Toshkent davlat transport universiteti “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi
Portlatish ishlarini olib borishda texnik xavfsizligi qoidalari
Download 0.53 Mb.
|
Temir Yo\'L kurs ishi IF
8.4. Portlatish ishlarini olib borishda texnik xavfsizligi qoidalari
Portlatish ishlari karerlarda me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilingan holda bajarilishi kerak. Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004 yil 5 mart, 109 – sonli qaroriga muvofiq portlovchi va zaharli modda, materiallar, ular qo‘llanilgan mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Yoppasiga portlatish O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan va u bilan kelishilgan yo‘riqnomalar talablariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak. Yoppasiga portlatishni qo‘llash bilan portlatish ishlarini olib boruvchi har bir korxona aniq sharoitlarda yoppasiga portlatish loyihalari va pasportlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanuvchi Namunaviy burg‘ulash-portlatish ishlari loyihasi ega bo‘lishi va portlatish ishlarini bajaruvchi xodimlar unga imzo chekib tanishishlari kerak. Portlatish ishlarini olib borishda portlovchi moddalar, portlatish ishlari mexanizatsiya vositalari, jihoz, qurilma, asbob va apparaturalaridan faqat standartlar (texnik shartlari) ega bo‘lgan va Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi ruxsatnomasiga boriga ruxsat etiladi. Portlatish ishlari yozma topshiriq (naryad) va tegishli yozma topshiriq (naryad)-yo‘l varag‘i bo‘yicha muhandis-texnik xodim rahbarligida portlatuvchilar tomonidan bajarilishi va faqat ishlar xavfsizligi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar talablariga javob beradigan joylarda o‘tkazilishi kerak. Portlovchi moddalarni omborlardan karerdagi ish joyiga yetkazish, korxona rahbari (portlatish ishlari rahbari) tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha bajarilishi kerak. Xavfli hudud ishga tushirilishidan oldin, uni chegaralariga qo‘riqlashni ta’minlaydigan postlar qo‘yilishi, zaryadlash va portlatish tarmog‘ini montaj qilish bilan band bo‘lmagan kishilar xavfli joydan texnik nazorat shaxsi tomonidan chiqarilishi kerak. Portlatish ishlarini olib borishda odamlarni ogohlantirish uchun tovushli, bundan tashqari qorong‘i paytlarda nurli signalni ham berish zarur. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling