Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet251/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: apellatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan, xususan, ishda ishtirok etmagan, birinchi instansiya sudi uning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilmagan shaxs tomonidan berilgandashikoyat (protest) IPKning 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilinishi rad etiladi. Agar apellatsiya shikoyati (protesti) IPKga muvofiq shikoyat qilinmaydigan sud hujjatiga berilgan bo‘lsa, uni ham IPKning 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilishni rad etish lozim.
Ajrimlar ustidan apellatsiya shikoyatlari (protestlari) hal qiluv qarorlarini shikoyat (protest) qilish nazarda tutilgan tartibda beriladi. Shikoyat (protest) qilish imkoni IPKning normalarida to‘g‘ridanto‘g‘ri nazarda tutilgan va ish ko‘rishni davom ettirishga to‘sqinlik qilayotgan ajrimlargina shikoyat (protest) qilinishi mumkin. IPKda shikoyat (protest) qilinishi nazarda tutilmagan boshqa ajrimlar yuzasidan e’tirozlar ishni mazmunan ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati shikoyat (protest) qilinganda bildirilishi mumkin.
IPKning 281-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellatsiya shikoyatlari (protestlari) sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi.
Ajrim ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi: ajrimni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) qanoatlantirmasdan qoldirishga; ajrimni o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga, da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g’risidagi ajrimni bekor qilishga va da’vo arizasini, ishni birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish uchun yuborishga haqli.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi, uning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilinganidan boshlab besh kunlik muddatda yuboriladi.
Agar IPKning 189-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish yoki IPKning 190-moddasiga muvofiq hal qiluv qaroriga tushuntirish berish, yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi arifmetik xatolarni tuzatish yo‘li bilan hal qiluv qaroridagi kamchiliklar bartaraf qilingan bo‘lsa ham, apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish rad qilinishi mumkin.
Birinchi instansiya sudida ishtirok etayotgan vakil, shu jumladan advokat sudning hal qiluv qaroriga berilgan apellatsiya shikoyatini, agar vakil qilingan shaxsga berilgan ishonchnomada bunday protsessual harakatni amalga oshirish IPKning 63-moddasiga ko‘ra qayd etilgan bo‘lsa, imzolashga haqli. Agar
apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng shikoyatga (protestga) imzo qo‘ygan shaxsning uni imzolashga haqli ekanligiga shubha tug‘ilsa, arizachiga tegishli dalillarni taqdim etish taklif etiladi. Bunday dalillar taqdim etilmaganda shikoyat (protest) IPKning
107-moddasi 3-bandiga mos holda ko‘rmasdan qoldiriladi.
Apellatsiya shikoyatini birinchi instansiyada hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudning apellatsiya instansiyasi ko‘radi. Masalan, ish birinchi instansiyada Toshkent viloyati iqtisodiy sudida ko‘rilgan bo‘lsa, apellatsiya tartibida ham xuddi shu Toshkent viloyati iqtisodiy sudida, biroq boshqa sudyalar tarkibida ko‘radi.
Birinchi instansiyada hal qiluv qarori qabul qilmagan iqtisodiy sudga berilgan apellatsiya shikoyati sud tomonidan qabul qilinmaydi.
Apellatsiya instansiyasida birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorini qonuniy va asosliligi kollegial tarzda tekshiriladi. Bunda sudning tarkibiga uch eki boshqa toq sonli sudyalar kiritiladi, ular sud raisi tomonidan belgilanadi.
IPKning 262-moddasiga muvofiq apellatsiya shikoyati (protesti) iqtisodiy sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oy ichida, iqtisodiy sudning huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) esau qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi.
Shikoyat qilish (protest keltirish) muddatini hisoblash hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan keyingi kundan boshlanadi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda u shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan tiklanishi mumkin. Iltimosnomada apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs tomonidan havola etayotgan muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablari ko‘rsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda berilishi lozim.
Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sudyaning yakka o‘zi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilganligining uzrli sabablari sudga bunday shikoyat (protest) bilan o‘z vaqtida murojaat qilishga to‘sqinlik qilgan holatlar hisoblanishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani ko‘rish natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi. O‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganda ushbu ajrimda shikoyatning (protestning) ish yuritishga qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin va agar hal qiluv qarorining ijrosini apellatsiya instansiyasi sudida ish ko‘rilguniga qadar kechiktirish haqidagi iltimosnoma bo‘lgan bo‘lsa, ajrimda uni ko‘rib chiqish natijalari ham ko‘rsatiladi.
IPKning 123-moddasiga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risida apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.
Birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berish uchun qonun tomonidan o'matilgan vaqt apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddati deb ataladi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) ikkita asosiy maqsadga xizmat qiladi: birinchidan,apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxslarga o‘zini suda himoya qilish;
ikkinchidan, ularga o‘z yashash joylaridan apellatsiya instansiyasi joylashgan sudga yetib kelishlari uchun vaqt berish.
Apellatsiya shikoyati (protesti) iqtisodiy sudhal qiluv qarorini qabul qilgandan keyin bir oy ichida beriladi. Apellatsiya shikoyati berishning bir oylik muddati hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan keyingi kundan boshlanadi. Hal qiluv qarori qabul qilingan kun deb u sud majlisida e’lon qilingan kun hisoblanadi. O‘ta murakkab ishlar yuzasidan sud majlisida ish ko‘rib chiqish tugaganidan so‘ng hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi e’lon qilinib, asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish uch kundan uzoq bo‘lmagan muddatga kechiktirilishi mumkin. Bunday holatda hal qiluv qarori qabul qilingan kun deb u e’lon qilingan kun hisoblanadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda u shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan tiklanishi mumkin. Iltimosnomada apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs havola etayotgan muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablari ko‘rsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda berilishi lozim.
Apellatsiya shikoyati berish muddati o‘tgandan so‘ng apellatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi ham yo‘qoladi, natijada hal qiluv qarori qonuniy kuchga kiradi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling