Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
Apellatsiya shikoyati (protesti)ga qo‘yiladigan talablar
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
Apellatsiya shikoyati (protesti)ga qo‘yiladigan talablar
Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: shikoyat (protest) yo‘llangan iqtisodiy sudning nomi; shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning nomi; ustidan shikoyat berilayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti; shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning talablari va hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblashining asoslari, bunga dalil bo‘lgan qonun hujjatlari hamda ish materiallari; shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati. Apellatsiya shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan, apellatsiya protesti esa prokuror tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma u avval shu ish bo‘yicha berilmagan bo‘lsa, ilova qilinadi. Shikoyatga (protestga) shikoyat (protest) nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.Bundan tashqari, shikoyatga davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi dalillar ham ilova qilinadi. Apellatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning va unga ilova qilingan, bu shaxslarda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi. Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olgach, u yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini va fikr-mulohazaning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni apellatsiya shikoyati ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda iqtisodiy sudga yuborishga haqlidir. Fikr-mulohaza ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.Vakil tomonidan imzolangan fikr-mulohazaga uning ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. Fikr-mulohazaga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda fikr-mulohazada ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling