Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: o’zaro nisbat


Download 1.75 Mb.
bet106/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: o’zaro nisbat

Odatda repressiv huquq tarmoqlarida huquqbuzarlik subyekti (huquqbuzarlik qilmishini sodir etgan shaxs) va huquqbuzarlik uchun javobgarlik subyekti (sodir etilgan huquqbuzarlik uchun zimmasiga yuridik javobgarlik yuklatilgan shaxs) deyarli farqlanmaydi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo’llashda ham aksariyat ko’p hollarda huquqbuzarlik subyekti ayni vaqtda fuqarolik javobgarlik subyekti sifatida qaraladi. Biroq, bu holat har doim ham kuzatilmaydi. Masalan FK 334-moddasiga asosan basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi bo’lgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qo’yilmagan bo’lsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi.


Bu yerda huquqbuzarlik subyekti uchinchi shaxslar, javobgarlik subyekti esa qarzdor hisoblanadi. O’z navbatida qarzdor javobgarlikka tortilgandan so’ng regress da’vo qo’zg’atishi mumkin.
Umumiy yuridik qoidaga ko’ra huquqbuzarlik subyekti va javobgarlik subyekti uchun ham javobgarlikka tortish asosi sifatida uning muayyan yoshga yetganligi, aqli rasoligi, qisman yoki to’liq muomala layoqatiga egaligi kabi mezonlar hisobga olinadi. Biroq zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini qo’llashda 14 yoshga to’lmagan zarar yetkazuvchining mol-mulki bo’lgan taqdirda ushbu mol-mulkka nisbatan yetkazilgan zarar bo’yicha undiruv qaratilishi mumkin. Bu holat FKning 993-moddasi 5-qismida o’z aksini topgan.
FKning 996-moddasiga ko’ra, agar vasiy vafot etsa yoxud zararni to’lash uchun yetarlicha mablag’ga ega bo’lmasa, zarar yetkazuvchining o’zi esa bunday mablag’ga ega bo’lsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to’lig’icha yoki qisman muomalaga layoqatsiz zarar yetkazuvchining mol-mulki hisobidan to’lash to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling