Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet49/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Shaxsiy nomulkiy huquqlar. Adabiyotlarda shaxsiy nomulkiy ne’matlarning quyidagi xususiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi:
- fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishga qaratilgani;
- pulda baholanishi mumkin emasligi;
- shaxsdan ajralmasligi (bunday ne’matlarni sotish, hadya qilish, meros qilib qoldirish va boshqacha tarzda shaxsdan ajratish mumkin emas);
- umumiy qoidaga ko‘ra, fuqaroning tug‘ilishi bilan boshlanib, o‘limi bilan tugashi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar baholanishi mumkin emas, ular uchun tekinlik xosdir, ularning amalga oshirilishi boshqa shaxslarning teng qiymatdagi mulkiy majburiyatlarini nazarda tutmaydi. Nomulkiy ne’matlar obyekti shaxsdan ajratib bo‘lmaydigan nomoddiy ne’matlar: nom (ism), sha’n, qadr-qimmat, sog‘liq, shaxsiy hayot siri, shaxsiy daxlsizlik va boshqalardir.


Nazorat uchun savollar



  1. Ma’lumki, pul har bir davlat suverenitetining o’ziga xos atributlaridan biridir. Nima deb o’ylaysiz – pulning xarid quvvati nimalarga, qanday omillarga bog’liq? (Quvayt dinori, Turkiya lirasi, Yaponiya ienasi, Xitoy yuani, AQSh dollari, Singapur dollari, evro). Guruh bo’lib sharhlang.

  2. Buzilgan shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilishning o’ziga xos usullaridan biri bu – ma’naviy zararni qoplashdir. Uni qoplashda qanday mezonlarga tayaniladi? Shaxsning ijtimoiy reytingi, unvonlari, davlat mukofotlari, jinsi, diniy e’tiqodi, boyligi ma’naviy zararni qoplashda e’tiborga olinadimi?

3. Xalimova N. eng oxirgi nusxadagi kuchaytirilgan kompyuter terib berishni, buning uchun 1700 so’m bahodagi haq to’lashini so’rab ustaga murojaat etadi. Usta u aytgan muddatda va kelishilgan bahoga mos kompyuterni terib unga eltib beradi. Lekin Xalimova N. ushbu kompyuterda printer va skanerning yo’qligi ular kompyuterning tarkibiy qismi ekanligi shu tufayli ular albatta kompyuterning bahosi ichiga kiritilganligini aytadi.
Masala qanday hal qilinadi? Kompyuter ashyolarning tasniflanishiga ko’ra qaysi turga kiradi? N. Xalimovaning e’tirozi to’g’rimi?
4. Ikromov S. o’z sartaroshxonasini reklama qilish maqsadida antiqa usulni qo’llashni maqsad qilib oladi va do’sti dizayner Sharipova G.ga murojaat etadi. Sharipova G. unga “Dunyodagi eng zo’r sartaroshlik ishini bajaruvchi” so’zini turli xalqlar yozuvida naqshinkor ko’rinishdagi reklama lavxasini ko’rsatadi. Lekin Ikromov S. sartarosh ishni bajarmaydi, aksinchi xizmat ko’rsatadi shu sababdan “Dunyodagi eng zo’r sartaroshlik xizmatini ko’rsatuvchi” tarzida o’zgartirishni talab etadi. Sharipova G. esa “sartaroshlik ishlar turkumiga kiradi, xizmat ko’rsatish so’zi unga to’g’ri kelmaydi, agar ushbu so’z bilan almashtirsak kulgiga qolishimiz mumkin” degan fikrni bildiradi.
Ushbu bahsda kim haqli? Ishlar va xizmatlar o’rtasidagi farqni ko’rsatib bering?

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling