Toshkent Davlat Transport Universiteti Mustaqil ish

Download 0.99 Mb.
bet2/4
Sana24.09.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1686862
1   2   3   4

IX – XV asrlar Mavorounnahrda keyincha Buyuk ipak yo‘li deb atalgan savdo yo‘llari bo‘lgan. Savdo yo‘llarida quduqlar qazilgan, (bahorda suv yig‘ilishi uchun) sardobalar ko‘tarilgan, savdogarlar, safarga chiqqanlar uchun dam olishi, tunashi, shuningdek karvonsaroylar qurilgan.

XX asrning boshiga kelib avtomobillar yo‘ldagi boshqa transport vositalarini siqib chiqara boshladi. Tez harakat qilishga imkon beradigan yangi yo‘llar paydo bo‘ldi. YUk tashish ko‘payib yo‘nalishlar uzaygani uchun haydovchilar, yo‘lovchilar va transport vositalariga xizmat tashkil qilish kerak bo‘ldi. Magistral yo‘llarda yoqilg‘i quyish shahobchalari, tamaddixonalar, kafelar, 7 restoranlar, mehmonxonalar qurila boshladi. Ular asosan yo‘l o‘tadigan aholi yashash joylarida, tijorat maqsadida qurilardi.

Avvallari yo‘l tuzilishi bilan harakat xizmati inshootlari bir-biridan mustaqil mavjud edi, ya’ni bunday bo‘lishiga sabab, o‘sha vaqtda yo‘lning ko‘rinishi harakat xavfsizligiga ham, har bitta tizimning tejamli bo‘lishiga ham ta’sir qilmasdi, chunki avtomobillarning soni kam, tezligi esa past bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin butun dunyoda avtomobillar sonining keskin ko‘payishi va ularning tezligini oshishi mavjud yo‘l tarmoqlari transport-foydalanish sifatini yaxshilash vazifasini qo‘ydi, yo‘l qurilishi ko‘paydi, loyiha ishlarining sifati oshdi.

XX asrning birinchi yarmida avtomobil yo‘llari landshafti loyihasini tuzish fikri paydo bo‘lib muvaffaqiyat bilan rivojlandi va yo‘l loyihasini tuzish dunyo amaliyotida etakchi o‘ringa chiqdi. O‘tgan asrning 70-yillarida esa yo‘lning landshaft bilan uyg‘unligi, yo‘l chetining manzarali bo‘lishi haydovchilar charchashini kamaytirishi, harakatning qulay va xavfsiz bo‘lishiga imkon berishi aniqlandi. Landshaft loyihasini tuzish qoidalari va usullari rivojlantirilib asosan yo‘lning ko‘rinishiga e’tibor qaratish an’anaga kirdi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling