Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot fakulteti
Depo bo`yicha navbatchining stol jurnali (nastrolniy jurnal) (TU-1 shakl)
Download 1.08 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinist marshruti (TU-3 shakl)
- Aylanish deposi bo`yicha navbatchi stol jurnali (TU-2)
- Lokomotivlarning bekor turish kartochkasi (TU-24)
Depo bo`yicha navbatchining stol jurnali (nastrolniy jurnal) (TU-1 shakl) - depo bo`yicha lokomotivlar mavjudligi va lokomotiv brigadaning ishi to`g`risida ma’lumotlar aks ettiriladi.
Poyezdning natura varag`i (DU-1 shakl) - unda poyezd tarkibidagi barcha vagonlar raqami, poyezd massasi, konteynerlar mavjudligi va tashish jarayonini boshqarish hamda poyezdlar harakati xavfsizligi sharoitini ta’minlash to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Mashinist marshruti (TU-3 shakl) - har bir reys(poyezdka, sayohat) uchun alohida lokomotiv brigadasiga beriladi. Bunda lokomotiv va lokomotiv brigada haqida, sayohat boshlanish tugashi, to`g`risidagi ma’lumotlar, poyezd og`irligi, tarkibi kabi ma’lumotlar aks etadi. Aylanish deposi bo`yicha navbatchi stol jurnali (TU-2) - deposidagi lokomotivlar va lokomotiv brigadaning vaqt xarajatlarini hisobga olish bo`yicha ma’lumotlar aks ettirilgan. Yuk poyezdlari harakati bajarilish grafigi tahlili (DU-26), yo`lovchi tashish bo`yicha (DU-27) - ushbu hujjat yordamida poyezdlar harakati grafigi bajarilishi baholanadi. Lokomotivlarning bekor turish kartochkasi (TU-24) – lokomotivlarning ishlovsiz vaqtini ko’rsatib turadi. Poyezdlar va lokomotivlar harakati stol jurnali(DU-3) - bunda birlamchi va boshqa harakat birligi bo`yicha bekatlarda lokomotivlarning yetib kelishi, jo`natilishi rasmiylashtiriladi. Tashishlar lokomotivlar va vagonlar yordamida ta’minlanganligi sababli temir yo‘l transportida harakatlanuvchi tarkiblar mavjudligi katta ahamiyatga ega. Tashish jarayonida harakatlanuvchi tarkiblar ishini quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin: lokomotivlar soni, ishchi vagonlar parki soni, ular bosib o‘tilgan masofasi bilan. Temir yo‘l transportida tashish vositalarga lokomotivlar, motorvagonlar va vagonlar kiradi, ular konstruktiv jixatdan, birliklar soni va foydalanish shakli bo‘yicha bir biridan farqlanadi. Masalan, vagonlar parkidagi birliklar lokomotiv parkidan ancha (10 va undan) yuqori barobarga ko‘p. Hisobga olish belgilaridan: tortish turi, lokomotivning seriya va raqami, texnik xolati, ish joyi, foydalanish turi. Lokomotivlarning mavjudligi ro’yxatga olingan joyiga qarab alohida elektrovoz, teplovoz, parovoz, elektrosektsiya va dizel-poyezdlar bo‘yicha guruhlanadi. Inventar parkini ushbu temir yo‘lda ro’yxatga olingan va balansda turgan lokomotivlar soni tashkil etadi. Inventar parki ko‘rsatkichi kamdan kam o‘zgaradi, O‘zgarish sabablari: - texnik holati bo‘yicha ro’yxatdan o‘chirilganda; - boshqa temir yo‘lga yoki tarmoqqa berilganda. Temir yo‘l korxonasining lokomotivlar mavjudlik parki deganda hisobot davri mobaynida uning parkida haqiqiy bo‘lgan lokomotivlar soni hisoblanadi. Yil boshida yoki yil oxirida lokomotivlar inventar va mavjudlik parki bir biriga teng bo‘ladi, ammo yil mobaynida ushbu ko‘rsatkichlar farqlanadi, chunonchi lokomotivlarning bir qismi boshqa temir yo‘lga safarbar etilganligi mumkin. Lokomotivlarning o‘rtacha kunlik sonini aniqlash uchun quyidagi formula qo‘llaniladi: , lok. Bu yerda: - lokomotivlarning o‘rtacha kunlik soni; - foydalanish toifadagi lokomotiv-soatlar miqdori; t- hisobot davridagi kalendar kunlar soni. Barcha hisob toifalari bo‘yicha lokotivlarning o‘rtacha kunlik soni inventar parkidagi lokomotivlar soniga teng bo‘lishi zarur: Mq . Lokomotivlar inventar parki, ulardan foydalanishi bo’yicha guruhlanishi 1-chizmada ko’rsatilgan. 1-chizma. Foydalanish toifasi bo‘yicha lokomotivlar inventar parkining guruhlanishi Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling