kerak bo’ladi. Bunday holatda har-bir tonna neftni ko’tarish uchun quyidagi energiyani sarflash kerak bo’ladi: (17.2) bu yerda: R0 – haydalayotgan gazning solishtirma sarfi. Quduq favvoralanishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: W1 ≥W2 W1 va W2 ning qiymatlarini o’rniga qo’yib, ayrim qisqartirishlarni amalga oshirib quyidagini olamiz: (17.3) bu yerda A1 – bosim Pq.tub dan Pu gacha tushganda suyuqlikdan ajralgan va kengaygan gazning 1 tn suyuqlikni ko’tarish uchun ketgan gaz energiyasi birligi. Gaz suyuqlik aralashmasini favora ko’targichida ko’targanda bosim Pq.tub bosimidan Pu bosimigacha tushadi. Bosimning o’rtacha qiymati 0,5(Pq.tub+Ru) ga teng bo’ladi. Shuning uchun faqat gazning yarimi suyuqlikni ko’tarishda qatnashadi deb olishimiz mumkin. Gaz faktori quyidagiga teng: (17.4) u holda (17.2) tenglamani quyidagicha yozishimiz mumkin: bu yerda a- eruvchanlik koyeffitsiyenti Ko’targich optimal rejimda ishlagandagina bir tonna suyuqlikni ko’tarish uchun eng kam energiya sarflanadi va bu holda gaz sarfi ancha kam bo’ladi. Quduq tubidagi bosim to’yinish bosimidan yuqori bo’lsada gaz neft arlashmasi quvur uzunligi bo’yicha harakatlanmasdan, ma’lum oraliqda harakatlanadi. (17.6) Oxirgi favvoralanish davrida ko’targich optimal debit rejimida ishlayotganda favora quvuri diametri A.P. Krыlov formulasi orqali quyidagicha topiladi: (17.7) bu yerda d-favvora quvuri diametri, mm; L- favvora quvuri uzunligi, m; ρ –neft zichligi, t/m3; g-ogirlik kuchi tezlanishi, m/s2; Pbosh - favvoralanishning oxirgi davrida favvora quvuri tizmasi bashmagidagi bosim, N/m2; Qopt – optimal debit, m3/sutka. Agar hisob – kitoblar natijasida olingan diametr standart diametrlarga to’g’ri kelmasa, u holda yaqin standart diametr tanlanadi yoki pogonali quvur tizmalaridan, ikki-xil o’lchamli qo’llaniladi. Bu holda quvurlar tizmasi uzunligi quyidagicha aniqlanadi: (17.8) bu yerda: l – tizmaning yuqori qismining uzunligi, ya’ni kata diametrli quvur uzunligi m da ; L - tizmaning umumiy uzunligi, m ; d – hisob-kitob bo’yicha olingan diametr, m ; d1 – quvurning yaqin kichik standart diametri (pastki pogonaning), m; d2 – quvurning yaqin kata standart diametri (yuqori pog’ona uchun), m ; d2> d >d1 Hisob-kitob natijasida olingan favora quvuri diametri (favoralanishning oxirgi davri uchun) quduqning boshlang’ich debitini olishga ham imkon yaratadi. Shuning uchun tanlangan quvurning maksimal o’tkazish qobiliyatini aniqlaymiz (17.9) Favvoralanishning boshlang’ich davrida ko’taruvchi quvur o’tkazish qobiliyati kata bo’lsa, u holda boshlang’ich davri uchun ko’taruvchi quvur diametri quyidagicha aniqlanadi: (17.10) Hisob-kitoblar natijasida olingan diametr favvoralanishning boshlang’ich davridan oxirgi davrigacha yuqori FIK bilan ishlamaydi. Favvoralanish davri ham qisqaradi. Shuning uchun bosqichma-bosqich kichik diametr (50, 38 va 25 mm) larga o’tib boriladi.Bu erda ishqalanishda yo’qatilish keltirilmagan, lekin ular yuqorida ko’rsatib o’tilganidek quduqdagi suyuqlik ustuni bosimidan juda kichkina. Pq.tub > Ptuy da gaz faktori o’zgarmas qoladi. U bir tonna neft tarkibida erigan gaz miqdoriga teng. Konlarni ishlatish jarayonida quduq tubi bosimini pasaytirishga to’g’ri keladi. (17.7) tenglamadan ko’rinib turibdiki Pq.tub ni kamaytirsak L1 oshadi. Bundan ma’lumki Pq.tub = Ptuy bo’lganda L1 o’zining eng baland ko’rsatkichiga erishadi va unda L1 N ga teng bo’ladi. Favvoralanishnig eng kichik bosimini quyidagi standartdan aniqlanadi: (17.3) Tengsizlikning chap qismi effektiv ta’sir qiluvchi gaz faktori Gef. Bu tengsizlikning o’ng tomonini Ro ni Ropt ga almashtirish natijasida quyidagicha yozish mumkin: (17.8) bu yerda: L – quduq ustidan quduq tubidagi tuyinish bosimiga Pto’y teng bo’lgan oraliqdagi masofa . Birinchi yaqinlashishda ko’taruvchi quvurlar diametrini quyidagicha olishimiz mumkin: 17.2-jadval
(17.10) tenglamadan L ni aniqlaymiz (17.9) Favvoralanishi mumkin bo’lgan eng kichik quduq tubi bosimi (17.6) tenglmasidan aniqlanadi. (17.10) Favora quvurlari diametrini aniklash uchun quyidagi formulalar orqali aniklash mumkin a) A. P. Krilov formulasi (17.11) yoki soddaroq ko’rinishda (17.12) b) G.N.Gaziev formulasi (17.13) yoki soddaroq ko’rinishda (17.14) v) V.S. Melikov formulasi (17.15) yoki soddaroq ko’rinishda (17.15) bu yerda; d – favora quvuri ichki diametri, dyum da; Q – suyuqlik debiti, tn/sut da; N – quduq tubi chuqurligi, m da; Pq.tub – quduq tubi bosimi , kg/sm2 da; Pu – quduq usti bosimi , kg/sm2 da; Γsuyuk - suyuqlikning nisbiy zichligi U yoki bu diametrli favora quvurini quduqqa tushirilishidan oldin, shu tanlangan diametrli quvurni quduqqa tushirilishi mumkinligini tekshirish shart. Chunki quduqni ishlatish davrida qum tiqinlar hosil bo’lishi favora quvurini qisilishi ro’y berishi mumkin, bunda quduqda qisilish bo’ladigan joyda ma’lum diametrdan katta bo’lmasligi kerak bo’ladi: Quduq diametri 102mm bo’lsa 50 mm Quduq diametri 125 mm bo’lsa 63 mm Quduq diametri 150 mm bo’lsa 75 mm Quduq diametri 175 va 200 mm bo’lsa 102 mm Favora quduqlarida qo’llaniladigan nasos kompressor quvurlari S, D,E,K,L va M mustahkamlik guruhidagi po’latlardan tayyorlanadi. Quvurlar uchlari tekis va bo’rtib chiqqan holda tayyorlanadi. Nasos kompressor quvuri birikishiga qarab; echilib tarqatilmaydigan va echilib tarqatiladigan turlariga bo’linadi. Echilib tarqatiladigan quvurlar birikishiga ko’ra muftali va muftasiz turlariga bo’linib,muftali quvurlarning o’zi uchlari payvandlangan, uchlari tekist va tashkariga bo’rtib chiqqanturlari mavjud. Muftasiz nasos kompressor quvurlari ichkariga bo’rtib chiqqan va tashqariga bo’rtib chiqqan turlariga bo’linadi. Nasos kompressor quvurlari yasalgan materiallariga ko’ra metal va nometal NKQga bo’linadi. Metal NKQ lar oson eriydigan va po’latlardan tayyorlangan NKQga bo’linadi.Ular ham o’z navbvtida qoplamali va qoplamasiz turlariga bo’linadi. Qoplamalar emal va epoksidlar yordamida hosil qilinadi. Nometal nasos kompressor quvuri oyna tolasidan, polimerlardan va aralash materiallardan tayyorlangan bo’ladi. Bir-xil o’lchamli NKQ ning chegaralangan tushirilish chuqurligi 17.3-jadvalda keltirilgan 17.3-jadvalda
Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling