Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet102/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Zakalat

Zakalat deb, shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnomaning tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan beradigan pul summasiga aytiladi. Ta’minlashning boshqa turlaridan farqli ravishda, zakalat shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan beriladigan pul summasidir.


Zakalat to’g’risidagi kelishuv yozma ravishda tuzilishi kerak. Mazkur talabga rioya qilinmasligi oqibatida, unda bu to’langan summa, shartnoma bo’yicha berilishi lozim bo’lgan to’lovlar hisobiga, bo’nak sifatida to’langan deb hisoblanadi.
Zakalat uchta vazifani bajaradi. Xususan, zakalat berilib tuzilgan shartnoma haqiqatan tuzilganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Zakalat shartnoma yuzasidan avvaldan to’lab qo’yiladigan pul summasi bo’lib, tegishli to’lovlar hisobiga muayyan summani to’lagan taraf shartnomani qisman ijro etgan hisoblanadi. Zakalat shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning ijro etilishini ta’minlash uchun belgilanadi. Zakalatning mazkur vazifasi shu bilan ifodalanadiki, zakalat bergan taraf shartnoma yuzasidan olgan o’z majburiyatlarini bajarmaganida, bergan zakalatni yo’qotadi. Agar zakalat bergan taraf shartnomadan voz kechgan bo’lsa, bu holda u bergan zakalatning qaytarib berilishini talab qila olmaydi. Agar zakalat olgan taraf o’z majburiyatlarini bajarmasa, u ikkinchi tarafga zakalat summasini ikki baravar miqdorida to’lashga majbur.
FKning 312-moddasi uchinchi qismida ko’rsatilganidek, shartno­maning bajarilmasligi uchun javobgar bo’lgan taraf, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, zakalat summasini hisobga olgan holda, ikkinchi tarafga zararlarni to’lashi shart.
Agar zakalat summasi zarar summasidan birmuncha ko’proq bo’lsa, u holda faqat zakalatgina undiriladi. Agar majburiyatni bajarmaslik natijasida ko’rilgan zarar zakalat summasidan ortiq bo’lsa, u holda zakalat summasi ham, zararlarni qoplash uchun yetishmagan summa ham undiriladi.
Zakalatning mohiyati shundan iboratki, agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar bo’lsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi va qaytarilmaydi. Lekin shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar bo’lsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.
Zakalat haqidagi kelishuv akstessor (qo’shimcha) tusga ega bo’lib, asosiy majburiyat vujudga kelmasa, zakalat haqidagi kelishuv ham mavjud bo’lmaydi. Ta’minlovchi zakalat funksiyasi asosiy majburiyatni bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. Zakalat va avans (bo’nak) bir-biridan farq qiladi. Avans qarzdorga kelgusidagi to’lovlar hisobidan beriladi. Avans barcha hollarda to’lov va dalil funksiyasini bajaradi. Biroq zakalat kabi majburiyatni bajarilishini ta’minlash funksiyasini bajara olmaydi.
To’langan summa zakalat ekanligi haqida shubha tug’ilgan taqdirda, bu summa agar boshqa hol isbotlangan bo’lmasa, faqat odatda to’lov vazifasini bajaradigan bo’nak (avans) sifatida to’langan deb hisoblanadi. Masalan, da’vogar A. javobgar B. qarshi unga uy-joyni sotib olish uchun berilgan pul summasiga nisbatan ikki barobar ko’p miqdorda, ya’ni 1300 so’mni undan undirish haqida sudda da’vo qo’zg’atgan. Lekin sud da’vogar arizasida zakalatga xos quyidagi belgilarning mavjud emasligini ko’rsatib, da’voni rad etgan: uy-joyning oldi-sotdisini ta’minlash uchun zakalat to’g’risida shartnoma tuzilmagan. Uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi umuman tuzilmagan va kelajakda tuzilishi faraz qilingan, to’lanadigan pul hisobidan da’vogar javobgarga 6500 so’m o’tkazgan, ushbu summadan 300 so’mni qarzdor da’vo qo’zg’atgunga qadar da’vogarga qaytargan. Javobgar olgan summani sud bo’nak deb tan olgan.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling