Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
Nazorat shikoyatini qaytarish asoslari
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini qaytarish to‘g‘risida va qabul qilishni rad etish haqida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Nazorat shikoyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida yoki nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish hamda uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida shikoyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay ajrim chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining protesti kelib tushganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi protestni ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati qarorlari nazorat tartibida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki ular o‘rinbosarlarining protesti bo‘yicha ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan ham ko‘rib chiqiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining kotibi protestni ish bilan birga olganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga nazorat tartibida protest keltirish uchun vakolatli shaxslar tomonidan ishni ko‘rgan suddan ish materiallari talab qilib olinadi va o‘rganib chiqiladi. Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling