Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo
Oliy va o‘rta – maxsus ta'lim monitoringi tizimini umumiy
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy sotsiologiya
3. Oliy va o‘rta – maxsus ta'lim monitoringi tizimini umumiy
masalalari. Oliy va o‗rta maxsus ta'lim manitoringi tizimini umumiy masalalarini tizim struktura va funksiyalari bilan mos ravishda aniqlanadi. Oliy ta'lim tizimi quyidagilardan iborat: 168 1. Oliy o‗quv yurtlari – insituttlar va universitetlar; 2. Malakani oshirish institutlari va fakultetlari; 3. O‗rta maxsus o‗quv yurtlari; 4. Ilmiy tadqiqot institutlari; 5. Oliy va o‗rta maxsus ta'limni respublikasi va mintaqaviy bo‗limlari; Oliy va o‗rta maxsus ta'limi qo‗yidagi funksiyalarni bajaruvchi monitoring tizimini o‗z ichiga oladi: 1. Malakali xodimlar bilan ijtimoiy talabni qondirish; 2. Shaxsni tarbiyalash, insonni mustaqil faoliyatga tayyorlash; 3. liy ta'lim alohida sotsial qatlam hosil qilib, jamiyatda malakali mutaxassislarni yuzaga keltiradi; 4. Oliy ta'lim kasbiy bandlikdan farqli ravishda alohida qiymat aks ettiradi. Oliy ta'lim o‗ziga mos o‗rin tanlashda, sotsial maqsadlarga yetishish shartlarini bajaradi; 5. Oliy ta'lim shaharlarda kadrlar salohiyatin kuchaytirishga yordam beradi; 6. Oliy demografik jarayonlarga ya'ni nikoh, tug‗ilish, turg‗unlik va boshqalarga o‗z ta'sirini ko‗rsatadi; 7. Jamiyatning intellektual potensialini ishlab chiqarishga qo‗llash funksiyasi. Oliy ta'lim tizimi bilim darajasi va o‗rganishga ilmiy faoliyatga intilishni va ta'lim imkoniyatlarini kengayishni rag‗batlantirish; 8. Iqtisodiy o‗sishni va mehnat unumdorligini rag‗batlantirishni, tez iqtisodiy o‗sishni ta'minlaydigan, zamonaviy-milliy texnologiyani yaratishni. Oliy va o‗rta maxsus ta'lim monitoringi tizimini umumiy masalalari monitoring funksiyalarini samarali darajasini nazorat qilishdir. Bunda asosiy e'tiborni fond bilan ta'minlash, texnik va moddiy qurollari ehtiyojini ta'minlash, o‗quv jarayonlarini samaraliligi va uslubiy-ilmiy adabiyot bilan ta'minlanish darajasiga qaratish kerak. 1995-1996 yillarda «Sotsiologik tadqiqotlar markazi» tomonidan professor-o‗qituvchilar va talabalarni ijtimoiy xolati tadqiq etildi. Bu tadqiqot o‗qitish, professor-o‗qituvchilar va talabalarni ijtimoiy xolatiga bog‗liq ekanligini ko‗rsatdi. Shuning uchun monitar tadqiqotlarni birinchi bosqichi sifatida professor-o‗qituvchilar va talabalarni ijtimoiy xolatini dinamikasini nazorati tanlandi. Maxsus tayyorlangan dasturlar asosida mamlakatni yirik oliy o‗quv yurtlarida aniq sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazildi. 169 Olingan ma'lumotlar EHMda qayta ishlanib, taxlil qilnidi va oliy o‗quv yurtlari vazirligi ilmiy Hay'atiga 1996 yil may oyida taqdim qilindi. Ilmiy Hay'at tomonidan ba'zi e'tirozlar bilan ma'qullandi. Ilmiy hisobot O‗xzbekiston Respublikasi Davlat Fan Texnika Qo‗mitasiga ham taqdim qilindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling