Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo
ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA ’ LIM VAZIRLIGI
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- OO‘Yu va O‘MM Vazirligi tizimidagi sotsial monitoring axborot aloqalari
ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA ’ LIM VAZIRLIGI
Rektorlar Fuksional ta‘minot Kafedralar Vazirlar Маhkамаsi Оliy va o‘rta махsus Sotiologik markazi SОSIАL МОNITORING Оliy o‘quv yurti va O‘rta махsus o‘quv yurti Sotiologik guruhi Хоdimlаr bo‘limi Tехniк vа ма‘мuriy tа‘minot Lаbоrаtо- riyalаr Viloyat hokimyati 171 OO‘Yu va O‘MM Vazirligi tizimidagi sotsial monitoring axborot aloqalari XULOSA Sotsiologiya kursi bo‗yicha bayon qilingan ma'lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 1) Jamiyatda yashab turib, uni bilmaslik — bu katta yo‗lga tushib olib istagan makonini qidirib topolmaslikdir. Ammo jamiyat inson hayotida va faoliyatida o‗rganishi va ilmiy bilishi lozim bo‗lgan eng murakkab og‗ir bo‗lgan ob'ektdir. Jamiyatshunoslik, jumladan sotsiologiya fani tabiatshunoslik fanlaridan ancha orqada qolmoqda. Lekin jamiyat faoliyati va taraqqiyoti, boshqaruv mexanizmlari, sotsial progressning istiqbollari haqidagi qonunlar tan olinishi va ularni bilish talab etiladi. XXI asriing eng asosiy vazifasi jamiyat taraqqiyotini chuqurroq o‗rganib, uning ochilmagan qonunlarini ochish va inson taraqqiyotini muqobil tarzda olib borishni taqozo qiladi. Insonlarni dunyo taraqqiyotiga mos ravishda tarbiyalashda, inson tafakkurini ilmiy asosda va millim ruhda shakllaiishida va nihoyat jamiyat taraqqiyotining optimallashuvida sotsiologiya fanining o‗rni beqiyosdir va u hozirgi zamon jamiyatshunosligida yetakchi rol o‗ynaydi. Prezident devoni OO‘Yu va OMM vazirligi Oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari insituti Vazirlar Maxkamasi O‘MMYu lari OO‘Yu Vazirligi Sotiologik tadqiqotlar markazi ОO‘Yu lari Хududiy muxbirlik punktlari 172 Sotsiologik fikrlar ming yillar ilgari ma'lum bo‗lsa ham, u fan sifatida tan olinganligiga yuz ellik yildan oshdi. Shu qisqa vaqt ichida bu fan insonlarning o‗z-o‗zini bilish, jamiyat taraqqiyotining yangi modelini yaratishda o‗zining salmoqli hissasini qo‗shdi. Jamiyat bugun sotsiologiya yordamida o‗z-o‗zini yo‗naltirish va o‗z-o‗ziii taraqqiy ettirish imkoniyatiga ega bo‗lmoqda. U o‗z tarixi mobaynida har xil va qarama- qarshi dunyoqarashlarni ham talqin qildi. Plyuralizm va dunyoqarashlar o‗rtasidagi qarashlarni tahlil va talqin qilish hozirgi zamon sotsiologiyasining asosiy jihatlaridandir. Sotsiologiyaning bu jihatlari fandagi bitmas tuganmas manbai bo‗lib, fan ular orqali, boyidi va taraqqiy etib boradi. Agar umumsotsiologik nazariyalar majmuasini yaratish mumkin bo‗lsa, u holda hozirgacha yaratilgan konsepsiyalar, maktablar bunga asos bo‗la oladi. Sotsiologiyaning diqqat markazida shaxsiing o‗zaro ta'sir muammolari, sotsial guruhlap bir butun jamiyat yotadi. Aytish lozimki, bu muammolar sotsiologiyaning asosiy vazifalarini tashkil etadi. Ularning o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rganish, ularning o‗zaro ta'sirini foydali, ya'ni garmonik asosda tashkil etish sotsiologiyaning xizmati va mahsuli hisoblanadi. Shaxsni, ya'ni oila a'zolarini takomillashtirmasdan turib, jamiyatni takomillashtirib bo‗lmaydi. Inson ikki xil: aqlli va hayvonsifat bo‗ladi. Aqlli odamda ijtimoiy mohiyat birinchi o‗ringa chiqsa, undan oliyjanob, sahovatli, odob-ahloqli va yuqori ma'naviyatln inson chiqadi. Bu odam ijtimoiylashgan inson sifatlarini o‗zida mujassamlashtirib, tarixan tarkib topgan eng ezgu munosabatlarning timsoliga aylanadi, muayyan jamiyat jamoa tomonidan qabul qilingan ko‗pchilik e'tirof etgan odob- ahloq va huquq maqomlari doirasidagina faoliyat yo‗nalishini belgilaydi. Aqlli odam (shaxs) zotida ijtimoiy mohiyatini birinchi o‗ringa chiqishida u yashab, faoliyat ko‗rsatayotgan jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, mafkuraviy va boshqa munosabatlar hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Bu munosabatlar birgalikda insonni muayyan shaxs sifatida shaklnanishi uchun sharoit bo‗lsa, unda aqlli odam ko‗rinishida biologik mohiyatni yuzaga qalqib chiqishi imkoniyati yuksaladi. a) Ijtimoiy ahamiyat birinchi o‗ringa chiqib olishi uchun, aqlli Odam (shaxs) ning o‗ziga bog‗liq, jihatlari ham ko‗p nutq tili va murakkab tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‗lgan bu shaxsning olamni, ayniqsa o‗z- o‗zini anglashda dunyoga qarashning tarkib topgan muayyan sistemasi katta rol o‗ynaydi. Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai nazaridan ifodalangan g‗oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari aqlli 173 Odam (shaxs) ishonchiga aylansa qadirlanadi, e'zozlanadi. Aqlli Odam (shaxs)ni shakllanishi aqlli va adolatli jamiyatni shakllanishiga olib keladi. Bu vazifani bajarishda sotsiologiya va sotsiologlarning o‗rni beqiyosdir. 4)Sotsiologik tadqiqotlarni olib borishda nazariya bilan amaliyotni o‗zaro chambarchas bog‗liqligini ta'minlash muhim omillardan hisoblanadn. Shu bilan muammoni amaliy jihatdan to‗g‗ri tadqiq qilish uchun haqiqiy hayot bilan bog‗likligini ta'minlashga, hayoliy va mujmal tasavvurlardan qutilishga, sotsial hayotni programmalashga va amaliy tadbir-choralarini yaratishga imkon beradi. Nazariya va amaliyot o‗rtasidagi optimal aloqa metodlarini to‗g‗ri va aniq axborotlar to‗plashni, har xil qonuniyatlarni ilmiy asosda isbot qilishni va nihoyat istiqbolni ko‗ra bilish va uzoqda mo‗ljallangan bashoratlarni aniq, bajarilishini ta'minlaydi. 5)Tarixiy va hozirgi vaqtdagi kuzatilayotgan sotsial tajribalar shuni ko‗rsatmoqdaki, bo‗layotgan ijtimoiy portlashlar va krizislar, anomal holatlar jamiyat taraqqiyotining yo‗lini tanlashda jamiyatshunoslik va ayniqsa sotsiologiya fanlariga tayanmasdan shu tuzilishning, qaror qabul qilishning va boshqarishning oqibatidir. Sotsial siyosat va sotsial amaliyotga va ular tomonidan yaralgan ilmiy chora-tadbirlarga amal qilmaslik jamiyatni og‗ir ahvolda qoldirishni isbot talab qilmaydigan jarayonidir. Bunga dunyo miqyosida misollar juda ko‗p. Krizislardan qutulishlikning va rivojlanishning asosiy yo‗li jamiyatshunoslikni, jumladan sotsiologiyani takomillashtirish, uni siyosat va amaliyot hayot bilan bog‗lashdir. Ushbu kitobdan maqsad ham, kitobxonlarga shu muammolarni o‗rgatish, hamda yechishda ularni safarbar qilishdan iboratdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling