Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet48/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Intellektual faoliyat natijalari. Fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida intellektual fao­liyat natijalari nomoddiy ne’matlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intellektual faoliyat mahsuli, uning yaralish jarayoni va o‘ziga xos xususiyatlari odatdagi ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun ular fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o‘ziga xos obyekt sifatida qaraladi.
Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu asosan aqliy mehnat kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener-texnik xodim kabilar ijodiy faoliyatining mahsuli­dir. Bunday faoliyat mahsuli fuqarolik qonun hujjatlari bilan qo‘riq­lanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak:

    • haqiqatda ijod mahsuli bo‘lishi, ya’ni original (o‘ziga xos) bo‘lishi;

    • betakror bo‘lishi;

    • biror-bir obyektiv shaklda ifoda etilishi.

Bu mahsullarning ko‘pchiligi g‘oyaviy-nomoddiy ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy obyektga nisbatan qo‘llaniladigan huquq me’yorlarini qo‘llab bo‘lmaydi.
FK intellektual mulk obyektlariga:

  • intellektual faoliyat natijalari;

  • fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar;

  • sohaviy qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarni kiritadi.

Insonning ijodiy tafakkuri bu obyektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda (qog‘oz kashfiyotidan tortib – bugungi elektron ijod namunalari, nanotexnologiyalargacha).
Xizmat va tijorat siri. FKning 98-moddasiga asosan xizmat va tijorat siri ham nomoddiy ne’matlar tarkibiga kiradi. Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv soha­siga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi (“Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”1gi qonun). Tijorat siri – uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot bo‘lib, ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi (“Tijorat siri to‘g‘risida”2gi qonun).
Tijorat siriga doir talablarga ko‘ra:
- uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli o‘z mulkdori uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lishi;
- qonun hujjatlariga muvofiq hammaga ma’lum yoki hamma uchun ochiq bo‘lmasligi;
- uning maxfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan ta’minlangan bo‘lishi;
- davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir belgilariga ega bo‘lmasligi kerak.
Tijorat sirining mazmuni va hajmi uning mulkdori tomonidan belgilanib, mulkdor undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling