Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Ayb – fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi sifatida


Download 1.75 Mb.
bet107/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Ayb – fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi sifatida

Fuqarolik huquqi nazariyasida ayb masalasi bo’yicha ham yagona yondashuv mavjud emas. Odatda repressiv huquq sohalarida ayb huquqbuzar tomonidan o’zi sodir aytgan harakat oqibatlariga nisbatan ruhiy-psixik munosabati sifatida qaraladi. Bunda eng asosiysi huquqbuzar bunday harakatni sodir etishni atayin xohlagan yoki xohlamaganligi, shunday oqibatlar kelib chiqishini istagan yoki istamaganligi va bu istak va xohish uning qilmishini sabablantiruvchi omil bo’lgan yoki bo’lmaganligi (qasddan yoxud o’z harakati va uning oqibatlariga nisbatan beparvolik va o’z-o’ziga ishonishga, ehtiyotsizlikka yo’l qo’yib, huquqbuzarlik sodir etganligi) hisoblanadi.


Fuqarolik huquqida ayb masalasidagi umumiy yondashuv shundan iboratki, qarzdor yoki zarar yetkazuvchi o’zini aybsizligini isbotlab berishi lozim. Bunday isbotlashda ruhiy-psixik munosabat emas, balki qarzdorning amaliy harakatlari birinchi o’ringa chiqadi. Masalan FKning 333-moddasiga ko’ra agarda qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o’ziga bog’liq bo’lgan hamma choralarni ko’rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Lekin ba’zi holatlarda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo’llashda ayb qarzdorning ruhiy psixik holati sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, FKning 889-moddasi 2-qismida shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga ko’ra ashyoni qaytarib olishi shart bo’lgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qo’pol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob berishi belgilangan.
Fuqarolik qonun hujjatlarida qarzdor yoki zarar yetkazuvchini aybdor yoki aybdor emasligini belgilash uchun muayyan normalarda qo’shimcha me’zonlar ham qo’llaniladi. Masalan, g’amxo’rlik, ehtiyotkorlik, tejamkorlik, hamkorlik, oqilonalik, insoflilik, boshqa subyektlar manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilish (vakillik, ishonchnoma, yuridik shaxs rahbarining yuridik shaxs nomidan harakat qilishi, sug’urta munosabatlarida to’liq axborot berish masalasi), ayb darajasini hisobga olish (yetkazilgan ma’naviy zararni undirishda) va shu kabilar.
Aybning javobgarlik hajmiga ta’sir ko’rsatish holati FKning 1004-moddasida nazarda tutilgan.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling