Toshkent davlat transport universiteti “avtomobil yo‘llari muxandisligi” fakulteti


Jizzax viloyati tabiiy iqlim sharoiti


Download 110.62 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi110.62 Kb.
#1038127
1   2   3   4
Bog'liq
118-19-guruh Ergashov Muhriddin (2)

Jizzax viloyati tabiiy iqlim sharoiti
Jizzax viloyati tog’ oldi va tog’li hududlari okeanlardan uzoqda va materikning ichki qismida joylashganligidan iqlimi, asosan qurg’oqchil, kontinental iqlimdir. Tog’li o’lkalarda tekislikka xos iqlimining ba’zi bir xususiyatlari: masalan kontinentallik, yillik va sutkalik harorat tafovutning kattaligi, havoning quruqligi, quyosh nurining o’tkirligi va uning ta’siri kabi xususiyatlari ахамиятлидир. Tog’li joylarda bo’ladigan bu iqlimiy xususiyatlar yumshoqroq bo’lishiga joyning balandligi va rel’efning xilma-xilligi sababdir. 1500-2000m dan baland tog’lar Atlantika okeani va O’rta dengiz tomonidan keladigan nam shamollarni to’sib, ko’proq tog’li va tog’ oldi hududlarga yog’inlar yog’ishiga sabab bo’ladi. Tog’larda harorat joining balandligiga qarab o’zgaradi. Bu tog’lar janubiy-geografik kengliklarda bo’lishiga qaramay, yillik o’rtacha harorat 3200m dan yuqorida manfiy holatda bo’ladi. Tog’ etaklarida ya’ni 400-500m balandliklarda iyul oyining o’rtacha harorati +25+270S dan tushmaydi. Umuman tog’li hududlarda yoz salqin va juda qisqa bo’ladi. Tog’larda iyunning o’rtacha harorati +4 +100c dan tushmaydi. Bu hududga qarashli tog’ tizmalari sharqdan-g’arbga 1000km dan oshiq masofaga cho’zilganidan va baland tog’li o’lka bo’lganligidan iqlimi ham turli xil. Lekin Turon tipli quruq iqlim hududning hamma joyida kuzatiladi. Adirlar, tog’ oldi rayonlarida, tog’ botiqlari va vodiylarning iqlimi issiq va quruq, qishi iliq Bu yerlarga yog’adigan yillik yog’in miqdori 100-200 mm dan oshmaydi. Eng ko’p yog’in Morguzar tog’lariga (350-400mm) yog’adi. . Tog’larga ko’pincha yog’in qor tarzida yog’adi, qorning qalinligi 30-50 sm ga, ba’zi bir joylarda bir metrgacha yetadi. Baland tog’larda yildan-yilga to’plangan qordan firn qorlari, muzliklarni hosil bo’ladi. Harorat ham hamma yerda bir xil emas. Iyulning o’rtacha harorati tog’ oldi tekisliklarida +24 +460S, yuqori qismlarida +10 +150S ga yetadi. Eng yuqori harorat +20 +460S gacha boradi. Yanvar harorati ancha past, o’rtacha 1-20S ga teng. Eng past harorat -23 -240S, tog’ hududlarida ya’ni Morguzar va Chumqortog’ tog’lari etaklarida qattiq sovuq bo’ladi.

Download 110.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling