Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sudning hal qiluv qarori


Download 464.55 Kb.
bet245/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha
iqtisodiy sudning hal qiluv qarori


Hal qiluv qarori iqtisodiy sud birinchi instantsiyasining sud hujjati bo‘lib, da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talabini mazmunan hal qiladigan, taraflarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari hamda buzilgan, shuningdek nizolashilayotgan huquqlarini himoya qiladigan hujjat hisoblanib, sud majlisida ishni ko'rish tugagandan keyin qabul qilinadi.
Apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari hamda nazorat tartibida keltirilgan protestlarni ko'rish natijasida esa sud tomonidan qaror qabul qilinadi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan IPKning 21-bobida belgilangan qoidalar asosida qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161- sonliqarorida berilgan tushuntirishlar muhim ahamiyatga ega.
Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash yoki arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilinganda arz qilingan talab qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligiga qarab, unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar turlicha bo‘ladi. Arz qilingan talab rad etilganda IPKning 179-moddasida qayd etilgan umumiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim bo‘ladi. Arz qilingan talab qanoatlantirilganligi taqdirda esa, IPKning 179-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari hal qiluv qarorining xulosa qismida huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan shaxsning nomi, masalan “Atlas” Aksiyadorlik jamiyati, “Ko‘hinur” Mas’uliyati cheklangan jamiyati, xususiy tadbirkor “Amonov Eldor Sherovich” deb aniq qilib ko‘rsatilishi lozim.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlardan yana biri huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Bunday hujjatlar qatoriga O'zbekiston Respublikasi qonunlarini, masalan, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi, Soliq kodeksining 113-121-moddalari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, masalan, 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 245-sonli qarori va hokazolarni ko‘rsatishimiz mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida IPKning217-moddasida ko‘rsatilgan iqtisodiy sudlar orqali qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan huquqiy ta’sir choralarining har bir turi (masalan, faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, faoliyatni cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib turish hollari mustasno; banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo‘yishva h.k.) alohida ko‘rsatilishi lozim. Moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilgan taqdirda esa uning miqdori, zimmasiga moliyaviy jazo chorasi summasini undirish yuklatilgan nazorat qiluvchi organning nomi ko‘rsatilishi lozim. Quyidagi iqtisodiy ish yuzasidan qabul qilingan qaror bunga misol bo‘la oladi.
Nazorat kiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiriuvchi tuman xududiy komissiyasining 2011-yil 5-dekabrdagi 06-1359-sonli ruxsatnomasi, tuman DSI tomonidan “Biznes taom” MCHJda soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish o'tkazilgan.
Tekshirish natijalariga asosan jamiyatga tegishli oshxonada oshxona xodimi tomonidan xaridorga NKM cheki urib bermaganligi va naqd pul summalari NKM xotirasiga kirim qilinmaganligi, tovarlarga kirim hujjatlari mavjud emasligi hamda alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olmasdan spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanganligi aniqlanib, SKning 114-moddasiga asosan NKM xotirasiga kirim qilinmagan 17200 so‘m va kirim hujjatlarisiz savdoga qo‘yilgan 60950 so‘mlik tovarlar uchun yashirilgan tushum miqdorida, SKning 119- moddasiga asosan NKM cheki berilmaganligi uchun 1.887600 so‘m miqdorida hamda alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olmasdan spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanganligi uchun 12.584000 so‘m miqdorida, jami 14.532550 miqdorida moliyaviy jarima qo'llash belgilangan.
Tekshirish natijalari bo'yicha tuman Davlat soliq inspeksiyasining korxonaga moliyaviy jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarori javobgarga pochta aloqasi orqali yuborilgan, lekin u belgilangan muddat davomida moliyaviy jarimani to‘lamagan.
Sud arizachining talabini asosli deb topib, uni to'liq qanoatlantirishni, javobgar “Biznes taom” MCHJga nisbatan Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan NKM xotirasiga kirim qilinmagan 17200 so‘m va kirim hujjatlarisiz savdoga qo‘yilgan 60950 so‘mlik tovarlar uchun yashirilgan tushum miqdorida, 119-moddasiga asosan NKM cheki berilmaganligi uchun 1.887600 so‘m miqdorida hamda alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olmasdan spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanganligi uchun 12.584000 so‘m miqdorida, jami 14.532550 so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llashni lozim topgan. Moliyaviy jarima summasini undirishni tuman davlat soliq inspeksiyasi zimmasiga yuklatilgan. Misoldan ko‘rinib turibdiki, sud Soliq kod^ksining bir nc'chta moddalari asosida mas’uliyati chc'klangan jamiyatga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llab, uni undirish majburiyatini tuman soliq insp^ksiyasi zimmasiga yuklagan.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarning ko‘pchiligi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklaydigan, to'xtatib turadigan va taqiqlaydigan, shuningdek litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini to‘xtatib turish muddatlari bilan bog‘liq bo‘lib, hal qiluv qarorida to‘xtatib turiladigan muddatning davomiyligiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunday muddatlarni, fikrimizcha, ikkiga ajratish kerak. Birinchisi bu sud tomonidan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir chorasini aniq bir muddatga, ya’ni bir, ikki yoki uch oygacha to‘xtatish. Ikkinchisi esa muddatni qandaydir shartlarni bajarilguniga qadar to‘xtatiladi. Masalan, banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalari, budjet va budjetdan tashqari jamg'armalarga to'lovlar, oylik ish haqi to‘lovlarini istisno etganda, jamiyat rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov tamomlanguniga va uning natijalari bo'yicha qaror qabul qilinguniga qadar yoki sud hukmi chiqqunigacha bo‘lgan muddatda to‘xtatib turilishi mumkin.
Misollardan ko‘rinib turibdiki, sud hal qiluv qarorini qabul qilishda faoliyatni to‘xtatib turish muddatlarini aniq qilib ko‘rsatishi lozim.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida amal qilishi to'xtatib turilgan yoki tugatilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning (ruxsatnomaning) nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani (ruxsatnomani) bergan organ (masalan, Sog'liqni saqlash vazirligi) to'g'risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Sud agar lozim topsa, hal qiluv qarorida boshqa ma’lumotlarni ham ko‘rsatishi mumkin. Jumladan banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatishga asos bo'lgan holatlar bartaraf etilganidan so'ng bankka hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni tiklash to'g'risida ko'rsatma berishi mumkin va h.k.
Iqtisodiy sudning huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo'yicha hal qiluv qaroriga apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari berilishi mumkin. Mazkur toifadagi nizolar bo'yicha apellatsiya shikoyati berish muddati umumiy tartibdagi bir oylik muddatda emas, balki o‘n kunlik muddat ichida beriladi. Chunki IPKning 222-moddasiga ko'ra hal qiluv qarori, agar apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo'lsa, u qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
Agarda apellatsiya shikoyati (protesti) berilib, hal qiluv qarori bekor qilinmagan bo'lsa, u apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
IPKning 188-moddasida belgilangan muddatdan farqli ravishda, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorining ko'chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kunida iqtisodiy sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling