Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet232/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo'lsa, o'sha taraf hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligi oqibatida bekor qilingan bo'lsa, hakamlik bitimi tarafi hakamlik sudiga yangidan da'vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Shuningdek hakamlik muhokamasi taraflarining o'zaro roziligi bilan o'rtalarida yuzaga kelgan nizoni hal qilish uchun IPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan ular iqtisodiy sudga murojaat etishi ham mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori quyidagi asoslarga ko'ra: a) hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida; b) hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to'g'ri kelmaydigan nizo bo'yicha chiqarilganligi; d) hal qiluv qarorida hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo'yicha xulosalar mavjudligi oqibatida iqtisodiy sud tomonidan to'liq yoki qisman bekor qilingan bo'lsa, hakamlik muhokamasi taraflari oldingi tuzilgan hakamlik bitimiga asoslangan holda hakamlik sudiga murojaat qila olmaydilar, ya'ni ushbu asoslar hakamlik muhokamasi taraflarini hakamlik sudiga yangidan murojaat qilishini istisno qiluvchi holatlar hisoblanadi.
Bunday hollarda ular IPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishlari mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ish bo'yicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan IPKning
259-, 282-, 307-moddalarida belgilangan tartibda apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
3. Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishlarni yuritish.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori qoida tariqasida mazkur hal qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida ijro etish muddati belgilanmagan bo'lsa, u darhol ijro etilishi kerak. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori unda belgilangan muddatda ixtiyoriy ijro etilmagan bo'lsa, u majburiy ijro etilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq vakolatli sud bergan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. Vakolatli sud sifatida iqtisodiy sudlar hakamlik muhokamasi taraflari yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar bo'lgan taqdirda ijro varaqasi berishlari mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish huquqiga hakamlik muhokamasining har ikki tarafi ega bo'lsada, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga faqat hal qiluv qarori uning foydasiga qabul qilingan hakamlik muhokamasi tarafi egadir. Amaldagi qonunga muvofiq hakamlik muhokamasi taraflari - o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun hakamlik sudiga da'vo taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar (da'vogarlar), shuningdek o'ziga nisbatan da'vo taqdim etilgan shaxslar (javobgarlar) hisoblanadi. Odatda, hakamlik sudi tomonidan da'vogarning da'vo arizasini to'liq yoki qisman qanoatlantirish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qilinganda da'vogar iqtisodiy sudga ijro varaqasi olish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo'lsalar, hakamlik sudi nizo bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar javobgar dastlabki da'vo bilan birga ko'rib chiqish uchun da'vogarga qarshi da'vo taqdim etishga haqlidir. Hakamlik sudi qarshi da'voni to'liq yoki qisman qanoatlantirib, dastlabki da'voni qisman yoki to'liq rad etgan hollarda javobgar hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga ishda ishtirok etgan yoki etmaganligidan qat'i nazar uchinchi shaxslar haqli emas, shu jumladan hakamlik sudi ham o‘zi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini majburiy ijro etishga tashabbus ko'rsatuvchi subyekt sifatida ishtirok eta olmaydi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza qaysi iqtisodiy sudga berilishi lozimligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Sud hujjatlarini ijro etish jarayonida hakamlik muhokamasi taraflari - “da'vogar” va “javobgar” deb emas balki “undiruvchi” va “qarzdor” deb ataladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijrosini tezkorlik bilan ta'minlash maqsadida undiruvchi tomonidan ijro varaqasini olish to'g'risidagi ariza: birinchidan, hakamlik sudi joylashgan yerdagi; ikkinchidan, qarzdor davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi; uchinchidan, qarzdor davlat ro'yxatidan o'tgan joy noma'lum bo'lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling