Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy sotsiologiya
3. SOTSIOLOGIK MONITORING
1. Monitoring tushunchasi 1. Sotsiologik monitoring tushunchasi. 2. Monitoring tadqiqotlarni holati va ishlanganlik darajasi. 3. Oliy va o‗rta - maxsus ta'lim monitoring tizimining umumiy masalalari. Bozor iqtisodiyotiga avvolroq o‗tgan industrial rivojlangan davlatlarda inson omillariga katta e'tibor beriladi. Davlat, tadbirkorlar, va aholini keng qatlami insonga ajratiladigan investitsiya kapitalni eng ko‗p foyda va samara berish yo‗lidir. Buni AQSh, Kanada. Buyuk Britaniya, GFR, Singapur, Yaponiya, Tayvanda o‗tkazilgan ko‗pgina sotsiologik tadqiqotlar tasdiqlaydi. Bu tadqiqotlarda avvolo insonga ajratiladigan investitsiyalarni iqtisodiy samarasiga ko‘proq e'tibor beriladi, chunki inson omili nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy madani, umumbashariy ahamiyatga egadir zamon talablarida inson beosferaviy jarayonlarda qatnashib koinot qariga tobora chuquroq kirib borib, koinot mashtabidagi omilga aylanadi. Inson kelajakka nafaqat o‗ziga balki butun Yerdagi hayot uchun javobgardir shuning uchun inson tabiyatini ma'naviyatini hayotiy qiymatini o‗zgarishidan sayyoramizni keyingi evolyutsion hayotiga ta'siri bor. Inson barcha iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy biosferik jarayonlarni boshida turadi u moddiy va intelektual xizmatlarni bajaruvchisi va iste‘molchisidir. Insoni ta'sirini sifati va miqdorini o‘sishi uni talabini hayot darajasini ma'naviyati, ijtimoiy va huquqiy o‗rni, dinamika va ijtimoiy jarayonlarni fundamental tadqiq etish inson finomeniga diqqatni adikvat o‗sishini talab qiladi. Inson ma'naviyatini shakllanishi va rivojlanishi bazasi-bu bilish shuning uchun jamiyat intelektual patensialini takomilashtiruvuchi bilim maskanlarini rivojlantirish zamoni dolzarb masalasi hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida insoni bilimi va qobiliyati raqobotbardoshlikni 166 iqtisodiy o‗sishni, mehnat unumdorligini va samarali boshqarishni asosiy omilidir. Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari yuqori texnologiya va inson kapitali yordamida qisqa muddat ichida yuksak iqtisodiy o‗sishga erishdilar. Shuning uchun yosh mutaqil O‗zbekistonda iqtisodiy islohatlarni tez ijro etilishi va ta'lim tizimi rivojlanishiga va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida diqqat qilinishini talab qiladi. Bu talab yuksak intelektual potensialga ega inson o‗zgaruvchan bozor iqtisodiyotiga tezroq moslasha olgani uchun yanada dolzarbdir. Mutaxassisni tayyorlash va ta'lim berishning samarasini oshirish iqtisodiy, texnologik ijtimoiy huquqiy omillar majmuasini talab qiladi. Ko‗p yillik tadqiqotlarni ko‗rsatishicha, bosh omillardan biri ijtimoiy omildir. Bu omillar sotsiologiya fanini maxsus qismi tomonidan o‗rganilib, «ta'lim sotsiologiyasi » deb nomlanadi. Hozirgi vaqtda ta'lim sotsiologiyasi O‗zbekistonda bu sohadagi ijtimoiy masalalarni uslubiy asosini shakillnishi bosqichidir. Ijtimoiy jarayonlar boshqaruvini mukammallashuvi hozirgi sharoitlarda ta'lim tizim axborotlarni qayta ishlab tahlil qilib, yig‗ish tizimini ya'ni «sotsiologik monitoring» ni yaratishni talab qiladi. Bu tizim prfoessor - muallimlik tarkibini, talaba yoshlar, hisoblash matematikasini, zamonaviy hisoblash texnikasini va ijtimoiy masalalarni hal qila olish imkoniyatini hisobga olgan holda yaratiladi. Monitoring – bu sotsiologik tadqiqotlarni o‗tkazish sotsiologik jarayonlar haqidagi axborotlarni doimiy foydalanishini ta'minlovchi tizimdir. Sotsiologik amalyotga bu tushuncha ekologiyadan kirib keldi. Ekologik tadqiqotlarda u atrof- muhitni uzluksiz nazorat qilishni bildiradi. Sotsiologik monitoring boshqaruv jarayonini sotsiologik ta'minotini sezilarli yaxshilaydi. Sotsiologik tadqiqotlar uyushtirilganda odatda ijtimoiy muhit holatini aks ettiruvchi zarurroq ko‗rsatkichlar aniqlanadi. So‗ngra takroriy tadqiqotlar usuli bilan me'yoriy va asosiy ko‗rsatkichlardan foydalanilgan holda uzluksiz ravishda dinamikada axborotni yig‗ib tahlil qilishni ta'minlaydigan sotsiologik o‗lchovlar olib boriladi. Tadqiq qilinayotgan tashkilotni bu xos ko‗rinishi nafaqat jamiyatni va kuzatilayotgan ob'ektni turli hayotda oliy axborot olishni yana jamiyat jarayonlari munosabatlarini va qonuniyatlarini ochib ham beradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling