Toshkent Davlat Transport Universiteti Mustaqil ish


Download 0.99 Mb.
bet1/4
Sana24.09.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1686862
  1   2   3   4

Toshkent Davlat Transport Universiteti Mustaqil ish

Fan: “Shahar yo‘llari va ko‘chalari”

Mavzu: Shahar yo‘llari va ko‘chalarini arxitektura manzarali obodonlashtirish haqidagi tushunchalar.

Bajardi: Abduraximov A.

Qabul qildi : Beketov Amir

Shahar yo‘llari va ko‘chalarini arxitektura manzarali obodonlashtirish haqidagi tushunchalar

Avtomobil yo‘li avtomobillarning dinamik xususiyatlarini ishlatishga imkon berish, tejamli yuk tashish sharotini yaratishdan tashqari haydovchilar bilan yo‘lovchilarning ruhiy, jismoniy hamda estetik talablarini ham qondirishi kerak.

Ma’lumki, avtomobil yo‘li quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: yo‘lning asosiy inshootlari, shu jumladan, yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasi bilan qatnov qismi, sun’iy inshootlar, bevosita yo‘l xizmati binolari va qurilmalari; yo‘ldagi sharoit, shu jumladan, harakatni tashkil qilish vositalari, harakat xizmati tizimi va yo‘lni bezash vositalari.

Harakat xizmati tizimi bezash vositalari bilan birga yo‘lning obodonligini tashkil etadi, ya’ni yo‘ldan foydalanadigan insonlarning me’yordagi hayot faoliyatini, transport vositalari maromida ishlashini ta’minlash imkonini beradigan inshoot va qurilmalardan iborat bo‘ladi.

Harakat xizmati tizimi bezash vositalari bilan birga yo‘lning obodonligini tashkil etadi, ya’ni yo‘ldan foydalanadigan insonlarning me’yordagi hayot faoliyatini, transport vositalari maromida ishlashini ta’minlash imkonini beradigan inshoot va qurilmalardan iborat bo‘ladi.

Magistral yo‘llarni obod qiladigan inshootlar tarixda ham bo‘lgan. Eron, Rum, Mavorounnahrda, inklar davlati yo‘llarida masofa belgilari qo‘yilgan, daraxtlar ekilgan, tez aloqa shahobchalari bo‘lgan, karvonsaroylar, karvonlar uchun sardobalar qurilgan.

IX – XV asrlar Mavorounnahrda keyincha Buyuk ipak yo‘li deb atalgan savdo yo‘llari bo‘lgan. Savdo yo‘llarida quduqlar qazilgan, (bahorda suv yig‘ilishi uchun) sardobalar ko‘tarilgan, savdogarlar, safarga chiqqanlar uchun dam olishi, tunashi, shuningdek karvonsaroylar qurilgan.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling