Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari


Download 1.75 Mb.
bet105/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona tarkibga egami yoxud u javobgarlikni vujudga kelish asoslariga ko’ra farqlanadimi, degan masala muhim amaliy ahamiyatga ega. Agarda FKning 333-moddasi (majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari) va 985-moddasi (zarar yetkazganlik uchun javobgarlik asoslari) mazmunidan kelib chiqiladigan bo’lsa, u holda fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona tarkib ko’rinishida mavjud bo’lmaydi, deb aytish mumkin. Yuqoridagi har ikkala tarkib o’z elementlari va ushbu elementlarni mavjud bo’lishi shartliligi nuqtai nazardan turlicha bo’lib hisoblanadi.


Masalan, FKning 333-moddasi bo’yicha quyidagilar majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikning zaruriy elementlar sifatida belgilab qo’yilgan a) majburiyatni bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi - huquqqa xilof qilmish sifatida; b) qarzdor aybining mavjudligi; d) javobgarlik subyekti bo’lgan qarzdorning mavjudligi. Zarar ushbu tarkibda zaruriy element sifatida emas, balki fakultativ element sifatida namoyon bo’ladi
FKning 985-moddasi bo’yicha javobgarlik asoslari sifatida quyidagilar belgilangan: a) zararning mavjudligi, b) zarar yetkazuvchi aybining mavjudligi, d) zarar yetkazuvchi harakatlarining huquqqa xilofliligi, e) zararni qoplash majburiyati zimmasiga yuklatilgan subyektning mavjudligi.
Bu o’rinda shuni ta’kidlash lozimki, FKning 985-moddasi bo’yicha javobgarlik asoslari o’zining parodaksal qirralariga ham ega. Bu yerda javobgarlikning mutloq asosi sifatida faqat zarar mavjud bo’lishi kerak. Qolgan elementlar mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, zarar yetkazuvchining aybi bo’lmasligi, zarar yetkazuvchi harakatlarini huquqqa muvofiq bo’lishi, muayyan qonunlar yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda javobgarlik qo’llanilmasligi uchun asos bo’la olmaydi (masalan, oshiqcha xavf manbaidan zarar yetkazilganda oshiqcha xavf egasi aybidan qat’i nazar javob beradi yoki davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olinishi munosabati bilan fuqaroning turar joyi buzilishi hollarida garchi hokimlik o’z vakolat doirasida qonunga muvofiq tarzda harakat qilgan bo’lsa ham, baribir turar joy buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashi shart). Zarar yetkazuvchi subyekt zimmasiga javobgarlikni yuklashga qonun yo’l qo’ymasligi (14 yoshgacha bo’lgan bolalar tomonidan zarar yetkazilganda) holatlari ham mavjud.
Boshqacha aytganda, qonunda nazarda tutilgan muayyan hollarda javobgarlik zarar yetkazuvchi shaxsga emas, balki boshqa shaxs zimmasiga ham yuklanishi mumkin. Biroq yuqoridagi holatlardan umumlashma xulosa chiqarib, fuqarolik javobgarlik asoslari umuman yuridik javobgarlik asoslariga mutlaqo to’g’ri kelmaydi, degan xulosa chiqarish mumkin emas. Yuqoridagi umumiy qoidadan istisnolar juz’iy xarakterga ega. Ularni qo’llashdan maqsad fuqarolik javobgarlik asoslarini mavjud real voqelikka, hayotga mosligini ta’minlash, shuningdek, javobgarlikni qo’llashda adolat, oqilonalik tamoyillarini o’zida mujassamlashtirish hisoblanadi. Umuman olganda, aksariyat ko’p hollarda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikda ham, zarar yetkazganlik uchun javobgarlikda ham fuqarolik javobgarlik asoslari umumiy yuridik javobgarlik asoslariga muvofiq keladi.
Real voqeilikda muayyan huquqbuzarlik va uning oqibatlari uchun bir paytning o’zida ikki va undan ortiq javobgarlik shakllarini qo’llash yoxud javobgarlikni muqobillik asosida qo’llash masalasi yuzaga keladi. Shuni ta’kidlash o’rinliki, ijtimoiy adolat va oqilonalik nuqtai nazaridan olganda ommaviy huquq tarmoqlarida (jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, bojxona huquqi) bir qilmish uchun bir javobgarlik tamoyili amal qiladi. Biroq ommaviy huquqiy javobgarlik va fuqarolik javobgarlik qo’llash holatlarida bir qilmish uchun ikki javobgarlik shaklini qo’llash holatlari uchrab turadi. Masalan, muayyan sodir etgan jinoyat uchun jinoyatchiga nisbatan ozodlikdan maxrum qilish jazosini qo’llanilishi uni jabrlanuvchi hayoti va sog’ligiga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarlik qo’llashdan aslo ozod qilmaydi. Ba’zi holatlarda esa bir qilmishga nisbatan ham jinoyat huquqiy javobgarlik, ham fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo’llash imkoniyatlari mavjud va qonun talabiga ko’ra muqobillik asosida jabrlanuvchi birini tanlashi lozim bo’ladi.
Agar jinoiy javobgarlik qo’llash rad etilsa, unda fuqarolik javobgarlikni qo’llashni talab qilish huquqi istisno etilmaydi. Masalan, amnistiya orqali javobgarlikdan ozod qilish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish imkoniyatini istisno etmaydi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling