Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet103/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Neustoyka funksiyalarini ta’minlash deganda nimani tushunasiz. Neustoykani undirish qanday tartibda amalga oshiriladi? Mahsulot yetkazib berish shartnomaviy majburiyatni bajarishda neustoyka penya shaklida undiriladimi yoki jarima shaklida undiriladimi? Fikringizni fuqarolik qonun hujjatlari va sud amaliyoti misollari asosida bayon eting.


2. Majburiyat bajarilishini ta’minlashning bir necha imkoniyatlari mavjud. Sizningcha majburiyat bajarilishini ta’minlashning qaysi biri qay vaziyatda nisbatan maqbul hisoblanadi?
3. “Ipoteka” tijorat banki va xususiy tadbirkor o’rtasida kredit shartnomasi tuzilgan. Qarz summasini qaytarish muddati kelgan paytda xususiy tadbirkor uni summasini qaytara olmagan. Kredit shartnomasi agar qarz oluvchi summani belgilangan muddatda to’lamasa qarzdorning muddati kechiktirilgan kreditlarini to’lash hisobiga uning depozit raqamida mavjud bo’lgan mablag’lari hisobidan o’tkazish belgilangan. Bayon etilgan holatda majburiyatni bajarish usuli sifatida ushlab qolishga oid bo’lgan qoidalarni qo’llash mumkinmi?
4. Da’vogar «O’zmevasabzavotimpeks» Samarqand viloyat filiali «Noyob A» AT «Tadbirkorbank» Samarqand viloyat boshqarmasiga nisbatan kredit shartnomasi va kafolat xati asosida kredit va foiz to’lovlari bo’yicha qarzni solidar tartibda undirishni so’ragan. Birinchi instanstiya sudi da’voni to’liq qanoatlantirgan. Kafolat xatiga asoslangan kiredit majburiyatida sud FKning qaysi normalari talablarini inobatga olgan. Bunday holda sud tomonidan qarzni subsidiar tartibda undirishga yo’l qo’yilishi mumkinmi? Fikringizni moddiy va protsessual huquq normalari asosida izohlab bering.


19-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik: mohiyati, tushunchasi, tavsifi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari. Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: o’zaro nisbat. Ayb – fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi sifatida. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikda qo’llaniladigan fuqarolik ta’sir choralari. Zarar fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli sifatida. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilish.





Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling