Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet272/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQLAR

  1. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda kassatsiya tartibida ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling.

  2. Kassatsiya shikoyat (protest)ini qaytarish va ish yurituvga qabul qilish asoslarini misollar asosida tahlil qiling.

  3. Kassatsiya instansiyasining vakolatlarini aniqlang.

  4. Kassatsiya instansiyasida ishni ko‘rish tartibini tushuntiring.

KAZUSLAR
1-kazus
“Shodlik” mas’uliyati cheklangan jamiyati Oliy sudiga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi instansiya sudining 2017 yil 13 iyundagi hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘ragan.
Kassatsiya shikoyatiga davlat bojini to‘lashni kechiktirib turish haqidagi iltimosnoma hamda bank hisob varaqlarida pul mablag‘lari mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarning nusxalari ham ilova qilingan edi.
Sudning ajrimi bilan kassatsiya shikoyati qaytarilgan. Kassatsiya instansiyasi sudining harakatlarini tahlil qiling.
2-kazus
Raqobat qo‘mitasi kassatsiya instansiyasiga birinchi instansiya sudining.2017 yil 11 noyabrdagi hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi instansiya sudining moliyaviy jarimani qo‘llashni rad etish haqidagi hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘ragan.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan davlat boji to‘lanmaganligi sababli kassatsiya shikoyati qaytarilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Kassatsiya shikoyati qaysi asoslarga ko‘ra qaytarilganligini moddiy-huquq normalari asosida tahlil eting.
XXI BOB. IQTISODIY SUDLARDA NAZORAT TARTIBIDA
ISH YURITISH


  1. Iqtisodiy sudlar hujjatlarini nazorat tartibida ko‘rishning ahamiyati

Iqtisodiy protsessda nazorat tartibida ishlarni ko‘rishning iqtisodiy protsessning bosqichlaridan biri sifatida kiritilishi sud hujjatlarining qonuniy va asosliligini tekshirish va birinchi instansiya, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolarni bartaraf etishga qaratilgan.
Sud hujjatlarining nazorat tartibida qayta ko‘rilishi ishtirok etuvchi shaxslarning (shu bilan birga qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilgan boshqa shaxslarning) huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha kafolati hisoblanadi.
Nazorat tartibida qayta ko‘rishning obyekti bo‘lib, apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, apellatsiya va kassatsiya instansiyalarining qarorlari hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sud hujjatlarining nazorat tartibida qayta ko‘rilishi deganda ishtirok etuvchi shaxslarning va boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va boshqa shaxslarning shikoyatlarini va qonunda belgilangan vakolatli mansabdor shaxslarning keltirgan protestlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamda Rayosati tomonidan ko‘rib chiqilishi tushuniladi.
Nazorat shikoyati (protesti) sudning hal qiluv qarori ustidan u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil o‘tgandan keyin berilgan nazorat shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Agar sud hujjati nomuayyan doiradagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini yoki jamiyat va davlat manfaatlarini buzsa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protesti bo‘yicha sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil o‘tgandan keyin ham sud hujjatlarini qayta ko‘rish mumkin.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling