Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet246/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQLAR:

  1. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasini aniqlang.

  2. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaning shakli, mazmuni va unga ilova qilinadigan hujjatlarni tushuntiring.

  3. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini tushuntiring.

  4. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi xo‘jalik sudining hal qiluv qarori va uni rasmiylashtirish tartibini tushuntiring.

KAZUSLAR
1-kazus
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi o‘rinlarda arizachi yoki markaz) xo‘jalik sudiga murojaat qilib, XATB “RAVNAQ-BANK” (keyingi o‘rinlarda javobgar)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuning 55-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi bandiga muvofiq tekshiruvchi organlar va nazorat qiluvchi organlarni atayin noto‘g‘ri ma’lumotlart arqatish (taqdim etish) orqali chalg‘itganligi uchun eng kam ish haqining to‘rt yuz baravari 25.16800 so‘m moliyaviy sanksiya qo‘llashni va uni undirishni so‘ragan.
Sudning qarori bilan arizachining ariza talablari qisman qanoatlantirilgan.
Da’vogarning javobgarga nisbatan iqtisodiy jarima qo‘llash to‘g‘risida 2013-yil 29-dekabrda qabul qilingan 08-78/09-11-sonli qarorida iqtisodiy sanksiya eng kam ish haqining shu kundagi amalda bo‘lgan 96.105 so‘m miqdoridan kelib chiqqan holda belgilangan. Holbuki, javobgar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlangan kunda (tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma 2013-yil 3-sentabrda rasmiylashtirilgan) amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqining miqdori 91530 so‘mni tashkil etgan.
Sud huquqbuzarlik aniqlangan kunda amalda bo‘lgan eng kam ish haqi miqdori 91530 so‘mdan kelib chiqib, javobgarga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llashni va uni undirishni lozim deb topgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Sud tomonidan huquqiy ta’sir chorasi summasini hisoblashda nima uchun yuqorida qayd etilgan mezonlarga asoslanganligini tahlil eting.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling