Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Kassatsiya instansiyasida ish yuritish deb


Download 464.55 Kb.
bet262/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Kassatsiya instansiyasida ish yuritish deb, qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, shunigdek qarori va ajrimi ustidan keltirilgan kassatsiya shikoyati (protesti)ni qonuniy va asosliligini tekshirish tushuniladi.
Kassatsiya instansiyasida ish yuritish bosqichining o‘ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • kassatsiya instansiyasida ish yuritish - qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi;

  • kassatsiya instansiyasida sudlov ishlarini yuritish Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan amalga oshiriladi;

  • kassatsiya instansiyasida ish yuritishning protsessual vazifasi sud hujjatlarining qonuniyligi va adolatliligini tekshirish hisoblanadi;

  • kassatsiya instansiyasida ish yuritishning perdmeti qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari hisoblanadi.

Iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, qarorlari, ajrimlarini kassatsiya instansiyasida ko‘rish qonunni to‘g‘ri, bir xilda qo‘llash va iqtisodiy sudlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi.
1. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi va muddati
Kassatsiya shikoyatini keltirish huquqi sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab vujudga keladi. IPKning 282-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan shaxslar iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishi, prokuror esa kassatsiya protesti keltirishga haqlidir.
Kassatsiya shikoyatini yoki protestini keltirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (subyektlar) sifatida quyidagilar: taraflar, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan chiqmaydigan uchinchi shaxslar, ularning vakillari va huquqiy vorislari, davlat organlari va boshqa idoralar, prokuror, shuningdek ishda qatnashmagan, biroq ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan sud qarori chiqarilgan shaxslar qatnashadilar. Bu shaxslar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, qarori, ajrimidan norozi bo‘lib kassatsiya instansiyasida o‘zlarining talablarini himoya qilishni so‘rab kassatsiya shikoyati keltirish huquqiga egalar.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ko‘maklashuvchi shaxslar kassatsiya shikoyati keltirish huquqiga ega bo‘la olmaydilar (guvoh, ekspert, tarjimon).
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari tegishli tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining hal qiluv qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan hal qiluv qarorlari, qarorlari va ajrimlarining qonuniyligi, adolatliligi va to‘g’riligini tekshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan hal qiluv qarorlari, qarorlari hamda ajrimlarining qonuniyligi, adolatliligi va to‘g’riligini tekshiradi.
IPKning 284-moddasiga asosan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini, qarorni yoki ajrimni qabul qilgan sudga beriladi. Kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgandan so‘ng besh kunlik muddat ichida qaror qabul qilgan sud uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga qo‘shib yuborishi shart.
IPKning 3-moddasiga muvofiq kassatsiya shikoyati va unga ilova qilinadigan hujjatlar iqtisodiy sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
IKning 285-moddasiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng bir oy mobaynida berilishi mumkin.
Qabul qilingan qo‘shimcha hal qiluv qarorlari ustidan ham asosiy hal qiluv qarori bilan birga kassatsiya shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qaroriga to‘liq yoki qisman, ya’ni hal qiluv qarorining to‘liq o‘ziga, barcha qismlariga, shuningdek uning muayyan bir qism(lar)iga nisbatan ham berilishi mumkin.
Iqtisodiy sudning shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lgan ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) IPKda nazarda tutilgan hollarda beriladi (keltiriladi).
Iqtisodiy sudining ajrimlariga nisbatan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) xo‘jalik sudining hal qiluv qarori va qarori ustidan beriladigan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Ajrimlarga nisbatan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tgandan so‘ng bir oy davomida beriladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng bir oy mobaynida berilishi mumkin. Hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati u qabul qilingan sananing ertasidan boshlab hisoblanadi.
Shikoyat (protest) qilish muddati o‘tkazilib yuborilgan taqdirda berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma ilova qilinishi lozim.
Iltimosnomada kassatsiya shikoyatini bergan shaxs tomonidan havola qilinayotgan muddatni o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon qilinishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda taqdim qilinishi kerak.
Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinmasdan ko‘rib chiqiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘z vaqtida berishga haqiqatda to‘sqinlik qilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatining o‘tkazib yuborilishiga uzrli sabablar deb hisoblanishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun o‘tib ketgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.
IPKning 285-moddasiga muvofiq o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinishi mumkin emas.
Kassatsiya shikoyatini (protestni) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g’risidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling