Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet237/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, hakamlik sudining 2018-yil 2-mayda qabul qilgan hal qiluv qarorida uni ixtiyoriy ijro qilish uchun olti oy (2018-yil 2-
noyabrgacha) muddat belgilangan bo'lib, da'vogar hal qiluv qarorini majburiy ijro qilish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga 2014-yil 2-oktyabrda murojaat qilgan taqdirda mazkur hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy bo'lmaganligi sababli ijro varaqasini berishni rad qilishga asos bo'ladi.
Shuningdek hakamlik muhokamasi tarafi (qarzdor) iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarori bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi iqtisodiy sud yoki fuqarolik ishlari bo'yicha sud tomonidan to'xtatib turilganligini isbotlovchi tegishli ajrim nusxasini taqdim qilishi ham ijro varaqasini berishni rad qilishga olib keladi.
Hakamlik sudi tomonidan ko'rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo'lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko'rib chiqilgan bo'lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to'g'risida hal qiluv qarorini qabul qilgan bo'lsa, iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ish bo‘yicha ajrimi.
Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha IPKda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo'lishi kerak:

  1. hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;

  2. hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

  3. hakamlik sudining hal qiluv qarori to'g'risidagi, arizachi majburiy ijro etilishini iltimos qilayotgan ijro varaqasini berish haqidagi ma'lumotlar;

  4. hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko'rsatma.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo'qolmagan bo'lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki IPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga to'sqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to'g'ri kelmaydigan nizo bo'yicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo'yicha to'xtamlar mavjudligi yoki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo'lishi mumkin emasligi oqibatida iqtisodiy sud tomonidan to'liq yoki qisman rad etilgan bo'lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun IPKda nazarda tutilgan qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishlari mumkin.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ish bo'yicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan IPKning 259, 282, 307-moddalarida belgilangan tartibda apellatsiya,
kassatsiya va nazorat shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling