Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
Nazorat tartibida qayta ko‘rish asoslari
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
Nazorat tartibida qayta ko‘rish asoslari
IPKning 307-moddasiga muvofiq qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ushbu sud hujjatlari tufayli buzilgan bo‘lsa, ushbu shaxslarning shikoyatlari bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarining protesti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida qayta ko‘rilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga quyidagilar ustidan shikoyat qilinadi: apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari; apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari. Nazorat shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. Nazorat shikoyatida (protestida) quyidagilar ko'rsatilishi kerak
Nazorat shikoyatiga ish bo‘yicha qabul qilingan, sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari va shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalil ilova qilinishi lozim. Nazorat shikoyatiga belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. Shundan so‘ng nazorat shikoyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o‘rganiladi
Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling