Toshkent davlat transport universiteti “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi


MEHNATNI VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI


Download 0.53 Mb.
bet16/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1509254
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Temir Yo\'L kurs ishi IF

7 MEHNATNI VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI
7.1 Mehnatni muhofaza qilish

Bitiruv malakaviy ishida mehnat muhofazasining asosiy masalalari hal qilingan bo‘lib, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha KMK 3.01.02-00 talablari hajmidagi muayyan yechimlar IOBL bosqichida ishlab chiqiladi.


Foydalanishdagi temir yo‘l izlari yaqinida ishlarni amalga oshirishda shuningdek “Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalari”, “Temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma” ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim. Ayniqsa LEP yaqinida mexanizmlar ishlashiga alohida e’tibor qaratilishi shart.
Ishlab turgan kommunikatsiyalar yaqinida biron-bir ishlarni bajarishda ish joyiga tegishli foydalanuvchi tashkilotlar vakillari chaqirilishi zarur.
Odamlar va mashinalar uchun o‘tish joylari odamlar, mashina va mexanizmlarning barcha ish joylariga qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Qurilish maydonlari va ish joylari har bir ish toifasi uchun yoritilganlik me’yorlariga muvofiq yoritilishi talab etiladi.
Yoritish uskunalari mavjud tarmoqlar va ko‘chma elektrostansiyalar yordamida tok bilan ta’minlanadi.
Yer polotnosini to‘kib ko‘tarish ishlarini bajarish joylari GOST 12.1.046-85 talablari, shuningdek SSBT tizimi standartlari talablarini hisobga olgan holda ko‘chma yoritish moslamalari bilan yoritilishi shart.
Ishchilarga sanitariya-gigiyena xizmati ko‘rsatish uchun qurilish maydonlarida inventar binolari ko‘zda tutilib, ularda kiyinish, yuvinish, quritish, isitish xonalari, hojatxonalar joylashadi.
Inventar binolar suv ta’minoti vaqtinchalik vodoprovod uchustkalari yordamida amalga oshirilib, ular ishlab turgan yoki loyihalashtirilgan doimiy suv tarmoqlariga ulanadi. Maishiy oqova suvlar uchun maxsus o‘ralar qaziladi.


7.2 Atrof muhitni muhofaza qilish

Bitiruv malakaviy ishida quyidagi atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari ko‘zda tutilgan:



  • o‘simlik qatlami va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish;

  • asosiy qurilish ishlarini namunaviy texnologiya xaritalari va sxemalari bo‘yicha tashkil etish;

  • o‘ymalar gruntlarini ko‘tarmalarda yer polotnosini tiklashda maksimal darajada ishlatish;

  • grunt tashish yo‘llaridan oqilona foydalanish;

  • poseloklar hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llaridan grunt tashish maqsadida tunda foydalanishni cheklash;

  • aholi punktlari hududida tunggi paytda gruntni zichlash ishlarini to‘xtatish;

  • trassa oldi karerlari mayldonlarini qayta kultivatsiyalash.

Zovurlar yoki yopiq suv yo‘llariga yoqilg‘i, ishlatilgan moylar qoldiqlarini to‘kish taqiqlanadi.
Transport vositalari va qurilish mashinalarini yuvish maydonchalari suvni tindirish va tozalash moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Qurilish davrida suv ta’minotining izdan chiqishi holatlari uchun suvni moslamalar yordamida haydash ko‘zda tutilgan.
Yer polotnosi asosidan kesib olingan o‘simlik qatlami kam hosil yerlarni yaxshilash maqsadida ishlatiladi.
Qurilish tugaganidan so‘ng qurilish chiqindilari olib chiqib ketiladi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling