Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Fan muayyan odamlar - olimlar tomonidan amalga oshiriluvchi


Download 1.64 Mb.
bet30/144
Sana18.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1575366
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   144
Bog'liq
ИТМ МАЖМУА (2022-2023)

Fan muayyan odamlar - olimlar tomonidan amalga oshiriluvchi
faoliyat turi sifatida namoyon bo‘ladi. Ba’zan fan hatto olimlar
bajaradigan ish sifatida ham ta’riflanadi. Olimlar asosan tarqoq holda
faoliyat olib boradilar, ularning ayrimlari maxfiy laboratoriyalarda
ishlasa, ayrimlari murakkab hisoblash va isbotlashlar bilan
shug‘ullanadi. Ularning hammasi faqat o‘z hamkasblari tushunadigan
tildan foydalanadi. Ayni vaqtda kashfiyot muayyan olimning shaxsiy
hissasidan qat’i nazar u yoki bu tarzda amalga oshirilgani haqidagi
tasavvur o’rnini nazariya ortida muayyan olim, faylasuf yoki mutafakkir
shaxsi turishini aniq tushunish egallamoqda.
Fanning ijtimoiy-madaniy mo‘ljallari. Fan - dunyo haqidagi
bilimlarni ishlab chiqarish texnologiyasi. Har qanday ishlab chiqarishda
bo‘lganidek, fanda ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini
ta’minlash talab etiladi. Haqiqat — har qanday ilmiy mahsulot ega
bo’lishi talab etiladigan va fan o’zida mavjud barcha vositalar bilan
ta ’minlashi shart bo’lgan eng muhim sifat xossasi. Olim uchun haqiqat
о‘z faoliyatida erishishga harakat qiladigan eng oliy qadriyatdir.
Haqiqatning tagiga yetish olim hayotining oliy maqsadi bo‘ lishi
mumkin. Ammo haqiqat o‘z-o‘zicha, masalan, yaxshilik va go‘zallikdan
farqli o‘laroq, shak-shubhasiz qadriyat emas. Haqiqat qadriyat manbai
bo’lishigan mumkin, lekin yaxshilik va go‘zallikdan farqli o‘laroq, u shakshubhasiz qadriyat hisoblanmaydi. Haqiqat qimmatga ega bo‘lishi ham,
ega bo‘lmasligi ham mumkin.
Kundalik hayotda haqiqat inson uchun qadriyat bo’lishi ham,
qadriyat bo'lmasligi ham, foydali yoki zararli deb baholanishi ham
mumkin. Ba ’zan shunday bo’ladiki, inson haqiqatni bilishni istamaydi.
Uning maqsadi haqiqatni ochish bo’lishi ham, uni yashirish yoki buzib
ko’rsatish (masalan, dushmanga yolg’on axborot berish) bo’lishi ham
mumkin.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling