Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Kassatsiya shikoyati (protesti)ni ish yuritishga qabul qilishni rad qilish


Download 464.55 Kb.
bet265/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Kassatsiya shikoyati (protesti)ni ish yuritishga qabul qilishni rad qilish. Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyat (protest)ini ish yurituviga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

  1. kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan keltirilgan bo‘lsa, ya’ni ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan kassatsiya shikoyati keltirish huquqiga, prokur esa kassatsiya protesti berish vakolatiga egaligi bizga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 282-moddasi mazmunidan ma’lum. Yuqoridagi shaxslardan tashqari boshqa shaxslar tomonidan kassatsiya ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) sud shikoyat (protest)ni ish yurituviga qabul qilishni rad etishiga olib keladi;

  2. kassatsiya shikoyati (protesti) qonun hujjatlariga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa, iqtisodiy protsess ishtirokchisi qonun hujjatlariga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati, misol uchun sud buyrug’i, arizani ish yurituviga qabul qilish to‘g’risidagi ajrim yoxud apellatsiya instansiyasi sudining sud hujjati ustidan shikoyat qilingan (protest keltirilgan) bo‘lsa. Quyidagi sud hujjatlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas:

  1. arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim;

  2. arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrim;

  3. ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim;

  4. dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim;

  5. sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrim;

  6. javobgarni qidirish to‘g‘risidagi ajrim;

  7. ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarish to‘g‘risidagi ajrim;

  8. ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risidagi ajrim;

  9. ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim;

  10. rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi ajrim;

  11. ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish to‘g‘risidagi ajrim;

  12. huquqiy vorisning protsessga kirishi to‘g‘risidagi ajrim;

  13. shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi ajrim;

  14. ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi ajrim;

  15. bir necha talabni birlashtirish va bir necha talabni ajratish to‘g‘risidagi ajrim;

  16. jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi ajrim;

  17. sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi ajrim;

  18. hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlarga ko‘ra qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi ajrim;

  19. sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim;

  20. yo‘qolgan ishni tiklash masalasi bo‘yicha ajrim;

  21. bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlarga qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi ajrim;

  22. protsessual muddatlarni kechiktirish va tiklash to‘g‘risidagi ajrim;

  23. sud buyrug‘i;

  24. apellatsiya instansiyasi sud hujjatlari6;

  25. apellatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari;


  26. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling