Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet101/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Kafillik

Kafillik shartnomasiga asosan, bir taraf kafil, boshqa shaxs o’z majburiyatlarini to’la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o’z zimmasiga oladi (FK 292-moddasining, birinchi qismi).


Kafillikning asosiy funksiyasi boshqa ta’minlovchi usullar kabi majburiyatni bajarilishi ta’minlashning o’ziga xos xususiyatiga ega bo’lib qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarishni rag’batlantirmasdan, ehtimoliy yo’qotishlar ro’y berganda kreditorning huquq va manfaatlarini qoplash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Kafillik akstessor belgiga ega bo’lib, xususiy huquqiy ta’minlovchi chora sifatida shartnomaviy xarakterni o’zida namoyon etadi. Kafillik qat’iy pullik majburiyatdir.
Kafillik shartnomasi bir tomonlama konsensual va haq evaziga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. Kafillik shartnomasi tekinga tuzilishi mumkin, agar bu haqda FKning 297-moddasiga muvofiq shartnomada ko’rsatilgan bo’lsa. Lekin bunday bo’lishi kafilni yetkazilgan zararni to’lashni qarzdordan talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi. 1
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida ko’riladigan kafillikning mohiyati shundaki, kreditor asosiy majburiyat bajarilmagan holda o’z talablarini faqat asosiy qarz­dorgagina qo’ymay, balki kafilga nisbatan ham qo’ya oladi.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bu holda taraflar kafillik to’g’risida alohida yozma shartnoma tuzishlari shart bo’lmaydi. Kafillik belgilanishida kafil asosiy qarzdor tomonidan beriladigan tilxatda qarzdor tomonidan majburiyatning lozim darajada bajarilishi javobgarligini o’z zimmasiga olganli­gini ko’rsatib belgi qo’ysa yoki qarzdorning muayyan majburiyat yuzasidan kafil bo’lishini kreditor nomiga yozgan xatida bildirsa ham kifoya. Kreditor tomonidan da’vo bir vaqtning o’zida kafil va qarzdorga nisbatan qarzdor tomonidan asosiy majburiyat bajarilmaganligi munosabati bilan taqdim etilib, solidar javobgarlik to’g’risidagi qoidalarni qo’llash lozim bo’lgan hollarda, bunday javobgarlik faqat kafil yoki faqat qarzdorga yuklatilishi mumkin emas. Kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishlari kerak.
Kafillik asosiy majburiyatga qo’shimcha xarakterda bo’lishi shundan iboratki, kafillik bilan faqat asosiy talab ta’min­lanishi mumkin. Agar asosiy shartnoma uning shakliga rioya qilin­maganligi sababli yoki shartnomada ishtirok etuvchi taraflarning muomalaga layoqatsiz bo’lishi tufayli va boshqa shu kabi sabablar bo’yicha haqiqiy emas deb topilsa, mazkur shartnomaga qo’shimcha hisoblangan kafillik shartnomasi ham o’zining yuridik kuchini yo’qotadi.
Kafilning javobgarligi hajmi asosiy majburiyat yuzasidan qarzdorning javobgarligidan oshiq bo’lishi mumkin emas. Qarzdor qanday hajmda javobgar bo’lsa, kafil ham shu hajmda javobgar bo’la­di. Xususan, kafillik shartnomasi bilan boshqacha hol belgilanma­gan bo’lsa, foizlar, zararlar va neustoykaning to’lanishi uchun ham javobgar bo’ladi.
Kafilning javobgarligi qarzdor tomonidan kafillik bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi holatlarida vujudga keladi. Bu holda, bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik faqat majburiyatga nisbatan bo’lishi lozim. Odatda, kafil kreditor oldida solidar javobgar bo’ladi. Bunda qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo’lishi nazarda tutilishi mumkin. Bu esa o’z navbatida majburiyatlar subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.


Kafolat

Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug’urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko’ra, kafil o’z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlari­ga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to’lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to’lash haqida prinsipalga yozma majburiyat beradi (FKning 299-moddasi).


Bank kafolati xalqaro muomalada1 keng qo’llanilib, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga majburiyatni ta’minlashning yangi usuli sifatida kiritildi. Kafolat kafillikdan shuning bilan farqlanadiki, bunda prinsipial (asosiy qarzdor)ning benefitsiar (kreditor)ga bo’lgan talablari va e’tirozlari inobatga olinmaydi, shuningdek prinsipial va benifistiar o’rtasidagi shartnomaga nisbatan qo’shimcha (akstessor) majburiyat bo’lishidan qat’i nazar, ma’lum darajada mustaqil hisoblanadi. Kafolat ushbu xususiyatlari bilan kreditor (benefitsiar) uchun uchinchi shaxs kafilligiga nisbatan ancha afzal usul hisoblanadi.
Kafolatning mazmuni birinchi galda kafil (bank)ning oldindan o’rnatilgan, asosiy majburiyat bilan belgilangan summani berish majburiyatidan iborat. Lekin beriladigan summa belgilangandan keyin asosiy majburiyat bekor bo’lsa yoki u haqiqiy emas deb tan olingan taqdirda ham, kafolat ushbu asosiy majburiyatga bog’liq emas va o’z kuchini saqlashda davom etadi. Shu bilan ham asosiy majburiyatlar bilan bog’liq boshqa ta’minlovchi majburiyatlardan farq qiladi.
Kafolat ko’pincha kafillikning bir turi sifatida e’tirof etiladi. Kafolat beruvchi subyektlar doirasi bilan kafillikdan tubdan farq qiladi. Kafolat bajarilishi ta’minlanayotgan majburiyatdan mustaqil bo’lib hisoblanadi. Bu holat shu bilan izohlanadiki, kafolat bilan ta’minlangan majburiyat bekor bo’lsa yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kafil kafolat bo’yicha majburiyatni bajarishdan ozod etilmaydi. Boshqacha aytganda, har qanday holda kafolat o’zining yuridik kuchini saqlab qoladi. Bu bilan kafolat majburiyatni bajarishni ta’minlashning boshqa usullaridan farq qiladi.
Kafolatning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bunda har doim kafil sifatida bank, boshqa kredit muassasasi yoxud sug’urta tashkiloti qatnashadi. Ko’p hollarda kafil prinsipalga xizmat ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Shu sababli ham kafil prinsipalning bankda saqlayotgan pul mablag’lari hisobidan uning kreditorlari oldidagi majburiyatini bajaradi. Biroq qonun buni shart qilib qo’ymaydi, shu sababli ham kafil sifatida har qanday kredit muassasasi yoki kredit tashkiloti bo’lishi mumkin.
Kafolatga xos xususiyat shundan iboratki, u orqali prinsipalning benefitsiar oldidagi o’z majburiyatini (asosiy majburiyatni) tegishli darajada bajarilishi ta’minlanadi. Kafolat haq baravariga tuziladi. Kafolat bergan bank (kredit muassasasi, sug’urta tashkiloti)ga prinsipal tegishli miqdorda haq to’laydi.
Kafolat asosiy majburiyatdan (ya’ni prinsipalning benefitsiar oldidagi majburiyatidan), garchi kafolatda ushbu majburiyatga havola qilinsa-da, mustaqil hisoblanadi.
Kafolat prinsipal tomonidan, kafolatda benefitsiar sifatida chiquvchi, kreditor oldida o’zining majburiyatlarini lozim darajada bajarishni ta’minlashga qaratilgan. Kafolatni olish uchun prinsipal kafilga haq to’laydi. Haq to’lash miqdori u bilan tuziladigan kelishuvda belgilanadi va kafolat summasiga hamda ta’minlanadigan majburiyatlar xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, u kafil tomonidan chaqirib olinishi mumkin emas. Kafolat bo’yicha benefistarga tegishli bo’lgan kafilga talab qo’yish huquqi agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, boshqa shaxsga o’tkazilishi mumkin emas.
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lmasa, u berilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Benefitsiarning kafolat bo’yicha pul summasini to’lash haqidagi talabi kafolatda ko’rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etilishi lozim. Talabda yoki unga ilovada benefistar prinsipalni ta’minlash uchun kafolat berilgan asosiy majburiyatni buzishi nimadan iboratligini ko’rsatishi kerak.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling