Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


 §. Atmosfera havosi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/30
Sana13.09.2020
Hajmi1.73 Mb.
#129581
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
ekologiya huquqi


3 §. Atmosfera havosi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 
javobgarlik 
 
Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  to`g`risidagi  qonun  hujjatlarini 
buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda ma'muriy, jinoiy, fuqarolik huquqiy 
va intizomiy javobgarlikka tortiladilar. 
Ekologiya  sohasidagi  huquqbuzarliklar  uchun  ma'muriy  javobgarlik 
O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 85-
89
1
  va  125-moddalarida  belgilangan.  Mazkur  Kodeks  quyidagi  huquqbuzarliklar 
uchun  ma'muriy  javobgarlikni  belgilaydi:  ifloslantiruvchi  modda  va  biologik 
organizmlarni  atmosfera  havosiga  chiqarib  tashlash,  unga  zararli  fizikaviy  ta'sir 
ko`rsatish  yoki atmosfera havosini  istyemol qilish  qoidalarini buzish  (85-modda); 
atmosferaga  chiqariladigan  zararli  moddalarni  tozalash  inshootlaridan  hamda 
zararli  moddalar  miqdori  va  tarkibini  nazorat  qiluvchi  vositalardan  foydalanish 
qoidalarini  buzish  yoki  ulardan  foydalanmaslik  (86-modda);  chiqindilarida 
ifloslantiruvchi  moddalar  normativdan  ortiq  bo`lgan,  shuningdek  ishlab  turgan 
vaqtida  shovqin  darajasi  normativdan  ortiq  bo`lgan  transport  va  boshqa 
harakatlanuvchi  vositalar  va  qurilmalarni  tayyorlash,  foydalanishga  chiqarish 
hamda  foydalanish  (87,  125-moddalar);  qurilish  va  boshqa  ishlarni  bajarish 
chog`ida  yoqilg`i  moddalar  va  binokorlik  materiallarini  to`plash  va  yoqish 
chog`ida  atmosfera  havosini  muhofaza  etish  talablariga  rioya  etmaslik,  bitum 
eritishda  maxsus  qurilmadan  foydalanmaslik  (88-modda);  o`simliklarni  himoya 
qilish  vositasi  va  boshqa  dorilarni  tashish,  saqlash  va  qo`llash  qoidalarini  buzish 
oqibatida atmosfera havosini ifloslantirish xavfini tug`dirish yoki ifloslantirish (89-
modda);  ishlatish  taqiqlangan  va  ishga  yaroqsiz  bo`lib  qolgan  kimyoviy 
moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish (89
1
-modda). 
Ma'muriy  javobgarlik  to`g`risidagi  kodeksning  85,  86,  87-moddasi  1-qismi 
va  89
1
-moddada
 
ko`zda  tutilgan  huquqbuzarliklarning  subyektlari  bo`lib 
mansabdor shaxslar hisoblanadilar. Ushbu kodeksning 87-moddasi 2-qismi, 88 va 
89-moddalarida 
ko`zda 
tutilgan 
huquqbuzarliklarning 
subyektlari 
bo`lib 
mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar,  125-moddaning  uchinchi  qismida  nazarda 
tutilgan huquqbuzarliklarning subyekti esa faqat fuqarolar hisoblanadi. 

Atmosfera havosiga zararli moddalar va biologik organizmlarni chiqarish va 
unga  zararli  fizikaviy  ta'sir  ko`rsatishning  belgilangan  tartibi  ko`rsatib  o`tilgan 
huquqbuzarliklarning obyekti hisoblanadi. 
Mazkur  moddalarda  ko`zda  tutilgan  huquqbuzarliklar  qasddan  yoki 
ehtiyotsizlik  orqasidan  qilingan  harakat  yoki  harakatsizliklar  bilan  sodir  etilishi 
mumkin. 
Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  to`g`risidagi  qonun  hujjatlarini 
buzganlik  uchun  ma'muriy  javobgarlik  choralari  atmosfera  havosini  zararli 
moddalar va biologik organizmlar bilan ifloslantirish bo`yicha Tabiatni muhofaza 
qilish  davlat  qo`mitasining  mansabdor  shaxslari,  atmosfera  havosiga  zararli 
fizikaviy  ta'sir  ko`rsatish  bo`yicha  esa  Sog`liqni  saqlash  vazirligini  sanitar-
epidemiologik  xizmatining  mansabdor  shaxslari,  avtotransportdan  foydalanish 
jarayonida  atmosfera  havosiga  zararli  ta'sir  ko`rsatish  bo`yicha  Ichki  ishlar 
vazirligining davlat avtomobil nazorati mansabdor shaxslari qo`llashga haqlidirlar. 
Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  qoidalarini  qo`pol  ravishda  buzilishi 
natijasida  og`ir  oqibatlar  vujudga  kelsa,  O`zbekiston  Respublikasining  Jinoyat 
kodeksining 193-196, 201-moddalarida ko`zda tutilgan jinoiy javobgarlik choralari 
qo`llaniladi.  Mazkur  kodeks  quyidagi  xatti-harakatlar  uchun  jinoiy  javobgarlikni 
belgilaydi: Sanoat, energetika va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, ishga 
tushirishda  ekologik  xavfsizlikka  oid  norma  va  talablarni  buzish  (193-modda); 
atrof  tabiiy  muhitning  radiatsion,  kimyoviy  va  bakteriyaviy  ifloslantirganlik 
to`g`risidagi  ma'lumotlarni  qasddan  yashirish  yoki  buzib  ko`rsatish  (194-modda); 
ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash 
choralarini  ko`rishdan  bo`yin  tovlash  yoki  bunday  ishlarni  yetarli  darajada 
bajarmaslik  (195-modda);  atmosfera  havosini  ifloslantirish  (196-modda);  zararli 
kimyoviy moddalar bilan muomalada bo`lish qoidalarini buzish (201-modda). 
Ushbu  huquqbuzarliklarni  jinoyat  deb  topish  uchun  mazkur  moddalarda 
ko`zda  tutilgan  og`ir  oqibatlar  vujudga  kelishi  lozim.  Insonning  o`limi, 
odamlarning  ommaviy  ravishda  kasallanishi,  ekologiyaga  salbiy  ta'sir  qiladigan 
darajada  atrof  muhitning  o`zgarib  ketishi,  hayvonlarning  qirilib  ketishi  yoki 
boshqacha  og`ir  oqibatlar  jinoyat  deb  topish  uchun  asos  bo`ladi.  O`zbekiston 
Respublikasining  Jinoyat  kodeksi  boshqa  og`ir  oqibatlarni  yoritmaganligi  sababli 
har bir holatda  mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib aniqlanishi lozim. 
O`zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksini  193,  195-moddalarida 
ko`zda  tutilgan  jinoyatning  subyekti  mansabdor  shaxslar,  194-moddada  ko`zda 
tutilgan  jinoyatning  subyekti  maxsus  vakolatga  ega  mansabdor  shaxs,  196,  201-
moddalarida  ko`zda  tutilgan  jinoyatning  subyekti  fuqaro  va  mansabdor  shaxslar 
hisoblanadi. 
Mazkur  jinoyatlar  qasddan  yoki  ehtiyotsizlik  oqibatida  qilingan  harakat 
yoxud  harakatsizliklar  bilan  sodir  etilishi  mumkin.  Masalan,  O`zbekiston 
Respublikasining  Jinoyat  kodeksini  194-moddasida  belgilangan  jinoyat  faqat 
qasddan sodir etilishi mumkin. 
Atmosfera  to`g`risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun  intizomiy 
javobgarlik korxona, tashkilot va muassasa bilan mehnat munosabatlarida bo`lgan 
shaxslarga  nisbatan  qo`llaniladi.  Intizomiy  jazo  chorasini  qo`llash  uchun 

xodimlarga  atmosfera  havosining  muhofaza  etish  vazifalari  yuklatilgan  bo`lishi 
lozim.  Ushbu  vazifalar  mehnat  shartnomasida  yoki  mehnat  majburiyatlarini 
taqsimlovchi  boshqa  hujjatda,  masalan  mansab  yo`riqnomasida  o`z  aksini  topishi 
lozim.  Xodimga  yuklatilgan  ushbu  majburiyatlarni  bajarmasligi  unga  intizomiy 
javobgarlikni  qo`llashga  asos  bo`ladi,  masalan,  atmosferaga  zararli  moddalar 
chiqarish hisobini noto`g`ri yuritganligi uchun unga intizomiy javobgarlik chorasi 
qo`llanilishi mumkin. 
O`zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksini  181-moddasiga  muvofiq, 
mehnat  intizomini  buzganlik  uchun  quyidagi  jazo  choralari  qo`llaniladi:  xayfsan; 
o`rtacha oylik ish haqining o`ttiz foizidan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima; ichki 
mehnat tartibi qoidalarida ko`rsatilgan holatlarda, o`rtacha oylik ish haqining ellik 
foizidan  ortiq  bo`lmagan  miqdorida  jarima  solish  va  mehnat  shartnomasini  bekor 
qilish.  
O`zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksi  180-moddasining  to`rtinchi 
qismida nazarda tutilgan qoidaga muvofiq intizomiy jazo amal qilib turgan muddat 
mobaynida xodimga nisbatan rag`batlantirish choralari qo`llanilmaydi. 
Intizomiy  jazo  choralari  korxona,  tashkilot,  muassasa  rahbari  yoki  ustavda 
belgilangan  boshqa  shaxs  yoxud  organ  (mulkdor,  kollegial  organ)  tomonidan 
O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini 182-moddasiga muvofiq nojo`ya 
xatti-harakat aniqlangandan keyin bir oy muddatda qo`llanilishi mumkin. 
Intizomiy  jazo  chorasi  berilganligi  to`g`risidagi  buyruq  (farmoyish)  yoki 
qaror  xodimga  ma'lum  qilinib,  tilxat  olinadi.  Intizomiy  jazo  chorasi  berilganligi 
to`g`risidagi  qaror  ustidan  O`zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksini  184-
moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 
Atmosfera  havosiga  nisbatan  ekologik  talablar  buzilishi  oqibatida 
yetkazilgan zarar aybdor shaxsdan undiriladi. Agar zarar yetkazuvchi yuridik shaxs 
bo`lsa,  u  zararni  qoplash  majburiyati  bilan  birga,  ushbu  zarar  yetkazilishiga 
bevosita  aybdor  xodimni  moddiy  javobgarlikka  tortish  huquqiga  ega  bo`ladi. 
Xodimni  moddiy  javobgarlikka tortish tartibi va shartlari  mehnat  qonun hujjatlari 
bilan belgilanadi. 
Moddiy  javobgarlikning  vujudga  kelishi  uchun  quyidagi  shart-sharoitlar 
mavjud  bo`lishi  lozim:  xodimning  noqonuniy  xatti-harakati,  ya'ni  o`z 
majburiyatlarini  bajarmaganligi  yoki  lozim  darajada  bajarmaganligi  oqibatida 
korxona,  tashkilot,  muassasaga  haqiqiy  zarar  yetkazilgan  bo`lishi  lozim; 
xodimning harakat yoki harakatsizligi aybli bo`lishi kerak, xodimning harakat yoki 
harakatsizligi  va  kelib  chiqkan  oqibatlar,  ya'ni  zarar  yetkazilishi  bilan  sababiy 
bog`lanish bo`lishi lozim. 
Aksariyat hollarda moddiy javobgarlikning miqdori qonun bilan cheklangan, 
masalan,  O`zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksini  201-moddasiga 
muvofiq, agar mazkur kodeksda boshqacha holat nazarda tutilgan bo`lmasa, xodim 
yetkazilgan zarar uchun o`zining o`rtacha oylik ish haqi miqdori doirasida moddiy 
javobgar  bo`ladi.  Agar  xodim  ekologik  talablarni  buzib  qasddan  zarar  yetkazgan 
bo`lsa yoki alkogolli ichimlik, giyohvandlik yoxud toksik  modda ta'sirida mastlik 
holatida  zarar  yetkazgan  taqdirda,  hamda  qonunlarda,  shuningdek  Hukumat 

qarorlarida nazarda tutilgan hollarda yetkazilgan zarar uchun xodim to`liq moddiy 
javobgarlikka tortiladi (Mehnat kodeksining 202-moddasi).  
Xodim  tomonidan  zararni  ixtiyoriy  ravishda  to`lash  yoki  uni  majburiy 
undirish  tartibi  O`zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksini  206  va  207-
moddalarida  o`z  aksini  topgan.  Korxona,  tashkilot  va  muassasa  rahbarining  zarar 
undirish to`g`risidagi qarori zarar yetkazilganligi aniqlangan kundan boshlab bir oy 
ichida chiqarilishi lozim. Zararning miqdori xodimning o`rtacha oylik ish haqidan 
ortiq  bo`lmasa,  korxona,  tashkilot  va  muassasa  rahbarining  qaroriga  binoan 
undiriladi,  agar  zarar  miqdori  xodimning  o`rtacha  oylik  ish  haqidan  ortiq  bo`lsa, 
yoki  zarar  aniqlangan  kundan  keyin  bir  oylik  muddat  o`tgan  bo`lsa,  zarar  sud 
tartibida undiriladi.  
Korxona,  tashkilot  va  muassasaning  mol-mulkiga  yetkazilgan  zararni 
undirish haqidagi qaror ustidan sud shikoyat qilinishi mumkin. 
Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  talablariga  rioya  etilmagan  taqdirda, 
ekologik va iqtisodiy zarar yetkazilishi mumkin. 
Iqtisodiy  zarar  atmosfera  havosining  ifloslanishi  oqibatida  tabiiy 
obyektlarning  nobud  bo`lishi,  buzilishi,  yo`q  bo`lib  yoki  kamayib  ketishi  hamda 
tabiiy  resurslardan    foydalanuvchilarning  xo`jalik  manfaatlariga  ziyon 
yetkazilishida  namoyon  bo`ladi.  Masalan,  o`simlik  va  hayvonot  dunyosining 
nobud  bo`lishi,  suvlarning,  tuproqning  zararli  kimyoviy  va  radioaktiv  moddalar 
bilan  ifloslanishi  oqibatida  suv  hamda  tuproqning  foydalanishga  yaroqsiz  bo`lib 
qolishi  mumkin,  yoxud  suvlar  va  tuproqning  holatini  tiklash  uchun  yuridik  va 
jismoniy shaxslar tomonidan qo`shimcha sarf xarajatlar qilishga majbur bo`ladilar. 
Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  qoidalarini  buzish  oqibatida  ekologik 
zarar tabiiy sharoit yomonlashuvi, tabiiy obyektarning son va  sifat jihatdan salbiy 
o`zgarishlari  orqali  namoyon  bo`lib,  insonning  toza,  sog`lom  va  qulay  tabiiy 
muhitga bo`lgan huquqi buziladi.  
Qonun  hujjatlarida  atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  maqsadida  unga 
zararli  ta'sir  ko`rsatishning  yo`l  qo`yiladigan  doiralari  (chegaralari)  belgilanadi. 
Atmosfera  havosiga  chiqariladigan  zararli  moddalar  va  biologik  organizmlarni 
chiqarishning  hamda  unga  fizikaviy  omillar  zararli  ta'sir  ko`rsatishining  yo`l 
qo`yiladigan  normativlari  orqali  havoning  insonga  va  tabiiy  muhitga  zarar 
ko`rsatmaydigan  sifati  ta'minlanadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  atmosfera 
havosiga  faqat  noqonuniy,  ya'ni  belgilangan  normativlarga  rioya  etmaganlik 
oqibatida yetkazilgan zarar undirilishi mumkin. 
O`zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksini  985-moddasi, 
“Tabiatni 
muhofaza  qilish  to`g`risida
”gi  Qonunning  49-modasi  va  “Atmosfera  havosini 
muhofaza  qilish  to`g`risida
”gi  Qonunning  29-moddasiga  muvofiq,  yetkazilgan 
zarar yetkazgan shaxs tomonidan to`liq hajmda qoplanishi lozim.  
Atmosfera havosiga fuqarolik-huquqiy huquqbuzarligi sodir etilishi oqibatda 
zarar yetkaziladi. Ushbu zararning tarkibiga quyidagilar kiradi: haqiqiy yetkazilgan 
zarar,  ekologik  zararning  oqibatlarini  bartaraf  etishga  qaratilgan    harajatlar    va 
olinmagan daromadlar.  
Haqiqiy  yetkazilgan  zararga  nobud  bo`lgan  o`simlik  va  hayvonot 
dunyosining,  qishloq  xo`jaligi  ekinlarining  qiymati  kiradi.  Tabiiy  obyektlarni 

tiklash,  ifloslangan  suvlarni,  tuproq  va  havoni  tozalashga  ketgan  harajatlar 
ekologik zarar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan majburiy harajatlarni tashkil 
etadi.  Olinmagan  daromadga  shu  tabiiy  obyektning  foydalanishdan  kelib  tushishi 
lozim  bo`lgan,  ammo  uning  nobud  bo`lishi  yoki  yomonlashuvi  oqibatida 
olinmagan,  yoxud  olish  imkoniyati    yo`qolgan  daromad,  masalan,  tuprog`i 
kimyoviy,  radiaktiv  moddalar  bilan  ifloslangan  yer  maydonidan  tushadigan 
daromad hisoblanadi.    
Atmosfera  havosiga  yetkazilgan  zararni  qoplash  ixtiyoriy  yoki  majburiy 
bo`lishi mumkin. Uni majburiy undirish Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi 
va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish va uni muhofaza etishni tashkil qiluvchi 
davlat  organlarining,  manfaatdor  boshqa  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 
da'vosiga  asosan,  tegishlicha  sud  yoki  xo`jalik  sudining  qaroriga  asosan  amalga 
oshiriladi. 
Yuqorida  qayd  etilgan  javobgarlik  jazo  choralaridan  tashqari  O`zbekiston 
Respublikasining 
“Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  to`g`risida”gi  qonuning 
13-moddasida  maxsus  choralar  belgilangan.    Atmosferaga  ifloslantiruvchi 
moddalar, biologik organizmlar chiqarish, unga fizikaviy omillarning zararli ta'sir 
ko`rsatishi  hamda  atmosfera  havosidan  foydalanishga  doir  ruxsatnomalarda 
nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bog`liq faoliyat mahalliy davlat 
hokimiyati  organlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 
qo`mitasi,  Sog`liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  ularning  vakolat  doirasi  qabul 
qilgan  qaroriga  ko`ra  cheklanishi,  to`xtatib  qo`yilishi,  zararli  ta'sir  ko`rsatish 
sabablarini  bartaraf  etish  mumkin  bo`lmagan  taqdirda  esa  -  tugatilishi  mumkin. 
Ushbu  choralar  sanksiya  xarakteriga  ega,  chunki  belgilangan  talablarni  buzilishi 
bilan bog`liq, va ular ekologik huquqiy javobgarlik choralaridir.  
 
 
XV-BOB. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY 
HUDUDLARNING HUQUQIY HOLATI. 
 
1§. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining 
tushunchasi va xususiyatlari. 
 
 
Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o`zaro ta'siri muammolari tobora katta 
ahamiyatga  ega  bo`lmoqda  va  hozirgi,  shuningdek  kelgusi  avlodlarning 
faravonligi,  umuman  jahon  sivilizatsiyasining  taqdiri  ekologik  muammolarning 
ijobiy hal etilishiga ko`proq bog`liq bo`lib qolmoqda. 
 
Ilmiy-texnika  rivojlangan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  keskin  o`zgarib 
borayotgan  atrof  muhit,  ekologik  muammolarni  keltirib  chiqarmoqda,  inson  uni 
hayotiga,  turmush-tarziga,  hamda  genetik  fondi  va  irsiyatiga  salbiy  ta'sir 
ko`rsatmoqda. Bu esa hozir yer yuzida yashab turganlarnigina emas, balki kelgusi 
avlodlar  salomatligiga,  ayniqsa  yer,  suv,  atmosfera  havosi,  yer  osti  boyliklari, 
hayvonot va o`simliklar dunyosi, tabiat va tarixiy yodgorliklarning tabiiy holatiga 
ham salbiy ta'sir qilmoqda. 

 
Mazkur  masalaga, O`zbekiston  Respublikasi dastlab  mustaqillikka  erishgan 
paytidan boshlab e'tibor berdi va birinchilar qatorida 1993 yil 7 mayda O`zbekiston 
Respublikasining  "Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to`g`risida"gi 
qonunini qabul qildi. 
 
Mazkur qonun hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko`zlab noyob hamda 
ekologik,  iqtisodiy,  ilmiy,  madaniy,  sanitariya-sog`lomlashtirish,  estetik  nuqtai 
nazardan milliy boylik va umumxalq mulki bo`lmish qimmatli tabiiy majmuilarni 
muhofaza  etishning  umumiy,  huquqiy,  ekologik,  iqtisodiy  va  tashkiliy  asoslarini 
belgilab berdi. 
 
O`zbekiston Respublikasida o`simliklar va hayvonot dunyosini hamda davlat 
milliy  tabiat  bog`lari,  davlat  tabiat  va  tarixiy  yodgorliklarini  saqlab  qolish  ularni 
sonini  ko`paytirish  inson  hayotini  ekologik  normal  saqlashga  tabiat  bilan  jamiyat 
va inson o`rtasidagi ma'lum mutanosiblikni saqlashga katta yordam beradi.  
 
Hozirgi  paytda  respublikamizda  qo`riqlanadigan  yerlarning  umumiy 
maydoni  2  million  gektardan  ortiq,  alohida  qo`riqlanadigan  11  tabiiy  hududiy 
obyekt, jumladan 9 qo`riqxona, 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud. 
 
Demak ana shuncha o`xshash alohida muhofaza etiladigan va boshqa tabiiy 
hududlar huquqiy muhofaza qilinmog`i lozim. 
 
Shuni  ta'kidlash  joizki,  respublikamizdagi  barcha  alohida  muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar qonun bilan muhofaza  qilishmog`i va huquqiy tartibga 
solinishi  maqsadga muvofiqdir. 
 
O`zbekiston  Respublikasida  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni 
tashkil  etish,  ulardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  sohasidagi 
munosabatlar  ushbu  qonundan,  shuningdek  yer,  suv,  o`rmon  to`g`risidagi 
qonunlar,  yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  to`g`risidagi,  atmosfera  havosini 
muhofaza  etish  to`g`risidagi  hamda  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish 
to`g`risidagi  qonunlardan  iborat  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar 
to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlari va O`zbekiston Respublikasining 
boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
 
Qoraqalpog`iston  Respublikasida  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy 
hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi 
munosabatlar  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  qonunlari  bilan  ham  tartibga  solib 
turiladi. 
 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to`g`risidagi  O`zbekiston 
Respublikasi  qonunlarining  vazifalari  noyob  tabiiy  majmuilarni,  tabiat 
yodgorliklarini, o`simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy 
jarayonlarni  o`rganishdan  hamda  tabiiy  muhitni  kuzatish  va  tadqiq  etish 
majmuidan,  aholini  ekologiya  bobida  tarbiyalashdan,  tabiatni  muhofaza  qilish 
ahamiyatiga  moliq  hududlardan  xo`jalik  maqsadida  foydalanishni  cheklashdan 
iboratdir. 
 
"Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar"ning ta'rifi va ularni huquqiy 
maqomi  yuqorida  nomi  tilga  olingan  qonunning  3-moddasida  quyidagicha 
ko`rsatilgan. 

 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  -  bu  yerlar  va  suv  kengliklari 
(akvatoriyalar)ning  ustivor  ekologik,  ilmiy,  madaniy,  estetik,  sanitariya 
sog`lomlashtirish ahamiyati molik qismlaridir. 
 
Tabiat  rang-barangligini  saqlab  qolish,  ekologik  muvozanatni  va  biosfera 
monitoringini  saqlab  turishga,  shuningdek  shikast  yetgan  tabiiy  majmuilarni 
tiklashga 
mo`ljallangan 
yagona 
tizimni 
tashkil 
etuvchi 
O`zbekiston 
Respublikasining  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  xo`jalik 
maqsadida  foydalanishdan  to`liq  yoki  qisman,  bir  umrga  yoki  vaqtincha  tortib 
olinishi mumkin. 
 
Tabiiy  zaxiralardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilishga  doir  rejalar  va 
dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda boshqa rejalarni ishlab 
chiqishda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi. 
 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarga  qonunda  belgilab  qo`yilgan 
tartibda davlat qo`riqxonalari (shu jumladan biosfera qo`riqxonalari), davlat milliy 
bog`lari,  davlat  tabiat  yodgorliklari,  davlat  buyurtma  qo`riqxonalari  maqomi 
beriladi. 
 
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari), kurort va rekreatsiya tegralari, 
yer usti va yer osti suvlari hosil bo`ladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar, 
tog`  yonbag`irlarining  etaklari),  nodir  va  qimmatbaho  mineral  konlari,  alohida 
muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  qo`riqlanma  (oraliq)  tegralari,  baliq 
xo`jaligi  tegralari,  o`rmonlarning  taqiqlangan  mintaqalari,  tarixiy-tabiiy  va 
yodgoriy bog`lar, botanika va hayvonot bog`lari, dendrariylar hamda O`zbekiston 
Respublikasi  qonunlari  va  xalqaro  shartnomalar  bilan  belgilab  quyiladigan  tartib 
asosidagi  boshqa  hududlar  ham  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarga 
kiradi.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  mahalliy  idoralarning  qarorlari  bilan 
alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  boshqa  toifalari  ham  nazarda 
tutilishi  mumkin.  Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  tashkil  etish, 
ulardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  sohasidagi  davlat  boshqaruvini 
O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 
mahalliy idoralari amalga oshiradilar. 
 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlardan  foydalanish  va  ularni 
muhofaza  qilish  sohasidagi  davlat  nazoratini  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo`mitasi amalga oshiradi. 
 
O`zbekiston Respublikasining "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to`g`risida"gi qonunida ushbu toifa yerlariga qanday yerlar kirishi ham aniq bayon 
etilgan. 
 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  yerlari  tabiatni  muhofaza 
etish,  sog`lomlashtirish,  rekreatsiya  va  tarixiy-madaniy  ahamiyatga  molik  yerlar 
jumlasiga kiradi. 
 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarida ularning maqsad-
muddaosiga zid faoliyat taqiqlanadi. 
 
Yuqorida aytib o`tilgan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning 
tartibi  va  shartlari  ushbu  qonun  va  Yer  kodeksidagi  O`zbekiston  Respublikasi 
qonunlari bilan belgilab qo`yiladi. 

 
Davlat qo`riqxonalari, davlat milliy bog`lari yer uchun haq to`lashdan ozod 
etiladilar.  Alohida  muhofaza  etiladigan  boshqa  tabiiy  hududlar  ham  O`zbekiston 
Respublikasi  qonunlarida  belgilab  qo`yilgan  tartibda  yer  uchun  haq  to`lashdan 
ozod  etilishlari  mumkin.  Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarda  xo`jalik 
faoliyati bilan shug`ullanilgan hollarda ijara haqi va yer  solig`i undirib olinadi. 
 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  yerlari  tortib  olinishiga 
favqulodda  hollarda  O`zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  belgilangan  tartibda 
yo`l  qo`yiladi  (5-modda).  Shuningdek  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy 
hududlarni tashkil etish ham katta ahamiyatga ega bo`lib qonun asosida, amaldagi 
huquqiy normalarga mos bo`lishi maqsadga muvofiqdir. 
 
Ushbu  masala  "Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to`g`risida"gi 
qonunning 7-moddasida quyidagicha ifodalangan. 
 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  Alohida  muhofaza  etiladigan 
tabiiy  hududlarni  rivojlantirish  va  joylashtirishning  bosh  kesmasi  yoki  tabiatni 
muhofaza qilishning hududiy majmui kesmasiga muvofiq barpo etiladi. 
 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Alohida muhofaza etiladigan 
tabiiy  hududlarni  rivojlantirish  va  joylashtirishning  bosh  kesmasini  yoki  davlat 
hokimiyati  mahalliy  idoralari  tabiatni  muhofaza  qilishning  idoralari  tabiatni 
muhofaza  qilishning  hududiy  majmui  kesmasini  tasdiqlashi  bilan  ayni  bir  vaqtda 
muhofaza  etishga  tavsiya  etilayotgan  yer  maydonini  zaxiralash  to`g`risida  qaror 
qabul  qilinadi.  Alohida  muhofaza  etiladigan  hudud  tashkil  etish  to`g`risida  qaror 
qabul 
qilingunga 
qadar 
mazkur 
hududda 
yer 
egalari 
va 
yerdan 
foydalanuvchilarning  xo`jalik  faoliyati  cheklanadi  yoki  to`xtatiladi.  Bunday 
hollarda  yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilar  xo`jalik  faoliyatining  cheklanishi 
yoki  to`xtatilishi  tufayli  qishloq  xo`jaligi  va  o`rmon  xo`jaligi  ishlab  chiqarishida 
ko`rilgan  yo`qotish  va  talafotlar  uchun  tovon  olish  huquqiga  egadirlar  hamda  yer 
solig`i bo`yicha imtiyozlardan foydalanadilar. 
 
Ta'kidlash  joizki,  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  davlat 
kadastri  ham  katta  ahamiyatga    ega.  Ushbu  muammo  mazkur  qonunda  yetarlicha 
o`z aksini topgan. 
 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  davlat  kadastri  bu 
hududlarning  huquqiy  maqomi,  ularning  jug`rofiy  mavqei,  miqdor  va  sifat 
ko`rsatkichlari, ekologik, ilmiy, ma'rifiy va boshqa xil ahamiyati to`g`risidagi, yer 
egalari va yerdan qamrab oladi. 
 
O`zbekiston  Respublikasining  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlari 
davlat kadastri mazkur hududlar tarmog`ini rejalashtirish, ularni muhofaza etishni 
ta'minlash  va  ilmiy  tadqiqotlar  o`tkazish,  tegishli  qoidaga  rioya  etilishi  ustidan 
davlat  nazorati  darajasini  oshirish,  shuningdek  ishlab  chiqarish  kuchlarini 
rivojlantirish  va  joylashtirishni  rejalashtirish  chog`ida  bu  hududlar  o`rni  va 
ahamiyatini hisobga olish maqsadida  yuritiladi. 
 
Alohida  muhofaza  etiladigan tabiiy  hududlarning  davlat kadastri  respublika 
budjeti  hisobidan  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlagan 
yagona  tizim  asosida  yuritiladi.  Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning 
davlat  kadastrini  yuritishni  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish 

davlat  qo`mitasining  idoralari  O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  bilan 
birgalikda amalga oshiradilar. 
 
Xullas, "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holatini" 
quyidagi xususiyatlari mavjud. 
 
1) U O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qo`ygan talabiga mosligi, 
konstitutsiyaviy  ustivorlikka  ega  ekanligi  hamda  davlat  tomonidan  muhofaza 
etilishi; 
 
2)  Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  huquqiy  holatini 
o`rganish  va  u  tug`risidagi  qonun  davlat  qo`riqxonalari,  davlat  milliy  tabiat 
bog`lari,  davlat  buyurtma  qo`riqxonalari  va  davlat  tabiat  yodgorliklari,  alohida 
muhofaza  etiladigan  o`zga  tabiiy  hududlar  va  boshqa  masalalarni  hamda  u  bilan 
bog`liq barcha munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishi bilan
 
3)  U  yangi  ijtimoiy  tuzum,  bozor  munosabatlarini  mustahkamlash  va 
ekologik  siyosatni barqarorlashtirish  uchun  yangi  huquqiy  ekologik  zamin  bo`lib, 
alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  muhofaza  qilish  hamda  ularni 
huquqiy tartibga solishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yishi bilan; 
 
4) Mazkur sohani huquqiy tartibga solish bozor iqtisodiyotida qabul qilingan 
ekologik  qonunlarni  qo`llash  va  ular  bilan  birgalikda  ekologik  muhitni 
yaxshilashga,  tabiat  obyektlaridan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza 
qilishga, ayniqsa, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlashga; 
 
5)  Ushbu  soha  fuqarolarimizdan  shu  kungi  hayot  talabi  asosida  ekologik 
huquqiy  ma'naviyat  va  madaniyatli  bo`lishni,  hamda  ushbu  yo`nalishda  doim 
yuksalish  bo`lishini  taqozo  qilishi  va  boshqa  xususiyatlari  bilan  alohida  ajralib 
turadi. 
  
  
Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling