Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 1-курс талабалари учун
Download 22.24 Kb.
|
2 5422627151591507347
- Bu sahifa navigatsiya:
- Иш тури
- Баҳолаш мезонлари 1-мантиқий савол 2-мантиқий савол
- Жами балл Б бўлимдаги 1 та казусга жавоб ёзилиши шарт.
- Баҳолаш мезонлари Казус
- _____________________________________________________________________________
- VARIANT 19 A bo`lim mantiqiy savollarga javob 2. Huquqiy munosabatlarni obyekti tushunchasi va mohiyatini ochib bering.
- 3. Huquq normalarini sharhlash usullarini muhokama eting.
- Teologik (Maqsadli) usul
- Ҳуқуқий давлатнинг асосий белгиларини атрофлича тушунтиринг.
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ЮРИДИК УНИВЕРСИТЕТИ ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ 1-курс талабалари учун Модуль номи: Давлат ва ҳуқуқ назарияси Иш тури: Якуний назорат Ўтказилган сана: ____._____. 2020 й. А бўлимдаги 2 та мантиқий саволга жавоб ёзилиши шарт.
Б бўлимдаги 1 та казусга жавоб ёзилиши шарт.
Текширувчи имзоси:___________
_____________________________________________________________________________
________________________ __________ Талабанинг Ф.И.О. Курс Модуль номи _______________________ ____________________ Талабанинг имзоси Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси __________________________________________ VARIANT 19 A bo`lim mantiqiy savollarga javob 2. Huquqiy munosabatlarni obyekti tushunchasi va mohiyatini ochib bering. Huquqiy munosabatlar - huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Bunday munosabatlar ishtirokchilari tegishli yuridik huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar. Masalan, ishga kirish bilan bogʻliq huquqiy munosabatda ishga qabul qilingan xodimda muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona maʼmuriyatida esa tegishli ish haqi toʻlash majburiyati paydo boʻladi. Ayni paytda, ikkala tomon ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadi. Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun moddiy asoslar (tomonlarning xohish-istagi, manfaati) va yuridik asoslar (shu ijtimoiy munosabatni tartibga soladigan tegishli huquq normasinnng mavjudligi, tomonlarning huquq va muomala layoqatiga ega boʻlishligi, yuridik faktning mavjudligi) boʻlishi lozim. Huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etuvchi, ularning vujudga kelishi uchun zarur boʻlgan tarkibiy qismlari bor. Bular Huquqiy munosabatlarning subʼyekti, obʼyekti, subʼyektiv huquq va yuridik majburiyatlardir Huquq obyekti - huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan subyektlarning diqqat-eʼtibori, manfaati, xatti harakati qaratilgan tayin neʼmat, narsa, jarayonlar. Masalan, uy-joy oldi-sotdi shartnomaviy munosabatining obyektini uy-joy tashkil etadi; odam joniga qasd qilish jinoyatining obʼyekti — insonning hayoti va qadr-qimmati hisoblanadi. Huquqiy munosabatlarning obyekti hayot hodisalari, ijtimoiy voqeliklar kabi turli-tumandir. Ularni asosan quyidagicha tasniflash mumkin: buyumlar, ashyolar, moddiy olam neʼmatlari; maʼnaviy ijod mahsulotlari; inson faoliyati, xulqatvori; shaxsiy nomulkiy neʼmatlar. Tabiat neʼmatlari va odamning mehnat faoliyati jarayonida yaratilgan narsalar yuridik maʼnoda buyum (ashyo) lar boʻlib, ular asosida huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Moddiy olam neʼmatlari obyekt boʻluvchi huquqiy munosabatlarga oldi-sotdi, mahsulot ayirboshlash, hadya, meros kabi munosabatlar kiritiladi. Intellektual-aqliy faoliyat natijasi maʼnaviy ijod mahsulotlari boʻlib, ular yuzasidan ham turli huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Inson faoliyati, xulq-atvori ham huquqiy munosabatlar vositasida tartibga solinuvchi obyekt sifatida koʻriladi. Huquqiy munosabatning shaxsiy nomulkiy obyekti deganda insonning bevosita shaxsiyati bilan bogʻliq narsalar — uning hayoti, qadr-qimmati. shaʼni, sogʻligʻi kabilar tushuniladi. Bular jinoyat qonuni, fuqarolik, maʼmuriy, nikoh va oila hamda boshqa qonunchilik sohalari tomonidan muhofaza etiladi. 3. Huquq normalarini sharhlash usullarini muhokama eting. Huquqiy normalar hayotda to‘g‘ri qo‘llanib, ular orqali davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar o‘rtasida turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shuning uchun huquqiy normani hayotga tadbiq etishda shu huquqiy norma bilan hal qilinadigan ishni har taraflama o‘rganish va ishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish kerak. So‘ngra, fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasidagi tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarni sharhlash lozim. "Norma" so‘zi lotincha bulib, u o‘zbekchada "me’yor", "qoida", "namuna" degan ma’nolarni anglatadi. Xaqiqatan ham har bir norma o‘zida biron bir harakatni, yurish-turish qoidasini, modelini ifodalaydi. Qonun va boshqa huquqiy aktlar matnidagi so‘z va iboralarni grammatik, mantiqiy va yuridik jihatdan talqin etish, tushunib olish muhimdir. Bunda tatbiq etilayotgan normaning, har bir moddasining ta’sir etish doirasini belgilash, bular bilan tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun siyosiy va yuridik malaka talab etiladi. Amaliyotda huquqiy normalar qo‘llanib hal qilinadigan ishlar sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlari tomonidan ko‘rilayotganda, yo‘l ko‘yiladigan xatolarning ko‘pchiligi-huquqiy normalarni noto‘g‘ri tatbiq etish va sharhlash natijasi bo‘lib chiqadi. Shu bois, hayotda tatbiq etilayotgan huquqiy normalar bilan tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun birinchi navbatda bu huquqiy normaning ma’nosi va mazmunini aniqlash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy normalarning mazmunini aniqlash uchun quyidagi usullar ishlatiladi: Grammatik usulda qo‘llaniladigan huquqiy norma mazmuni uning matni grammatik-filologiya, til qoidalariga asosan tahlil qilib beriladi. Huquqiy norma matnidagi so‘z va iboralarning, masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidagi «yomon oqibatlar», «ig‘vo qilish», «jinoyat tarkibi» va boshqalarning mazmunini anglatadi. Bunda huquq normasi matnidagi har bir so‘z va jumlaning mazmuni grammatik jihatdan to‘g‘ri va noto‘g‘riligi tahlil qilinadi. Grammatik usulda tatbiq qilinadigan huquqiy norma turli joylarda uchraydigan so‘z va iboralarning to‘g‘riligiga, ularning o‘xshashlik va bog‘liqlik tomonlariga e’tibor berib, huquqiy normalarning mazmunini aniqlab, keyin ular sharhlanadi. Mantiqiy usulda-tatbiq etiladigan huquqiy normalarning mazmuni mantiq fanining qonuniyatlariga asosan aniqlanadi. Bunda huquqiy norma matnidagi ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki va uzviy mantikiy jihatdan bog‘langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning mazmuni aniqlanadi. Masalan, O‘zR FKning 15-modsasida «Ruhiy kasalligi yoki akli zaifligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilishi mumkin», deyilgan. Demak, voyaga yetgan fuqaro ruhiy kasal bo‘lsa ham, to sud tomonidan «muomalaga layoqatsiz», deb qaror chiqarilib, tan olinguncha mantiqan muomalaga layoqatli, deb faraz kdlinadi. Tarixiy-siyosiy usulda tatbik etilayotgan huquqiy normaning mazmuni qaysi tarixiy sharoitda, davlatning qaysi organi tomonidan, qanday maqsadda chiqarilganligi aniqlanadi. Hozirgi harakatdagi, 1994-yilda qabul qilingan O‘zR JKning 227-moddasi 1-qismida bezorilik jinoyatiga quyidagacha ta’rif berilib, unda yuqoridagi so‘zlar olib tashlangan: «Bezorilik, ya’ni jamoat joylarida tartib-qoidalarga qasddan hurmatsizlik bildirish, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zga-ning mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish jiddiy zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha mikdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi».Tarixiy-siyosiy usulda har bir huquqiy normaning qanday sharoitda, qanday maqsadda chiqarilganligiga e’tibor beriladi. Bu usul tergov, prokuratura va sud organlarida huquqiy normalar bilan tegishli ishlarni ko‘rib hal etishda muhim rol o‘ynaydi. Sistematik usulda – tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmunini boshqa huquqiy normalar bilan solishtirib, uning tegishli huquq sohasi normalari tizimidagi o‘rnini aniqlash kerak. Bu usulda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning yangisi bilan almashtirilganligi, qo‘llashda qoidadan istisno bor-yo‘qligi aniqlanadi. Masalan, O‘zR FKning 321-moddasida mulkni ijaraga oluvchi tomonidan yomonlashtirilgan holda yetkazilgan zararlarning ijaraga beruvchiga to‘lanishi to‘g‘risida aytiladi. Zararning to‘la-nishi to‘g‘risida O‘zR FKning 479-modsasida ham aytiladi. Bu yerda zarar yetkazilishi, shartnoma bo‘yicha olingan majburiyatning buzilishi uchun bu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, yetkazilgan zararning undirilishi masalasi o‘zR FKning 479-moddasi bilan emas, balki 321-moddasi bilan hal etiladi. Maxsus yuridik usul – yuridik fan va qonunchilikda maxsus terminlar va tushunchalar mavjudligi bilan belgilanadi. Ko‘pchilik fuqarolar uchun “ subyektiv huquq, gipoteza, davo muddati, prezumsiya, kabi tushunchalar notanish bo‘ladi. Teologik (Maqsadli) usul - muayyan normativ huquqiy aktni qabul qilishda qonun chiqaruvchi nazarda tutgan maqsadlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi. Ko‘pincha bu maqsadlar qonunning o‘zida, muqaddimada ko‘rsatiladi. Funksional usul – Huquqiy normalarning funksional vazifalari-ni e’tiborga olgan holda sharhlanadi. Normaning asl mazmuni Bilan uning matn ifodasi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat masalasi muhim hisoblanadi. Huquqiy normalar mazmuni yuqoridagi usullar bilan sharhlanadi. B bo`lim kazusga javob 2. Ҳуқуқий давлат фуқаролик жамиятининг сиёсий шакли бўлиб, жамият ҳаётида демократик институтларнинг ривож топиши, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш тизими мавжудлиги билан тавсифланадиган, инсон ҳуқуқ ва манфаатларини устувор таъминлайдиган давлатдир. Шунингдек, ҳуқуқий давлат ҳуқуқ ва қонуннинг устунлиги, қонун ва суд олдида барчанинг тенглиги таъминланадиган, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари кафолатланган, давлат ҳокимияти ваколатлари демократик тақсимлаш асосида ташкил этиладиган адолатли давлат сифатида таърифланади. Ҳуқуқий давлатнинг асосий белгиларини атрофлича тушунтиринг. Kazusga javob berishdan avval huquqiy davlat haqida ma`lumot berib o`taman: Huquqiy davlat - davlat tuzilishi va faoliyatining huquqga asoslanganligi. Huquqiy davlat gʻoyasini antik mutafakkirlar ilgari surgan edilar. I.Kant esa unga ilmiy-falsafiy taʼrif bergan. Huquqiy davlatda davlatning quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yurgizishi va amal qilishi shart hisoblanadi: xalq suvereniteti; shaxsning huquq va erkinliklarining hech kim, shu jumladan, davlat tomonidan ham har qanday holda buzilmasligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; hokimiyatning boʻlinishi tamoyiliga amal qilish; sudlarning mustaqilligi, xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustun boʻlishi. Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Oʻzbekistonning mustaqil davlatchiligi davrida konstitutsiya va qonunlarning ustunligi gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi. Qonunni chetlab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirdi. Huquqiy davlatning asosoiy belgilari quydagilar : 1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha shaxslar – ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo‘ysunadilar. 2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak. 3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishi va ta'minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilganidan tegishli bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap eng avvalo insonning yashashi, erkinlik, dahlsizlik va xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar. 4. Davlat va fuqaroning o‘zaro mas'uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining me'yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu chegaralarda o‘zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi. 5. Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat qonuniy deb e'tirof etilishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi shart: demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lishi; samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat'iy tartibni ta'minlashi; ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi. 6. Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi. Davlat hokimiyati bir qo‘lda to‘planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog‘ini – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi. 7. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali faoliyat yuritishi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak, ushbu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak. 9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong – huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo‘ladi. 10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma'lum bir muxolifatning bo‘lishi zarur. Download 22.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling