Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Apellatsiya instansiyasida ishni ko‘rish chegarasi va vakolatlari


Download 464.55 Kb.
bet254/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Apellatsiya instansiyasida ishni ko‘rish chegarasi va vakolatlari

Apellatsiya instansiyasida ish yuritish xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning tarkibiy qismidir. Shuning uchun apellatsiya instansiyasida ishni birinchi instansiya xo‘jalik sudida ko‘rib chiqish qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Ish apellatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ko‘rilishi mumkin. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qo‘llanilmaydi.
Apellatsiya instansiyasida, xususan, ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish (IPKning 45-moddasi); da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirish va kamaytirish yoxud da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechish (IPKning 157-moddasi); uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish (IPKning 47, 48-moddalari); bitta da’vo arizasida bir nechta talablarni birlashtirish, bir nechta ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish, talablarni alohida ish yuritishga ajratish (IPKning 149,158,159-moddasi); qarshi da’voni taqdim etish (IPKning 160-moddasi) to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilmaydi.
Apellatsiya instansiyasining sud majlisi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch bosqichdan iborat:
tayyorlov bosqichi;
apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bosqichi;
apellatsiya qarorini chiqarish va e’lon qilish bosqichi.
Tayyorlov bosqichida sud quyidagilarni bajarishi kerak: ishda ishtirok etuvchi taraflarning ishtirokisiz ko‘rish imkoniyati masalasini hal etish; ishda ishtiok etuvchi taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirish hamda ular bayon qilgan iltimosnomalarni hal etish, shuningdek IPKning 165-moddasida ko‘zda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish.
Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bosqichida sud majlisiga raislik qiluvchi yoki a’zolardan biri ma’ruza qilib, birinchi instansiya sudida taraflar so‘ragan talablar va dalillar mazmunini, apellatsiya shikoyati, unga ilova qilingan hujjatlarning mazmunini tushuntirib beradi. Shundan keyin apellatsiya shikoyati keltirgan taraf, undan keyin esa ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, qo‘shimcha keltirilgan ish materiallarini ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng sud maslahatxonaga qaror qabul qilish uchun ketadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling