Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet52/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Birja bitimlari

Bitimlar orasida birja bitimlari o’ziga xos xususiyatga ega. Bitimlarni birja bitimlari deb hisoblash uchun ular maxsus belgilangan joyda tuzilgan bo’lishi lozim. Birja hududi doirasida tuzilgan bitimlarning joyi birjada tuzilgan hisoblanadi. Birja bitimlari tuzish vaqti deganda birja savdolarining boshlanishi va tugatilishi uchun belgilangan vaqt tushuniladi. Ushbu vaqt davomida taraflar birja aktivlarini sotib olish va sotish uchun zayavka beradilar. Birjalar O’zbekiston Respublikasining “Birja va birja faoliyati to’g’risida”gi qonun talablari asosida faoliyat yuritadi.


Birja bitimi deb - birjada ro’yhatga olingan birja listingi (savdo uchun ko’rgazmaga qo’yilgan tovarlar ro’yxati)dan o’tkazilgan birja tovarlari bo’yicha savdo sessiyasi (savdo vaqti) vaqtida birja savdosi ishtirokchilari o’rtasida tuzilgan va birja tomonidan ro’yxatga olingan bitimga aytiladi.
Birja bitimlari uning o’zida ro’yxatga olinadi, shu sababli bunday bitimlar notarial tasdiqlanmaydi, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Birja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas
Birja – oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. Birjalar faqat aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi. Birjalar o’z faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi. Birjaning firma nomida “birja” so’zi bo’lishi kerak.
Birja ustavida birjaning to’liq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili;
birja ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari soni, ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Birja ustavida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin.
Birja faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu bozorda shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir.
Birja bitimlarining turlari: birjalarda asosan birja tovarlari (mol, xom ashyo, agrosanoat tovarlari va mahsulotlari, valyuta, qimmatli qog’ozlar va hokazo) bo’yicha quyidagi oldi – sotdi shartnomalari tuziladi.
- real (kassali) bitimlar – mavjud bo’lgan tovarlarni topshirish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik qilish huquqini o’tkazish bilan bog’liq bitimlar hisoblanadi;
Real bitimlar amaliyotda kassali bitimlar deb ham nomlanadi. Bunday bitimlar birja bitimlarining eng oddiy turlaridan hisoblanadi. Real bitimlarga xos xususiyatlardan biri ularni darhol bajarilishi kerak bo’lishidan iborat, chunki ular mavjud bo’lgan tovarlar bo’yicha tuziladi. Real bitimning predmeti har doim tovar hisoblanadi, bitim tuzish paytida u jismonan mavjud va sotuvchining egaligida bo’ladi.
- forvard bitimlar – mavjud (bitim tuzilayotgan vaqtda ishlab chiqarilgan) tovarni yetkazib berishni kechiktirish sharti bilan tuziladigan oldi – sotdi bitimlari; . Forvard so’zi inglizcha “Forward transaction” so’zidan olingan. Bu birja bitimining o’ziga xos xususiyatlaridan biri bitim tuzishdan ko’zda tutilgan harakat ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng amalga oshirilishidir, bundan tashqari sotib oluvchi mavjud tovarni ko’rib yoki ko’rmasdan (ya’ni kelgusida ishlab chiqariladigan tovarlarni nazarda tutib) shartnoma tuzishidir.
- fyuchers bitimlar – fyuchers bitimning predmeti fyuchers kontraktidan iborat bo’lib, u alohida hujjat hisoblanadi. Fyuchers qimmatli qog’oz hisoblanmaydi. kelajakda bajarish majburiyati olingan holda tovarlarga bo’lgan standart kontraktlarni olish va sotish to’g’risidagi bitimlar; tovarlarga doir standart kontraktlar­ning oldi-sotdi bitimlaridir. Fyuchers bitimidagi “standart” tushunchasi faqat birjada belgilangan shartlarga amal qiluvchi bitimlar bilan savdo qilish mumkinligi (kontrakt hajmi, yetkazib berish sanasi, bahosi va boshqalar) bilan bog’liqdir. Ularni kelgusida ijro etish majburiyatini olgan holda tuziladi. Bu bitimlar bo’yicha tovarlar, xom-ashyolar, qimmatli qog’ozlar shartnomada ko’rsatilgan bahoda (tovar qabul qilinayotganda uning narxi o’zgarsa ham shartnomadagi baho imperativ xarakterga ega bo’ladi va o’zgarmaydi), faqat muayyan vaqtdan so’ng ijro etilish sharti bilan sotiladi.
- optsion bitimlar – belgilangan narxda kelgusida sotib olinadigan va sotiladigan tovarlarga yoki tovarlarni yetkazib berish to’g’risidagi standart kontraktlarga bo’lgan huquqlarni sotib olish yoki sotish haqidagi bitimlari hisoblanadi (lotincha optio – tanlash degan ma’noni anglatadi). Optsion bu-hujjat, bitim taraflaridan birining o’z kontragentidan cheklangan muddat davomida kelishilgan narxda muayyan kompaniyaning belgilangan miqdordagi tovarlarni sotib olish yoki sotish uchun belgilangan huquqidan iborat. Optsion qimmatli qog’ozning kursi o’zgarishi bilan foyda chiqarib olish uchun imkoniyat yaratadi. Optsionning ikkita asosiy turlari mavjud: optsion koll (call, ya’ni sotib olish huquqi va optsion –put (put) ya’ni sotish huquqi.
Repo bitimi – qimmatli qog’ozlarni muayyan muddat o’tgach, avvaldan belgilangan narx bo’yicha qayta sotib olish sharti bilan tuziladigan qimmatli qog’ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari.
Birjalarda tuzilgan bitimlarda ishtirokchi sifatida birja a’zolari ishtirok etadilar. Birja a’zolari o’rtasidagi birja bitimlari birja savdolarining natijalariga ko’ra tuziladi. Birja bitimlari faqat yozma shaklda tuziladi. Bitim bilan bog’liq nizolar oldin birjalar hakamlik (ixtilof) komissiyasida hal etiladi. Qarordan rozi bo’lmagan tomon sudga murojaat etishga haqli.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling