Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot fakulteti
Download 1.08 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy-texnik ta‘minot statistikasi
- Moliya statistikasi
- I Bob. Foydalanish statistikasi 1.1. Lokomotivlar mavjudlik parki
Tashish statistikasi. Yuk va yo‘lovchi tashishni o‘rganish uchun turli birlamchi hujjatlar, maxsus kuzatish birliklari, statistik kuzatish turlari, dasturlar, shuningdek statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish usullari qo‘llaniladi. Kuzatish obʼekti – tovar-moddiy kiymatliklarni (yuk va yulovchilarni) xujjatlashtirilgan asosida tashish.
Kuzatish birligi – aniq yuk jo‘natuvchidan yuk qabul qiluvchiga bir tashish xujjati asosida jo‘natish (otpravka). Moddiy-texnik ta‘minot statistikasi temir yo‘l transporti tuzilmaviy korxonalari asosiy faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy va texnika resurslari bilan taʼminlash. Kuzatish obʼekti – moddiy va texnika resurslari. Kuzatish birligi – statistik, buxgalteriya va moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlari. Moliya statistikasi temir yo‘l transporti tuzilmaviy korxonalarda daromad va xarajat statistik ko‘rsatkichlarni va xisobotlarni tuzish. Kuzatish obʼekti - moliyaviy resurslar. Kuzatish birligi – statistik, buxgalteriya va moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlari. Теmir yo‘l transportining asosiy hususiyatlari : 1. Теmir yo‘l transportininq mаhsuloti ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadi. 2. Теmir yo‘l transporti asosiy vositalarining bir qismi, ya’ni harakatlanuvchi tarkiblar, o‘z joyini o‘zgarib doimo harakatda bo‘ladi. 3Теmir yo‘l transporti uzluksiz (kechayu-kunduz) uzluksiz ishlaydi. 4. Теmir yo‘l transportida boshqaruv ichki, hududiy, mintaqa va mаrkаzlashtirilgan holda olib boriladi. 5. Harakatlanuvchi tarkiblar bilan bevosita bog‘liq ishchilar (mаshinistlar, provodniklar, vagonlarni tekshiruvchilar, poyezd tuzuvchilari)ning ish haqlari, ish vaqtlari, smena davomiyligi aniq belgilanmaganligi tufayli statistik kuzatish uslublari alohidalik o‘rganiladi. I Bob. Foydalanish statistikasi 1.1. Lokomotivlar mavjudlik parki Lokomotiv (lotincha loco "bir joydan" + lotincha motivus "o'tish") - o'ziyurar vagonlarni tortish uchun mo'ljallangan o'ziyurar temir yo'l vagonidir. Lokomotiv - harakatlanuvchi tarkibga tegishli va poyezdlar yoki alohida vagonlar yo'lida harakatlanish uchun mo'ljallangan kuchli tortish moslamasi. (1-rasm) 1-rasm. Zamonaviy elektrovoz Birlamchi energiya manbai turiga qarab, lokomotiv issiqlik va elektr lokomotivlariga boʻlinadi. Issiqlik lokomotivlari — parovoz, teplovoz, motovoz, gaz-turbovoz. Elektr lokomotivlari kontakli va akkumulyatorli elektrovozlardan iborat. Asosiy lokomotivlardan tashqari har xil aralash lokomotivlar ham bor: dizel-elektrovozlar, teplovozlar, kontaktli-akkumulyatorli elektrovozlar. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling