Nazorat uchun savollar:
1. Xususiy va ommaviy huquqiy javobgarlik o’rtasidagi nisbatni tushuntirib bering. Aynan qanday xususiyatlari bilan fuqarolik huquqiy javobgarlik yuridik javobgarlik tizimiga mansub sanaladi?
2. Fuqarolik huquqida imperativ me’yorlardan ko’ra, dispozitiv me’yorlarning kengroq qo’llanishi fuqarolik-huquqiy javobgarlik doirasiga qay tarzda ta’sir o’tkazadi. Fikringizni misollar orqali yoritib bering.
3. J.Mo’minov fuqaro A.Yo’lchiyevning hovlisiga o’g’rilikka tushib, 2 million so’m pulini o’g’irladi va o’z ehtiyojiga ishlatib yubordi. Bir necha oydan keyin uning jinoyati fosh bo’ldi va sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni o’tab kelgan J.Mo’minovdan, A.Yo’lchiev o’g’irlangan pulni foizlari bilan qaytarishini talab qildi. J.Mo’minov esa, qilmishi uchun jazo olganligini aytib, pulni foizlari bilan qaytarishni rad qildi.
Masalaga huquqiy baho bering.
4. Fuqaro Z.Isomov 2 yil davomida sigareta chekib yurdi. Vrachlar tibbiy tekshiruvda unda o’pka raki kasalligini aniqladi. Z.Isomov tamaki fabrikasiga da’vo bildirib o’pka rakini davolash xarajatlarini to’lashni talab qildi. Tamaki fabrikasi Z.Ismoilov o’z ixtiyori bilan sigareta chekkanligini, uning kasal bo’lishida aybi yo’qligini bildirdi.
Masalaga huquqiy baho bering.
5. A va B to’yda sovrin uchun kurash tushishadi va B qo’chqor va qo’y yutib oladi. Biroq to’y egasi sovrinni berishni rad etadi. B tanish yurist J.dan maslahat so’raydi. J ushbu holat mukofot to’lashni oshkora va’da qilish majburiyatini o’xshashlik bo’yicha qo’llash va bu asosda to’y egasini sovrinni to’lash bo’yicha fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish mumkin degan fikrni aytdi.
Ushbu fikr qonuniy asosga egami?
20-MAVZU. MAJBURIYaTLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik mohiyati va ahamiyati. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari. Qarzdorning zararni to’lash majburiyati. Qarzdorning javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari. Majburiyatning qarzdor va kreditor tomonidan kechiktirilishi oqibatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |