4. PARDOZLASH ISHLARINI BAJARISH TEXNOLOGIYASI VA MEXANIZASIYASI
4.1 Pardozlash ishlarini tarkibi va ketma-ketligi.
Yer polotnasini asosiy maydonini tekislash va oqizg‘ich prizmasini kesish ishlari:
Ko‘tarmalarda yer polotnasining qiyaliklarini tekislashdan avval asosiy maydon tekislanadi.
O’ymalarda esa qiyaliklarini tekislagandan keyin asosiy maydon tekislanadi.
Asosiy maydon tekislashda aniqlik darajasi + 5sm bo‘ladi. Bu ishlar avtogreyder DZ- 14 yordamida bajariladi.
Yer polotnasini qiyaliklarini tekislash ishlarida, ishchi belgisi ≤ 6m gacha bo‘lgan “otkosliklar” bilan jihozlangan EO–3332 markali universal ekskavator-tekislovchi yordamida bajariladi. Avval yuqori qismlari, keyin pastki qismlari tekislanadi. Qirqilgan grunt bermada tekislanadi.
Ariq qozish mashinasi ETU-353 yordamida kyuvetlar qaziladi. Yer polotnasi qiyaliklarini mustahkamlash uchun qiyaliklarga unumdor grunt to‘kilib, o‘tlar urug‘i sepiladi.
4.2 Pardozlash ishlarini hajmini aniqlash.
Pardozlash ishlariga sarflangan vaqt quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
T p = T2 , ish kuni.
bunda: T1 – yer polotnasining suv oquvchm prizmasini tekislashga
sarflangan vaqt, ishchi kun.
T2 - ko‘tarma va o‘yma qiyalmklarini tekislashga sarflangan vaqt, ishchi kun.
T3 -kyuvetlarni qazishga sarflangan vaqt, ishchi kun.
4.3 Yer polotnasining suv oquvchi prizmasini tekislash
Suv oquvchi prizmaning tekislan ishlari hajmi quyidagi ifoda bo‘yicha m2 larda aniqlanadi:
m2
bu yerda: b – oquvchi prizma kengligi, m;
L – ko‘tarma va o‘ymalar uchastkalarining ko‘priklar
uzunligidan tashqari uzunligi, m. L=3000m
Fsp= 7,3*3000=21300 m2
Yer polotnasining suv oquvchi prizmasini tekislashga sarflangan vaqt quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
T1 = Fsp / Q1 * N* n , ish kuni
bu yerda: Q1 – tekislashda ishlatilgan EO-6111 ekskvatorning ish unumdorligi,
Q1=8500 m2/smena
N- tekislashda ishlatilgan avtogreyderlar soni, N=2 mashina
n- sutkada smenalar soni, n= 2 smena
Do'stlaringiz bilan baham: |