Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani berish tartibi va muddati Iqtisodiy protsessual kodeksining 328-moddasi 1-qismiga binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun ariza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan berilishi mumkin. Shuningdek Iqtisodiy protsessual kodeksning 46, 69, 94-moddalariga asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vorislari, iqtisodiy sud tomonidan sud jarimasi undirilgan shaxslar sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega emaslar. Ammo ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga daxldor sud hujjatlari qabul qilingan taqdirda, ushbu shaxslar sud hujjatiga nisbatan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan emas, balki apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etgan taqdirda, arizani qabul qilish Iqtisodiy protsessual kodeksining 154-moddasining 1-bandiga asosan rad etiladi. Agar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, Iqtisodiy protsessual kodeksning 110-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatilishi lozim. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjati (hal qiluv qarori, ajrimlar)ni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza shu sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudga beriladi. Agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalari sudi tomonidan o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan taqdirda, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sud hujjati qaysi instansiya sudi tomonidan o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa o‘sha instansiya sudiga beriladi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi holatlar ochilgan kundan e'tiboran bir oy muddat ichida berilishi lozim. IPKning 329-moddasida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuniga qo'yilgan talablar belgilangan bo‘lib, unga asosan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling