Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish


Download 464.55 Kb.
bet244/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqish


Iqtisodiy sudlarda ishlarni (shu jumladan, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni) ko‘rib chiqishga tayyorlash iqtisodiy sud ishlarini yuritishning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. U da’vo ariza (ariza)ni ko‘rib chiqishga qabul qilish bilan sud muhokamasi orasidagi bo‘g‘in hisoblanib, iqtisodiy nizoning to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ishlarni ko‘rib chiqishga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilib, Iqtisodiy protsessual kodeksning bir bobi (19-bob) to'liq ana shu jarayonga qaratilgandir.
Ishni sudda ko‘rib chiqishga tayyorlash paytida sudya da’vo ariza (ariza)si kelib tushgan kundan boshlab 5 kundan kechiktirmay IPKning 163-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni amalga oshirishi lozim. Tayyorgarlik hajmi va sodir etiladigan harakatlar xususiyatiga ko‘ra har bir ishning holati va murakkabligiga bog'liq bo'ladi. Lekin ishning holati va murakkabligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, sudya tayyorgarlik davrida nizoli huquqiy munosabatlar xususiyatini ish bo'yicha isbotlanishi kerak bo'lgan holatlarni aniqlashi (huquqbuzarlik hodisasi bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi holatini), ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibini hal etishi va ishda qatnashuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan dalillarni aniqlashi lozim bo‘ladi. Bu holatlar huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko'rib chiqish IPKda belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda, kodeksning 27-bobida nazarda tutilgan o'ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlariga protsessual muddatlarning qisqartirilganligi, IPKning 68-modda birinchi qismiga kiritilgan to‘ldirishga ko‘ra tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyatining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilganligi, javobgarni sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilish majburiyatini sud tomonidan arizachi zimmasiga yuklatilishi (IPKning 68-moddasi) mumkinligi, qabul qilinadigan hal qiluv qarorini bir oy o‘rniga o‘n kunda qonuniy kuchga kirishi va boshqalardan iborat.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish IPKning 221-moddasiga ko‘ra ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqilishi kerak. Ishni ko'rib chiqishga belgilangan ushbu muddat moliyaviy jazo choralarini qo'llash to‘g‘risidagi ishlarga taalluqli emas. Moliyaviy jazo choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy ish faoliyati bilan bog'liq bo'lganligi va sudya bunday ishlarni ko'rib chiqishi uchun o‘n besh kunlik muddat kamlik qilishi munosabati bilan bu turkum ishlarni ko‘rib chiqish uchun bir oylik muddat belgilangan.
Sud majlisida ishni mazmunan ko‘rishvaqtida sud ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalarini hal etadi, ishga boshqa javobgar yoki uchinchi shaxslarni jalb qilish masalasini hal etadi, boshqa iqtisodiy sudlarga topshiriqlar yuboradi va ishni ko‘rib chiqish bilan bog'liq protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
Ishni sudda mazmunan ko'rib chiqish jarayonida kelib chiqadigan fan, texnika, san'at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan savollarni tushuntirib berish uchun iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga ko'ra ekspertiza tayinlaydi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda esa sud huquqbuzarlik hodisasi bo‘lgan-bo‘lmaganligini va uning sodir etilganligi faktini, tekshirish uchun va tekshirish natijalari bo'yicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish uchun asoslar va nazorat qiluvchi organning vakolatlari bor-yo‘qligini, mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun asoslar bor-yo‘qligini aniqlaydi.
Shuningdek huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish ko'rib chiqilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganlik holatlari, sodir etilgan deb topilgan huquqbuzarlikda uning aybi bor yoki yo‘qligi, qo‘llanilishi so‘ralayotgan huquqiy ta’sir chorasi bo‘yicha nizoni sudgacha hal etish tartibiga rioya qilingan qilinmaganligini aniqlaydi va ta’sir chorasiga nisbatan bo‘lgan e’tirozlarni muhokama qiladi, taqdim etilgan dalillarni tekshiradi, lozim bo'lsa tegishli mutaxassislar fikrini oladi.
Moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda sud moliyaviy jazo choralari summasining hisob-kitobi qanchalik to‘g‘riligini ham tekshiradi. Sud amaliyotidan ko'rinishicha, ko'pchilik hollarda bu turkum ishlarni ko‘rib chiqishda sud tomonidan ishga taqdim qilingan hisob-kitoblar to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun taraflarning tashabbusiga ko'ra tegishli sud buxgalteriya ekspertizasini tayinlashi mumkin.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha bir tarafda davlat nazorat qiluvchi idoralari va ikkinchi tarafda tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi hamda ular o‘rtasidagi nizoli huquqiy munosabatlar ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqishi sababli ular o'rtasidagi nizo bo'yicha kelishuv bitimi tuzilishiga yo‘l qo'yilmaydi. Chunki yuzaga kelgan nizoli munosabat tadbirkorlik subyektining davlat tomonidan qabul qilingan ma’lum bir normativ huquqiy hujjjatda belgilangan qoidalarni bajarish yoki bajarmaslikdagi harakat yoki harakatsizligidan kelib chiqib, sud unga tegishli baho berishi va nizo yuzasidan tegishli hujjatni qabul qilishi lozim. Qolaversa, nazorat qiluvchi idora nomidan sud majlisida ishtirok etgan vakilga davlat nomidan ishga qatnashish vakolati berilmay, u faqat vakil sifatida sud majlisiga ishtirok etib, nazorat qiluvchi organning manfaatida ishga qatnashadi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling