Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida murojaat qilish huquqi


Download 464.55 Kb.
bet240/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash
to‘g‘risida murojaat qilish huquqi


Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so'rab iqtisodiy sudlarga belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli. Iqtisodiy protsessual kodeksning 3-moddasida belgilangan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida qayd etilgan shaxsning huquq va erkinliklarini sud himoyasi bilan kafolatlanganligini bildiruvchi asosiy tamoyillardan biridir.
IPKning 148-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sudlarga ishlar manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda davlat organlari va boshqa organlarning da’vo arizalari va arizalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Da'vo arizasi yoki ariza sudga belgilangan shakl va mazmunda taqdim etilishi bilan iqtisodiy protsessga asos solinadi va iqtisodiy protsessning mustaqil birinchi bosqichi bo‘lgan sudda ish qo‘zg‘atish boshlanadi.
IPKning 215-moddasida huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga umumiy qoidalardan farqli o‘laroq huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlar ma’muriy (ommaviy) huquqiy munosabatlardan kelib chiqishi, bu ishlarda bir tomonda davlat nazorat qiluvchi organlari va ikkinchi tomonda tadbirkorlik subyektlari bo‘lganligi sababli bu turkum nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilishga davlatning nazorat qiluvchi organlari haqlidirlar. Nazorat qiluvchi organlarning iqtisodiy sudga tadbirkorlik subyektlariga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq murojaatlari ariza shaklida amalga oshiriladi.
Ariza yozma shaklda taalluqlilik va sudlovlilik qoidalariga rioya qilingan holda, vakolatli shaxs tomonidan imzolangan holda iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, pul mablag‘larini so‘zsiz tartibda undirish huquqiga ega bo‘lmagan nazorat qiluvchi organ moliyaviy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi talab bilan bir vaqtning o‘zida uni undirish to‘g‘risidagi talabni ham qo‘yishi mumkin.
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq arizalar javobgar- tadbirkorlik subyekti joylashgan hududdagi iqtisodiy sudga beriladi. Umumiy qoidalardan istisno tariqasida IPKning 33-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra yuridik shaxsga nisbatan uning alohida bo'linmasi faoliyatidan kelib chiqadigan arizalar alohida bo‘linma joylashgan joydagi iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli qarorining 36 bandida iqtisodiysudlarga Soliq kodeksi amalga kiritilishi munosabati bilan 2008 yil 1 yanvardan boshlab sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta’sir choralari faqat tadbirkorlik subyektlariga emas, balki barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sud tartibida qo‘llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o'tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to'lovchi sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno ekanligi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlar ma’muriy ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqishi munosabati bilan iqtisodiy sud jarayonlarida nazorat qiluvchi organlar arizachi, huquqiy ta’sir choralarini qo'llash talab qilinayotgan tadbirkorlik subyektlari esa javobgar deb yuritiladi.
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlar odatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish yakunlariga ko'ra nazorat qiluvchi organlar tomonidan qo'llaniladigan choralardan faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektining noroziligi oqibatida kelib chiqadi. Agarda tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikni tan olib nazorat qiluvchi organ tomonidan qo'llanilgan jarima va penyalarni o‘z vaqtida to'lasa, ularga nisbatan tegishli huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni o'tkasish tartibi qonun hujjatlari bilan qatiy belgilangan.
O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunida boshqa masalalar bilan bir qatorda tekshirishlarni o'tkasish asoslari, davriyligi va muddatlari tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentyabrdagi 12/239-sonli qarori bilan tekshirishlarni qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lmasdan o‘tkazilgan holda, u noqonuniy hisoblanishi, FPKning 56-moddasi ikkinchi qismi va IPKning 66-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar dalil sifatida qabul qilinmasligi haqida tushuntirish berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining - “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-sonli Farmonining 2-bandida tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilinib, jinoyat ishi doirasida va yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar bundan mustasno ekanligi belgilangan.
Mazkur moratoriy 2020-yil 22-yanvargacha bo‘lgan muddatda amal qilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, agar davlat soliq xizmati organi qayd etilgan muddatda tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik subyektiga huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilsa, mazkur holat arizadagi talabni qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘ladi, jinoyat ishi doirasida va yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tekshirishlar, shuningdek qisqa muddatli tekshirishlar bundan mustasno.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga ko‘ra, 2018-yil 1-
sentyabrdan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinib, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanishi belgilandi.
Tashkiliy huquqiy faoliyatidan kelib chiqib nazorat qiluvchi organlariga tadbirkorlik subyektlarini qaysi faoliyatlari yo‘nalishlarini nazorat qilishlari alohida qonunlar yoki qonunosti hujjatlari bilan belgilangandir. Nazorat qiluvchi organlarning ayrimlari misolida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildiramiz.
Tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazoratini eng asosiy qismini davlat soliq idoralari amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasi “Davlat Soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash maqsadlarida tuzilgan bo‘lib, soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda soliq nazoratini amalga oshiradi.
Bojxona organlari tovarlarni O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o'tilishi munosabati bilan to'lanishi lozim bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha soliq nazoratini o‘z vakolatlari doirasida Soliq kodeksiga va bojxona to'g'risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Soliq nazorati: soliq to‘lovchilarni hisobga olish; soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish; budjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish; kameral nazorat; naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji; soliq tekshiruvlari; fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash; aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish; davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish; boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiradigan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish shakllarida amalga oshiriladi .
Soliq nazorati amalga oshirilayotganda Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzgan holda soliq to‘lovchi to‘g‘risida axborot to'plash, saqlash, undan foydalanish va uni tarqatishga, shuningdek soliq sirini oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi .
Qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hujjatlar yoki boshqa axborot soliq to‘lovchini soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘la olmaydi.
Soliq kodeksining 108-moddasi to'rtinchi qismiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanktsiyalar yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda qo‘llaniladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsning aybli ijtimoiy xavfli qilmishi uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka tortilganligi uni soliqqa oid huquqbuzarligi uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Soliq kodeksida nazarda tutilgan javobgarlikka tortishdan ozod qilmaydi.
Shuni alohida e'tiborga olish lozimki, Soliq kodeksining 109-moddasi birinchi qismiga muvofiq soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda soliq to‘lovchilarning javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yo‘qligi;
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo‘qligi.
Soliq kodeksining 110-moddasida belgilangan holatlar soliq to'lovchining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar hisoblanadi hamda bunday holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lganda soliq to‘lovchi javobgarlikka tortilmaydi.
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar e'tirof etiladi:
soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari bo'lgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi (mazkur holatlar hammaga ma’lum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan belgilanadi);
soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgan qilmish bunday qilmish sodir etilgan paytda kasallik oqibatida o‘z harakatlarini o‘zi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda bo‘lgan (mazkur holatlar mazmuni, mohiyati va sanasi bo‘yicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan o‘sha soliq davriga taalluqli bo'lgan hujjatlarni taqdim etish orqali isbotlanadi) jismoniy shaxs - soliq to‘lovchi tomonidan sodir etilganda;
vakolatli organlar yoki ular mansabdor shaxslarining soliqqa oid qonun hujjatlarining qo'llanilishi masalalari bo'yicha o‘z vakolatlari doirasida bergan yozma tushuntirishlari soliq to‘lovchi tomonidan bajarilganda (mazkur holatlar ushbu organlarning tegishli hujjatlari mavjud bo'lgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjatlar ma’nosi va mazmuniga ko‘ra hujjatlar qabul qilingan sanadan qat’i nazar, soliqqa oid huquqbuzarlik yuz bergan soliq davriga taalluqli bo'lishi lozim).
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar e'tirof etiladi:
huquqbuzarlik sodir etish vaqtida o‘n olti yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda;
soliq majburiyatlari bo‘yicha da’vo muddatlari tugaganda.
Soliq majburiyatlari bo‘yicha da’vo muddatlarining tugaganligi soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holat deb e'tirof etiladi. Shu munosabat bilan soliq to‘lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi davlat soliq xizmati organining talabi bo‘yicha da'vo muddati huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi.
Davlat raqobat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari va arizalar berish, normativ-huquqiy hujjatlar qo‘llanilishi va buzilishi bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqish jarayonida qatnashish;
davlat organlaridan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan, shu jumladan tijorat banklaridan va boshqa tashkilotlardan Davlat raqobat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni so‘rash va bepul olish;
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ- huquqiy hujjatlar buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar belgilari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tahlil qilish (o‘rganish, tekshirish);
zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini normallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, shuningdek tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya amalga oshirilayotgan korxonalarning umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning funksional mansubligi bo‘yicha tegishli xo‘jalik birlashmalari balansiga berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
Qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda uni majburiyatlarni ijro etish boshqaruvchisidan ozod etish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilish, sud boshqaruvchilariga berilgan attestatlarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va to‘xtatish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan xo‘jalik jamiyati bo‘yicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja a’zolari va rieltorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandida qayd etilgan boshqa huquqlarga egadir.
Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan mansabdor shaxslarga va fuqarolarga jarimalar solish O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Moliyaviy sanktsiyalar solish bo'yicha Davlat raqobat qo'mitasiga berilgan huquqlar va vakolatlar faqat Davlat raqobat qo‘mitasining markaziy apparatida va hududiy organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan maxsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni barchasi ham sudlarga taalluqli emas. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish ushbu litsenziyalovchi organlar tomonidan sudga murojaat qilinmasdan amalga oshiriladi. Agar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) to'xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilingan holda sudlar IPKning 154- moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda arizani qabul qilishni rad etishi, agar bu holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlangan bo'lsa, IPKning 110-moddasi 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatishi lozim bo‘ladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling