Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet248/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Korporativ nizolar turlarini tahlil eting.

  2. Korporativ nizolarning taalluqligi va sudlovliligining o‘ziga xos xususyatlarini tahlil eting.

  3. Korporativ nizolarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil eting.

KAZUSLAR
1-kazus
“Neftegazservis” MChJ (Rossiya) 51% ulushda hamda “Qaldirg‘och” MChJ (O‘zbekiston) 49% ulushda birgalikda faoliyat yuritish maqsadida “Neftgaz” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasini tashkil etib, Toshkent shahar Adliya boshqarmasida 2010-yil 15-oktabr sanasida ro‘yxatdan o‘tkazib faoliyat boshladi. “Qaldirg‘och” MChJ o‘zining 49% ulushini “Neftgaz” MChJ shaklida QK ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar shakllantirdi, ammo “Neftegazservis” MChJ 51% ulushini to‘liq 2011-yil noyabr oyida shakllantirdi. Ushbu holat yuzasidan hech qanday e’tiroz bildirilmadi. “Neftgaz” MChJ ustavida ta’sischi jamiyatdan chiqish istagini bildirgan vaqtdan boshlab u jamiyatdan chiqqan hisoblanishi haqida norma biriktirilgan bo‘lib, 2015-yil 25- avgust kuni “Neftegazservis” MChJ (Rossiya) “Neftgaz” MChJ ta’sischilari ro‘yxatidan chiqishini ma’lum qilib, ulushini faqatgina mol- mulk ko‘rinishida ajratib berishni so‘ragan. Jamiyat ijro organi ta’sischilar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirib, “Neftegazservis” MChJning arizasini muhokama qilib, ulushini mulk ko‘rinishida ajratib berishni rad etgan. Shundan so‘ng ijro organi “Neftgazs” MChJ shaklidagi QK ustaviga o‘zgartirish kiritib, “Neftegazservis” MChJni ta’sischilar safidan chiqarib, jamiyatni MChJ shaklidagi QKdan MChJ shaklida qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan. “Neftegazservis” MChJ (Rossiya) 51% ulush egasi ekanini, uni noqonuniy tartibda ta’sischilar safidan chiqarilganini, uning arizasi muhokamasida vakillarining ishtiroki ta’minlangan bo‘lsa- da, ovoz berish jarayonida ularning ovozlari inobatga olinmaganini bildirib ushbu nizo yuzasidan sudga murojaat qilishini ma’lum qilgan.
Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering, javobingizni asoslantiring.“Neftegazservis” MChJ huquqlari tiklanish asoslarini hamda tartibini tahlil qiling.
2-kazus
Da’vogar “NORT” MChJ javobgar “SORSh” MChJdan debitorlik karzdorlikni undirish haqida Toshkent shahar iqtisodiy sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilgan.
Toshkent shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra da’vogar “NORT” MChJ javobgar “SORSh” MChJdan debitorlik qarzdorligi undirish haqidagi da’vo arizasi qisman qanoatlantirilgan. Da’voning qolgan qismi rad qilingan.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, da’vogar “NORT” MChJ javobgar “SORSh” MChJga qisqa muddatli moliyaviy yordam ajratgan bo‘lib, shartnoma shartlariga ko‘ra da’vogar “NORT” MChJ javobgar “SORSh” MChJga 90 kun muddatga 198.000000 so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Ushbu moliyaviy yordam ko‘rsatilgan vaqtda da’vogar “NORT” MChJ va javobgar “SORSh” MChJ o‘rtasida xizmat ko‘rsatish shartnomasi ham amalda bo‘lgan. Ko‘rsatilgan xizmat uchun da’vogar “NORT” MChJ javobgar “SORSh” MChJga 47.598.000 so‘m to‘lov amalga oshirishi shart bo‘lgan bo‘lsada, to‘lov kechiktirib yuborilgan va to‘liq amalga oshirilmagan.
To‘lov to‘liq amalga oshirilmaganligi bois “NORT” MChJning qarzdorligini javobgar “SORSh” MChJ ko‘rsatilgan moliyaviy yordam hisobidan ushlab qolganligi sababli to‘lovni o‘z vaqtida o‘tkazmasdan moliyaviy yordam uchun to‘langan puldan hisob-kitob qilib olingan.
Vaziyatga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy baho bering.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling