Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


tahlil qilish darajasiga etkazgan taqdirdagina to‘laqonli xususiyat kasb


Download 1.64 Mb.
bet3/144
Sana18.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1575366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Bog'liq
ИТМ МАЖМУА (2022-2023)

tahlil qilish darajasiga etkazgan taqdirdagina to‘laqonli xususiyat kasb
etishiga ishora mavjud.
Shunday qilib, fan bilan faqat dalillar majmuini qayd etish va ularni
tavsiflashni bog’lash mumkin emas. Biz narsalar va hodisalarni
tushuntirish va ularni taxmin qilish tamoyillarini aniqlashga muvaffaq
bo‘lgan taqdirdagina to‘laqonli fanga ega bo‘larniz. Ko‘pgina olimlar
ma’lum tamoyillar, soddalik mavjud bo‘lmasa, fan ham mavjud
bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar. Bu bahsli fikr. Chunki fanning yetukligi
nafaqat soddalik va aniqlik, balki teran nazariy, konseptual daraja bilan
ham belgilanadi. Agar inson mushohada yuritishni emas, balki unga
barcha dalillar taqdim etilishini xohlayotgan bo‘lsa, u fanning dastlabki
bosqichida emas, balki bu bosqichning nuqtai nazarida turgan bo‘ladi.
Fan tushunchasining keng va tor ma’nolari. Hozirgi vaqtda fan avvalo, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bog‘liq ekanligi, ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi va o‘zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki xil
munosabat qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida
insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga
bo'lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va o ’z
mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari
rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Fanga ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida qaralishi shu bilan
izohlanadiki, uning asoslarini o‘rganish to‘g‘risida so‘z yuritilgan
taqdirda bugungi kunda biz fan deb ataydigan hodisaning chegarasi
«madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o‘zining
dastlabki - faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling