Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo
SOTSIOLOGIK INFORMATSIYA TO‘PLASHNING
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy sotsiologiya
2. SOTSIOLOGIK INFORMATSIYA TO‘PLASHNING
EMPIRIK METODLARI 1. So‘rov metodi. Ushbu metodni ishlab chiqish XVIII asrdan boshlanib ketgan edi. hozirgi vaqtda bu metod keng tarqalgan va ko‗p qo‗llaniladigan metod hisoblanadi. So‗rov metodining quyidagi turlarini ko‗rsatishimiz mumkin: 1. Anketalashtirish yozma shakldagi so‗rov bo‗lib, texnikasiga ko‗ra, tarqatiladigan (anketa tadqiqotchi tomonidan tarqatiladi va yg‗ib olinadi) matbuot orqali (anketani gazeta va jurnallarda chop ettirish), telefon yoki telesko‘p orqali, ya'ni texnik vositalari bilan (televizor yoki telefonga oid qo‗shimcha sifatida) amalga oshiriladigan So‗rov turidir. 2. Suhbatlashish (Intervyu) — suhbat o‗tkazuvchilarni (intervyuer) bir qanchasini talab qiluvchi, og‘zaki Sarovturidir. Bu So‗rov klinik (respondentning sub'ektiv dunyosini samimiyligi) bir nuqtaga qaratilgan 155 (o‗rganish uchun bir asosiy savolni ajratib olish) So‗rovlarga bo‗linadi. 3. Sotsiometrik So‗rov—guruhdagi shaxslararo munosabatlarning yaxshi ko‗rish, yoqtirmaslik, do‗stlik, adovat, qismat va boshqa jihatlarini o‗rganishga qaratilgan. Amerikalik sotsial psixolog J.Moreno tomonidan ushbu So‗rov metodi ishlab chiqilgan. Bu metod guruh, to‗planishiga zarurat tug‗ilganda, liderni aniqlashda, kollektivda psixologik klimatni aniqlashda va boshqa yo‗llarda qo‗llaniladi. 4. Test o‗tkazish So‗rov — maxsus qayta ishlangan vositalar sxema, rasmlar, takliflar, savollar yordamida shaxsiy sifat va qobiliyatlarni namoyon bo‗lishini aniqlaydi. Testlar tematik, birikmalari (assotsiativ) intellektual qobiliyatlarni aniqlaydigan, takliflarni yakunlaydigan turlarga bo‗linadi. 5. Ekspert So‗rov — Bu metod ekspertlarga, ya'ni mutaxassislarga yon beradi. Bular, asosan muammo bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislar yoki javobgar shaxslardir. Bunda so‗ralayotganlarning qiziqishlari e'tiborga olinishi kerak. 6. Panel So‗rovlar — kishilarning doimiy doirasiga mo‗ljallangan so‗rov bo‗lib, tashkilotlardagi boshqarish uslubidagi ma'lum o‗zgarishlarga ulargacha va ulardan keyin kiritiladigan so‗rov turidir. Bu metod guruhlarning faqat bir belgisiga ko‗ra bir-birini taqqoslash va farqlash, ya'ni protsessning sabab va oqibat analizlarini o‗rganish maqsadida qo‗llaniladi. Ko‗pincha so‗rovning bu turi eksperimental tadqiqotlarga qo‗shimcha ravishda kiritiladi. 7. Yaxlit So‗rovlar — demografik protsesslarni, jamoatchilik fikrini, aholini ro‗yxatga olishni o‗rganishda qo‗llaniladi. Yaxlit so‗rovlar barcha aholini yoki muammo bilan bog‗liq bo‗lgan bosh majmualarning so‗rovini o‗zida aks ettiradi. Ushbu so‗rovlarning har biri maxsus xususiyatlarga ega bo‗lib, o‗tkaziladigan tadqiqot texnik muammosini, informatsiyaning aniqligini o‗z-o‗zicha hal qiladi. Ularni o‗zaro birlashtiradigan vosita bu — anketa so‗rovning barcha turlari asosida anketa yoki savol varaqasi yotadi. Anketa — empirik ma'lum o‘t olish uchun tadqiqotning umumiy konsepsiyasi va yo‗nalishi bilan o‗zaro aloqadorlikda bo‗lgan, kiritilgan gipotezani tekshirishga layoqatli bo‗lgan savollar sistemasining ifodalanishidir. Anketa tashkil topishining va savollar tuzilishining bosh mezoni bu — tushunmoqlikdir, ya'ni savollarni alohida izohlamoqda intilishdir. Savollar ob'ektiga ko‗ra: faktlarga, fikrlarga va harakatlarga; shakliga ko‗ra: to‗g‗ridan-to‗g‗ri, chetdan, ochiq va yopiq bo‗ladi (ochiq savollar, 156 javobni erkin shaklda bo‗lishini ta'minlaydi, yopiq savollar tekshirilgan va respondentning tomonidan tanlangan bo‗lib, uning fikriga mos kelishi kerak); funksiyasiga ko‗ra: psixologik (aktivlikni, ishtirok etishni, ishochni kuchaytirmoq maqsadida), bo‗linuvchi (diqqatni bo‗linishi uchun, bir guruhni ikkinchi guruhdan ajratmoq uchun), nazoratlangan (asosiy savollarni javobini tekshirish uchun, xotirani tiklash uchun, savol-tuzoq ya'ni chiqib ketolmaydigan savol berish) turlarga bo‗linadi. Savol-So‗rov metodining asosiy instrumenti hisoblanadi. Savol — bu anketa yoki blankga tadqiqotchining fikri joylashtirilib respondentga yo‗llangan bo‗ladi va undan javobning u yoki bu tomonini talab qiladi. Sotsiologik tadqiqotda savollarning bir qancha konsepsiyalari mavjud. Masalan, test konsepsiyasi shaxsning belgilari yoki uniig qobiliyatlarini aniqlashda savolning alohida elementini emas, balki bir qancha elementlarni aks ettiradi. Bunda so‗rovning natijalari baholanadi, alohida savollarga javoblar ahamiyat kasb etmaydi va ko‗p javoblarning elementi sifatida analiz qilinadi. Savolning bu turi kam qo‗llaniladi. Savolning bir muncha an'anaviy turi informatsion konsepsiyadir. Uning har bir savoli voqelikni yagona semantik informatsiya bilan ta'minlaydi. Bu ko‗rinishi tez-tez qo‗llanilganligi sababli, sotsiolog ikkita masalani hal qiladi: a) tadqiqot birligini o‗rganishni qo‗llaydi: b) har bir birlikdan informatsiya to‗plash uchun qanday savol berish kerak. Savolning uchinchi konsepsiyasi, indikator konsepsiya bo‗lib, anketa ishlab chiqishda va aniq, ma'lumot olishda maqsadga yo‗naltirilgan natijalar beradi. Shundan keyin savollar konsepsiyasi aniqlab olingach, sotsiolog har bir savolni ishlab chiqishga kirishadi. Buning uchun quyidagilarni nazarda tutish kerak: faktlar to‗g‗risidagi savollar yengil formulirovka va analiz qilinib, respondentga qiyinliklar tug‗dirmasligi kerak. (Siz transport vositasidan foydalanasizmi? Oliy ma'lumotlimisiz? Va x.k.) Fikrlar, nigohlar, sabab (motiv)lar to‗g‗risidagi savollar qiyinchiliklar tug‗dirilishi mumkni. Bular qiyin formulirovka qilinib aniq, javoblar olish uchun qo‗shimcha kuchlar talab qiladi. Taniqli nemis tadqiqotchisi E.Noel quyidagicha misol keltiradi: Janubiy Germaniyada nima uchun ma'lum markadagi televizorlarni kam sotib olishlarini o‗rganish uchun kamida 70 ta savol berish kerak, shu bilan birgalikda bu savollar nafaqat ushbu xududda, balki boshqa xududlarda ham taqqoslash uchun tarqatilishi kerak. Olingan informatsiyani nazorat qilish uchun nazorat savollar tayyorlanadi, ular ma'nosiga ko‗ra asosiy tadqiqot savollariga o‗xshash 157 tasavvur qoldiradi, lekin birinchi ko‗rinishni aniqlaydigan birmuncha bekitilgan formada bo‗ladi. Nazorat savollar chetdan beriladi. Shuni ta'kidlash lozimki, to‗g‗ridan-to‗g‗ri berilgan savollar salbiy munosabatlarni keltirib chiqaradi, agarda asosan «nima uchun» degan savol bilan boshlansa. Shuning uchun sotsiologlar «nima uchun» degan savol bilan tadqiqot boshlashni tavsiya etishmaydi va chetdan savol berish formasini ishlatishni ta'kidlaydilar (Marhamat qilib ayting, Sizning fikringizga nisbatan...?). Sotsiologning anketa tuzishda yana to‗qnash keladigan boshqa bir muammosi bu — standartlashtirish bo‗ladi. Standartlashgan So‗rov — ommaviy so‗rovlarda kerakli bo‗lib, bir xillilikka, terminologikka, mohiyatga keltirishdir. Standartlashtirish natijalarni taqqoslashga imkon yaratib, ma'lumotlarni qayta ishlashni engillashtiradi. Standartlashgan so‗rov yopiq, savollarni qo‗llashni imkoni baland ekanligini tahmin qiladi, ya'ni anketada javob bor bo‗lgan savollarni, respondent, o‗z fikriga (variant) mos kelganini tanlaydi. Standartlashgan So‗rovning kamchiligi bu — individual xossasining yetarli bo‗lmaganini hisobga olish, ko‗rilayotgan savollarga sub'ektiv munosabatda bo‗lishni tashkil etadi, qachonki kishilarning sub'ektiv dunyosiga chuqur kirib borilar ekan, bunda standart bo‗lmagan so‗rov qo‗llaniladi. Savollar ochiq formada formulirovka qilinadi va har bir anketa informatsiyaning alohida birligi sifatida olib qaraladi. Standartlashning darajasi muammo va tadqiqot maqsadidan qat'iy nazar tadqiqotchi tomonidan belgilanadi. So‗rov metodida asosiy tomonlardan biri bu tushuntirish muammosi yoki interpretatsiya asosiy tomonlardan biri hisoblanadi. Savollarni tuzilishi — bunda konsepsiya tushunchasinnng terminlarini So‗raluvchi tarjima qilihdan iborat. Savollar asosan, So‗raluvchining pozitsiyasidan, uning hayot faoliyati darajasidan kelib chiqib tuziladi. Bu tilning o‗ziga xos xususiyatining hisobini, respondentning konkret tafakkurini, psixologik xususiyatlarini (alohida shaxsiy savollarda, foydada va boshqalarda salbiy reaksiya berish), ma'lumot darajasi (chuqur bilimga egalik), diniy yoki siyosiy xarakterdan qo‗rqish va boshqalarni farz qiladi. Savollar qisqa va aniq, ikki xil tushunishga yo‗l qo‗ymaydigan, imkoniyatiga ko‗ra bir xil ma'noli formulirovka qilish kerak. Tushuntirish muammosi nafaqat anketani qayta ishlashda, balki tadqiqotchi tomonidan informatsiyani analiz qilish jarayonida ham ishlatiladi. Bunday yo‗lda, u tadqiqotchining mahorati va tadqiqot apparatining qayta nshlangan darajasiga bog‗liq, bo‗ladi. Endi anketaning umumiy kompozitsiyasiga to‗xtalib o‗tamiz, bunda anketaning joylashishi va uning ketma-ketligi o‗rin olgan. Empirik 158 tadqiqotlar praktikasida maqsadga muvofiqlashgan ketma-ketlik anketasining mazmuniga ko‗ra tarqatish murakkabdir. Anketa har doim So‗ralayotgan shaxsga murojaatdan boshlanadi va unda quyidagilar ko‗rsatiladi: a) qanday tashkilot, boshqarma So‗rov o‗tkazyapti; b) umumiy yo‗llarda tadqiqotning maqsadi tushuntiriladi va natijalar qanday qo‗llanishi, tadqiqotda respondent ishtirokining shaxsiy ahamiyati ko‗rsatiladi; v) javoblarning yashirincha bo‗lishi anonimlik kafolatlanadi. Bulardan keyin anketani to‗latish qoidalari va qaytarib berish usuli keladi. Murojaat va qoidalar, odatda anketaning tashqi tomoni, ya'ni muqovasiga joylashtiriladi. Keyin boshqa varaqalarga savollar joylashtiriladi. Anketa murakkab vaziyatda emas, balki oddiy savollar bilan boshlanadi. Bu savollarga faktlar, egallab turgan darajasi (lavozimi), shug‗ullanadigan ishi va o‗.q.lar kiradi. Undan keyin anketaning markaziy qismida ma'nosiga ko‗ra asosiy bo‗lgan savollar joylashtiriladi. Ular belgilangan mantiqiy izchilligi, ko‗rilayotgan dasturi nazorat savollari bilan almashinib turadi. Asosiy qismning ikkinchi bo‗lagida bir muncha murakkab va qaltis masalalar joylashtiriladi. Sotsiologik tadqiqot praktikasining ko‗rsatishicha, anketa savollariiing katta qismini to‗ldirgach, respondent ishni oxiriga yetkazishga psixologik jihatdan tayyor bo‗ladi. Anketaning, so‗ngi qismida bu pasport deb ham yuritiladi, shaxsning ob'ektiv ahvoli va statusi ko‗rsatilgan savollar joy oladi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli). So‗rov o‗tkazish vaqtida sotsiolog yana tadqiqot o‗tkazishning texnikasini aniqlaydi; tarqatiladigan, matbuot orqali, pochta orqali, telefon orqali. Shuni aytish mumkinki, tarqatiladigan so‗rov boshqa so‗rovlarga nisbatan birmuncha effektivdir, bunda sotsiolog guruhga kelib, anketani tarqatadi va birmuncha vaqtdan keyin uni yig‗ib oladi. Bunda respondentlarni 100% so‗rovga jalb etish mumkinligi kutiladi, matbuot yo‗li bilan o‗tkaziladigan so‗rovda, anketani yig‗ib olish 5% tashkil etishi mumkin. So‗rov o‗tkazishda «neytral xudud» tanlanadi, ya'ni rahbar xodimning kabineti emas, intervyu iloji boricha bir xil yondashish turli jinsdagi kishilar orasida do‗stona, xotirjamlik, yaxshi kayfiyat bilan o‗tkazilishi kerak. Tadqiqotni xoxlovchilar orasida emas, tanlab olinganlar orasida o‗tkazish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling